Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Assalomu aleykum aziz obunachilar sizga shuni ma'lum qilmoqchimanki, ba'zi sabablarga ko'ra kanal boshqa nom va boshqa kanalga ko'chdi.
Xohlasangiz qo'shiling.
Kitobga mehr qo'y, u bilan do'stlash deyishdi.
Do'stlashdim...
U ham ichidagi dardlarini to'kib soldi, (xolos).
Türkça anlayan abonelerim için.
İsterseniz okun.
Inson bardavom bir butunlik, yaxlit birlik deb qarash xato va baxtsizlik kletiradigan tushunchaki, u sizga yaxshi ma'lum. Sizga yana shu narsa ma'lumki, inson juda ko'p ru-jonlardan, ko'plab "men"lardan iborat. Shaxsning faraz qilinayotgan yaxlit birligini mana shu ko'pgina figuralarga alohida-alohida bo'lib, parchalab chiqish jinnilik hisoblanadi, fan buni shizofreniya deb ataydi. Fan bu masalada haq, albatta ko'pchilikni boshqaruvsiz, muayyan tartibot va guruhlarsiz jilovlab bo'lmaydi. Aksincha, ko'plab yordamchi "men"larning faqatgina bir martalik, majburiy va umrbod tartiboti mumkin, deb hisoblab, fan yanglishadi. Faning bu xatosi ba'zi bir yoqimsiz oqibatlarni keltirib chiqargan, uning "ahamiyati" atigi shundangina iboratki, davlat muassasalarida ishlayotgan muallim hamda tarbiyachilar o'z ishlarini soddagina tasavvur qilib, bu boradagi har qanday fikrlash va tajribalarni ortiqcha, deb hisoblaydilar. Ana shu xato oqibatida ko'p odamlar "aqli raso" va hatto ijtimoiy to'laqonli sanaladilar, aslida, ular tuzatib bo'lmaydigan telbalardir va aksincha, ba'zi daho insonlar jinniga aylantirilib qo'yiladi.
Hermen Hesse.
Бизни танлаганда ёрлар адашди
Илкимиз тутганда хорлар адашди
Сўраб келсак бир кун молин берар деб
Ўзимиз зормиз-у зорлар адашди
Кулбамизга аранг сиғар бошимиз
Даргоҳи кенг дея торлар адашди
Даштда Ҳусайн каби ҳолимиз хароб
Бизлар миниб келган норлар адашди
Дунёсига келиб нима ҳам қилдик
Биз телбамиз... эси борлар адашди.
Асқар МАҲКАМ
Umuman, inson hayoti davomida o'zi bilan kurashib yashaydi, xoh u aristokrat, xoh chayqovchi. Har ikkisi ham o'zligini o'zi anglagani qadar biladi va anglagani qadar taftish qiladi. Biroq, bu jarayon hayotni anglagan insonlar uchun baayni qiyin kechadi.
- Es-hushingizni yig'ib oling endi! Siz yashashingiz kerak, shuningdek kulishni ham o'rganib olishingiz lozim. Siz hayotning la'nati radiomusiqasini tinglashni, uning ortigi ruhni hurmat qilishni, barchasini ustidan kulishni o'rganishingiz kerak. Tamom, sizdan ortiq hech nima talab qilinmadi.
Tishni tishga bosib turarkanman, sekin so'radim:
- Mabodo yo'q desam-chi, janob Motsart? Agar men sizni Cho'l bo'risining taqdiriga aralashish huquqidan mosuvo qilsam-chi, unda nima bo'ladi?
Hermen Hessening "Cho'l bo'risi" asarini o'qish jarayonida inson xilqati anchayin murakkab, ruhning o'z-o'ziga ham talaygina mag'iyaviy o'yinlar qilishi mumkinligi haqida so'z qotadi va bu chigalliklar orasida o'ralashib qolish hech gapmas, bu hammaning boshidan o'tadi, biroq, bunga asarda aytilganidek:
"Dunyoda go'yo u dunyo emasdek yashash, qonun bilan hisoblashgan holda undan yuqorida turish, egalik qilmayotgandek tasarruf etish, go'yo inkor qilmayotgandek voz kechish - yuksak hayot donishmandligining mana shu barchaga sevimli san'atni egallash talab qilinadi."
Asar syujeti murakkab, agar uni to'g'ridan to'g'ri tushunishga harakat qilsangiz, kalavaning boshini yo'qotib qo'yishingiz turgan gap.
Asarda bir kuch - yumor haqida gap ketadi. "Hayot anglaganlarga komediya"- deyishadi. Darhaqiqat, bu "umrboqiylar" haqida, asl haqiqatni bilganingizdan so'ng yashash birmuncha osonlashgandek ko'rinadi, illuziya. Lekin, uning bag'ridagi ne'matlarga oshufta bo'lish va nekbinlikda davom etsangiz bu sizni umidsizlik qa'riga itqib, hayotingizni komediyaga aylantiradi.
Asar qahramoni Harri hayoti komediyaga aylanganlarning ramziy ko'rinishi va o'zini anglashga intilayotgan obraz.
Asar ruhi tushkun va quyuq, to'q bo'yoqlardan foydalanilgan. Chunki, u aynan yozuvchining o'zi va darbadar hayoti haqida.
Asar haqida ko'p narsa deyish mumkin, lekin, o'zingiz o'qishingiz va o'zgacha xulosalarni chiqarishingizni maslahat beraman.
*Aynan Herman Hesse ham Remark kabi ikki zamon oralig'ida qolib ketgan avlod va bundan anchayin aziyat chekkan. Buni quyidagi jumlalardan bilsa bo'ladi:
- "Odamzodning hayoti ikki zamon, ikki davr, ikki madaniyat va dinlar bir-biri bilan to'g'ri kelib qolgandagina haqiqiy azobga, do'zahga aylanadi."
Yupiter.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago