? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
80 ga kirgan bir bemor nolib qoldi. Vaqt juda tez o’tyapti deydi. Bugun 21 yilga qamalgan qotil bilan suhbatlashdim. Qamoqdagi hayoti haqida biroz so’radim. Qiziq javob berdi. Vaqt juda tez o’tadi deydi. Sizda ham vaqt tez o’tayotgandek hissi bor bo’lishi…
80 ga kirgan bir bemor nolib qoldi. Vaqt juda tez o’tyapti deydi.
Bugun 21 yilga qamalgan qotil bilan suhbatlashdim. Qamoqdagi hayoti haqida biroz so’radim. Qiziq javob berdi. Vaqt juda tez o’tadi deydi.
Sizda ham vaqt tez o’tayotgandek hissi bor bo’lishi mumkin.
Kecha, o’tgan hafta yoki oy juda tez o’tib ketgandek. Kimdir bizdan shu vaqtimizni qanday o’tganini so’rasa aniq javobimiz yo’q.
Bularning sababi - hayotimizning har kuni bir xil, ya’ni monoton hayot. Ertaman turish, ishga yoki o’qishga borish, bir xil odamlar, bir xil dardlar, bir xil suhbat va g’iybatlar.
Yangi tajribalarga erishishga harakat qiladigan, yangi g’oyalar haqida o’ylab yashaydiganlar kam atrofimizda.
Bolalikda vaqt juda sekin o’tgandek bo’ladi. Sababi hamma narsa yangi. Bola har kuni hayotida yangi narsalarga duch keladi va xotiralar quradi. Katta bo’lganimizda esa vaqt juda tez o’tadi. Sababi kunimizda yangilik yo’q. Bir xillikdan iborat. Bir xillik vaqt tez o’tishi asosiy sababi.
O’tgan yili Azamat bilan 3 kunga velosayohatga chiqqan edik. Norvegiyadagi Dovre tog’i atrofini aylandik. Azamat uchun birinchi marta bo’lgan tajriba edi u. 3-kun yakunida ”Aka huddi bir oy vaqt o’tgandek his qilyapman” degan edi. Haligacha eslaymiz. Zo’r xotiralar qolgan.
Vaqtni tez o’tmasligini ta’minlash uchun nima qilish kerak? Hayotni sekin o’tishi va yangi tajribalar ko’p bo’lishiga harakat qilish kerak.
Odam boy yashashi uchun puldor bo’lishi shart emas. Boy xotiralar orqali ham inson boylikka erishadi.
Nima qilish kerak?
- monoton kunlar zerikarli hayot garovi. Undan imkon qadar voz kechish kerak
- turli xil yangi tajribalarni qilib ko’rish kerak
- sayohat qilish kerak
- yangi tajriba va sayohatlarni imkon qadar hujjatlashtirib borish kerak, jurnalga yozib borish, video yoki rasm shaklida tasvirga olish kerak
- o’tmishni eslash, ikki marta yashash imkonini beradi
- nostalgiya stresga qarshi yaxshi davo
- nostalgiya = yaxshi xotiralar - og’riqli damlar
- xotiralarni hikoyalarga aylantirish kerak. Hayotimiz bir hikoya. U mazmunli bo’lishi muhim
Bularni amalga oshirish eng yaxshi, arzon va sog’lom yo’li bu sekin sayohat qilish. Tabiatga sayohat qilish eng arzon usullardan biri. Velosayohat ham yaxshi variant.
Qiziq jihati shuki bu guruhdagi 90% odamda ana shularni qilish imkoniyati albatta bor, ammo qiluvchilar 10% bo’lsa ham katta gap.
Nega unday? Sababi komfortdan chiqqimiz kelmaydi. Hammamiz yaxshi tabiat do’ppi otsa yetadigan masofada yashaymiz. Norvegiyada mingtacha o’zbek bor. Tabiat aylangani chiqadigani esa barmoq bilan sanoqli.
Vatanda ham shunday. Juda borsa 2 soatlik yo’l yurib juda zo’r tabiatli joylarga borsa bo’ladi. Puli ham qimmat emas aslida. Mayli vaqt yo’qdir, pul yo’qdir. Ko’cha borku, dala borku. Hech bo’lmasa ko’chaga chiqib yugurish mumkinku.
Biz odatda nima qilamiz, biz choyxona variantini tanlaymiz.
Biz nima qilamiz, uy quramiz, mashinani zo’rini olishga harakat qilamiz. Bular uchun esa umrimizni sotamiz. Umrni sotsak ham insofni sotmay qolsak biz eng katta natijaga erishgan his qilamiz o’zimizni. Aslida ikkisini ham sotmaslik kerak.
Yugurish kerak desang, ”eee qo’ysangchi, reels ko’ryappan” degan javob beradi miya.
Dangasalik bu hayot dushmani.
Yashashdan maqsad komfort emas.
Komfort insonni ojiz, nimjon qiladi, qiyinchiliklarga tayyor bo’lmasligini kafolatlaydi.
Qanchalik ko’p komfortda o’tirsak har qanday mayda qiyinchilik ham chidab bo’lmasdek tuyuladi.
Yumshoq kursidan turish qiyinroq.
Bek Olimjon
17.06.2024
Norvegiya
“Qor xatning sharti shundan iboratki, qor yoqqanini 1-boʻlib koʻrgan odam oʻziga yaqin, koʻngli tortgan kishiga maktub yozib, oʻziga sezdirmasdan qoʻliga berishi (yoki choʻntagiga solib qoʻyish) va qochishi kerak. Maktubni “bilmay” qabul qilgan kishi xat muallifini quvib yetib, uning qoʻliga tutqaza olmasa, u xatda yozilgan shartni bajarishi kerak boʻladi. Agar xat darhol egasiga qaytarilsa, unda xat muallifining oʻzi maktubdagi shartlarni bajaradi.
1-qor yoqqanidan foydalanib, yigitlar qizlarga, oshiqlar oʻz mahbubasiga xat yozishga intilishadi”. OʻzME'dan.
13 ta medaldan 12 tasi yakkakurash sport turidan ekan. Bizardi bobolar futbol oʻynamagan-u, toʻgʻrimi? )
Iyun oyi oʻrtasida Nefrit (Urungʻoch) koʻliga bordim. Shu haqda birrov yozib ketay.
Borish. Sayyohlik agentligi bilan bordim 300 ming soʻmga. Tushlik va shaxsiy xarajatlardan tashqari barchasini qoplab berishdi. Oʻzingiz borsangiz ham, deyarli shunday xarajat qilasiz.
Yoʻl. Toshkentdan to maxsus parkinggacha Sprinterda bordik. Parkingda Uazik va Nivalar kutib turgandi. Shunga chiqdik. Toshli, soyli, oʻnqir-choʻnqir joylarda moshinadan tanani chiqarib ketish eng zavqlisi boʻldi.
Koʻl. Kichik koʻli ham, katta koʻli ham sovuq. Katta koʻlga suv beruvchi soyga oyoq qoʻyilsa, sovugʻi darrov miyagacha bervoradi (suv tezligi kattaligi uchun ham shunaqa tuyulsa kerak). Suvga oʻzingizni tashlashingiz zahoti suvdan chiqib ketgingiz keladi. Xuddi dushda birdan sovuq suv yoqilib ketsa, oʻzingizni qanaqa his qilasiz, shunaqa boʻp qolasiz. )
Taom. Koʻp narsa olish shart emas. Obed uchun yetarlisini olish kifoya. Chunki borishda ham, qaytishda ham kamida zapravkaga toʻxtaladi. Oʻsha yerda biror nima ovolsa boʻladi.
Ob-havo. U taraflarni ob-havosi toza injiq. Men borgan kun ochiqroq edi. Quyoshga qarshi kremlarni albatta olish kerak ekan. Quyosh rosa urdi.
Atrof-muhit. Tabiati goʻzalligini kamera ochib bera olmaydi. Rasmlarni bu yerga tashlagim kelmagandi. Instagramga post joylab kelganman. Koʻrib kelishinglar mumkin.
Suvi avgust oxirlarida qurib ketarmish. Ungacha borvolishni tavsiya qilaman. ?
Kriptovalyutalar davlat nazoratida boʻlmagani uchunmi, kelajakni bularsiz tasavvur qilish qiyin, fikri ojizimcha.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid