Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
5-noyabr
4 kundan soʻng, 22 yoshga kiraman insha Alloh.
Men mana shu 22 yoshimni sarhisobini yozmoqchi edim.
Ammo, bu boshqalarga juda ham katta demotivatsiya boʻlishidan qoʻrqaman.
Yoki, yozaveraymi? Ushbu sarhisobning nojoʻya ta'sirlari ba'zi bir holatlarda "yurak yetishmovchiligiga" olib kelishi mumkin.
*👉*** @samandarxojasblog
Nimalar kibrga olib keladi?
Kam soʻkish eshitish yoki umuman hech kimdan dakki eshitmaslik.
Katta pulni qisqa muddatda topish. Aslida, boy dadam ham "qisqa muddatda boyish - ertak" deb oʻrgatgan.
Faqat yuqori lavozim yoki "kattakon" lar bilan a'loqa. Yoki umrida "uborshisa" bilan gaplashib koʻrmaslik.
Faqat oʻrgatish. Doim dars oʻtish bilan band boʻlish, oxirgi marta kimdirdan nimadir oʻrganganini eslay olmaslik.
Atrofidagilardan 1 pog'ona baland. Ya'ni guruhida, sinfida eng zoʻri boʻlish. Agar shunday boʻlsa, yanayam kuchlilar davrasida boʻlsin.
P.S: Yana siz qanday sabablarni bilasiz bu borada?
Chayon zahri = maqtov
Ularga "hoʻp" desang yoqasan. Shunday qilibgina, ishlaring bitishi mumkin.
Ularga toʻy qilsang yoqasan. To'qni - toʻydirish, boyni - bo'ktirish bu ota meros.
Ularni sizlasang yoqasan. Hurmattalab, izzatalablik - hor qilishini bilishmaydi ular.
Ularni maqtasang yoqadi. Ortiqcha maqtov - zahar ekanligini bilishmaydi ular.
Ularga bersang yoqasan. Lekin, yemoqni - qusmog'i borligini bilishmaydi, ular.
P.S: Ular kimlar?
Ertalab uygʻonsam
Oyoqlarimni qimirlatib koʻryapman. Qimirlayapti.
Gapirib koʻraman. "Ona". Ha, gapiryapman, tildan qolmabman.
Qushlar sayrayapti. Ha, quloqlarim eshityapti.
Yutinib koʻrdim. Yutinyapman. Ogʻzim qurib qolmabdi.
Bavl hissi bor. 2-yuragim boʻlmish, buyraklarim yaxshi.
Terimni chimdib koʻrdim. Ogʻridi. Ogʻriq sezyapman.
Sekin divanimdan tushdim. Yurdim. Ha, yura olyapman.
*P.S: Sogʻlik - katta narsa.
Axlatingni qila olmaydigan darajada qarishing bor, orqangni kimdir artadi. Agar oʻlib qolmasang. Iltimos, kibrlanma.*
Oʻgʻlini chaqirar ismimni aytib
Tobutni 4 ta oyogʻi bor - doʻst 4 ta boʻlsin.
Pul qoʻlni kiri - mehnat bilan qoʻlingni kir qil. Top-toza badaningni boshqasiga maqtanasan.
Oltin olma - duo ol. Duo taqdir oʻzgarishiga sabab boʻladi.
Oʻzing haqingda koʻproq oʻyla - farzandingdan koʻra, ota-onangdan koʻra, ayolingdan koʻra.
Doʻstni sina - muvaffaqiyatli kuningda. Koʻra olmadimi, hasadni hidi keldimi. Sekin uzoqlash.
Hayot aqllilarni yomon koʻradi. Bor potensialingni namoyon qilaverma.
Yigitni ilmlirog'i, nasl-nasablisini, boʻyi balandrog'ini va boyrog'ini tanla.
P.S: Kommentariyaga kirmang.
? Pampers, marojna va kartej
Masjid ehson qutisiga choʻntagimdan mayda pul axtardim, toʻy boʻlayotgan edi. Onasi davrada, yirikroq pul berdim.
Oʻrtogʻim to'yiga kartej qildi. 400 ming berdim. Kecha yengilroq shim olmoqchi edim. 95 ming soʻm ekan, pulimni qizg'andim.
11 million soʻm qarzim bor edi, bir akadan. Kecha, bir doʻstim yangi moshina oldi. Ozgina qoʻshib yubordim: 14 million soʻm.
Ukam, kecha kursiga 500 ming soʻm pul soʻradi. SAT oʻqiyapti ekan. Sinfdosh qiz, pul soʻrab qoldi: ozgina kerak boʻlib qolibdi. Axir, gʻururliman.
Sumkam Gucchi. Kepkam POLO. Spartivkam toza ADIDAS. Telefonim iPhone. 1 oydan beri ish axtaryapan. 3-4 millionlik boʻlsa ham mayli.
Uylandim. Ayam bildirmay kartamga pul tashlab turibdi. Pampersga pul qila olmayapman. Kenayiz, marojna yegisi keldi. Dadam, pul berdi.
Eeee, boʻldi yetadi?
P.S: Vaziyat va holatlar shakllantirildi. 7-sini oʻzlaring bir nima devoringlar, komment-spalnidaman.?**
❗️Not Coin sotib olaman(mi)
Uni oldidagi qizning qoʻlida elektron tasbeh.
Boshqa qiz havola joʻnatdi, a'zo boʻling kitob yutib olay deyapti.
Boshqa doʻstim esa "Paypoq tikadigan stanok" olaylik deyapti.
Boshqa sindoshim aka "kimni uyida ortiqcha metallom boʻlsa olaman" deb yozyapti. Paqir yasash biznesini yoʻlga qoʻyibdi.
P.S: Nima demoqchiman, uni oʻrniga 2 ta soʻz yodlang chet tilidan. Bugungi qilayotgan ishingizni 10 yildan keyin ham qilsam uyalmayman desangiz qiling, boʻlmasa qilmang.
*?*** @samandarxojasblog
Bitirib qoʻyding, nima qipti?
Universitet tanlama, yoʻnalish tanla. Toshkent ham, Britaniya ham, Fargʻona ham bir xil diplom beradi.
Faqat oʻqish va oʻrganish orqali muvaffaqiyatga erishish kerak, deb hech kim aytmagan. Balki, sen zoʻr sotuvchidirsan.
Oʻta kuchli akam aytgan edi: bakalavrni uzbda, magistraturani chetda oʻqi deb. 18 yoshda AQSH'ga koʻylak-lozimda ketgan qiz, ma*ka kiyib qaytib kelibdi.
Oʻzing xohlamagan joyga oʻqishga kirib qolsang, umuman oʻqima. 1 minutlik qaroring, butun umrga ta'sir qilar ekan.
Hayotga boshqacha koʻz bilan qarashni boshla. Uylasa ota-turmushga chiqsa ona boʻladigan darajaga yetding. Yosh bola emassan.
Boʻldi, oʻrningdan tur) Bilaman, bugun salonga borgansan. Bet-qoʻlingni yuvda, ertaroq uxla. Ertaga maktabga borishing kerak ?
P.S: Siz maktabni nechanchi yil bitirgansiz?
Bitiruvchilarga joʻnatib yubormang
*?*** @samandarxojasblog
Lekin, aslida
Perashka yeyish - uyat emas.
Yigʻlash - kasallik emas.
Munozaralarda oʻzini 1 pogʻona past sanash - ayb emas.
Uzr soʻrash - qoʻrqoqlik emas.
Soʻkish eshitish - normal holat.
Odamlarni oldida izza boʻlish - hayot tugadi degani emas.
Odamlarga yaxshi muomalada boʻlish - lattalik emas.
Pul topish - oʻgʻrilik emas.
Boy odam - haromxo'r emas.
Aftobusda yurish - kambagʻallik emas.
P.S: Oxirida sizga boʻsh joy qoldirdim. Nima deb yozgan boʻlar edingiz?
*?*** @samandarxojasblog
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago