Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Oltinko'ldagi Kiddom 70 o'rinli bog'chamizda, bir oydayoq 35ta bola qabul qilib bo'ldik.
Qolgan o'rinlarga ulgurib qoling, Mart oyida kech bo'lishi mumkin. Hozirda qabullar davom etmoqda.
Qabulga yozilish: Qabul 2025
Murojaat uchun: +998781136075, +998772742997
Kiddom qadrli qadriyatlarni tiklamoqda.
Ertadan Kiddomda darslarning online translatsiyasi yo’lga qo’yiladi.
Farzandlaringizning dars jarayonlarini real vaqtda kuzatish imkoni bo’ladi. Bemalol kuzatib borishingiz mumkin, faqat noto’g’ri taassurotga bormaslik uchun quyidagilar bilan tanishib chiqsangiz:
– Kiddom hammani teng ko'radi. Tarbiyachi har bir bola bilan ishlashi kerak, faqat bir bola bilan emas. Agarda siz kirganingizda tarbiyachi sizning bolangiz bilan ishlamayaotganini ustidan chiqsangiz, bu sizning farzandingiz bilan ishlanmayapti degani emas. Darslar ikki xil usulda olib boriladi, umumiy va individual. Balkim sizning farzandigiz bilan ishlab bo’lgandir, va siz buni o’tkizib yuborgandirsiz. Kuzatishda davom etsangiz bir oz vaqtdan so’ng yana farzandigniz bilan ishlashini guvohi bo’lishingiz mumkin.
– Kiddom armiya emas. Bolalar erkin yurishadi va bu ularni qarovsiz degani emas. Bolalarga qarashmayotgan bo’lsa, bu e’tiborsizlik degani emas. Ularni boshqa o’rtoqlari bilan gaplashishi, bo’sh bo’lib dam olishi, o’zi bilan o’zi bo’lishi, hammasi yaxshi holat. Bog'chadan bezdirib qo'ymaslik uchun doim dars o'tavermasdan ularni ba'zida o'z holiga qo'yish topshirilgan aslida tarbiyachilarga.
– Iltimos bezovta qilmang. “Meni farzandimga ham qarang, unga qaralmayapti, unday qiling, bunday qilmang” deb darsga halaqit qilish mumkin emas. Zarur bo’lmasa, telefon qilinmaydi, nari borsa, matnli yoki ovozli habar jo’natiladi, va zudlik bilan javob berilmasa, malomat qilinmaydi. Tarbiyachilarga kamroq telefon bilan ovora bo’lish, ko’proq dars o’tish topshirig’i berilgan.
Shu qoidalarni ketma-ket buzgan ota-onalar keyingi oygacha telegram guruhidan chiqarib yuboriladi, takrorlamaslik sharti bilan yana qayta guruhga qo’shilishi mumkin.
Kiddom jamoasi ehtimoliy uzulish yoki texnik nosozliklar uchun oldindan uzur so’raydi va imkoni boricha ota-onalarga shaffoflikni ta’minlashda davom etadi.
Kiddom bog’chasiga nega bolalar shirinlik olib kelishlari mumkin emas?
– Bolalarga qadoqlangan shirinlik, qandolat mahsulotlarini foydasidan zarari ko’proq.
– Farzandlarini injiqliklari oshib borishiga sabab bo’ladi.
– O’rtoqlariga maqtanishi, boshqa bolalarni ham ota-onasiga ularga ham olib berishlariga va harxasha qilishlariga sabab bo’ladi.
– Ishtaxani buzilib nonushta qilmasliklariga sabab bo’ladi. Haddan ziyod shirinlik, bog’chadagi maromidagi shirin nonushtani bemaza qilib tuyultiradi.
– Bolalarning talashib janjallashiga sabab bo’ladi.
– Bo’gcha va o’z kiyimlarining ifloslanishiga sabab bo’ladi.
– To’g’ri ish tutayotgan ota-onalar, shunday shirinliklar olib bermayotgani uchun bolalarining ko’zlariga yomon ko’rinishi mumkin.
Shuning uchun farzandlaringizni sekin asta bunday odatlaridan voz kechishiga yoki uning o’rniga sog’lom alternativlariga (qoqi, magiz, mevalar kabilarga) almashtirishga harakat qilinglar. Lekin Kiddom qoidalariga amal qilgan holda, iltimos, bolalarga shirinlik olib berib kirgizib yubormanglar.
Hurmat bilan Kiddom ma’muriyati.
Murojaat uchun
Tel: +998911605556
Manzil: Amir Temur, 7B-uy
Shanba kuni, ertaga, bog’chada mavsumiy dizinfeksiya, profilaktika, xonalarni shamollatish va tozalash ishlari o’tkaziladi. Ertaga bog’chamiz bir kunga ishlamay turadi.
Bu ba’zi bog’chalarda kuzatilayotgan epidemiyalarni bizda ham sodir bo’lib qolishini oldini olish maqsadida uyushtirilmoqda.
Dushanbadan yana faoliyatimizni davom ettiramiz.
Hurmat bilan, Kiddom ma’muriyati.
Shanba kungi ko’p noqulayliklar sababli ish vaqtimizning nihoyasini soat 13:00ga o’zgartirildi.
?KECH QOLMASLIGINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ. ❗️(Bu vaqtdan keyingi holatlar uchun bog’chamiz ma’suliyatni o’z bo’yniga olmaydi)❗️
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago