Girgitton

Description
Asosan fikrlarimni yozaman, bilgan narsalarim bilan boʻlishishga harakat qilaman, bilmaganlarimni esa o’rganishga
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 2 weeks ago
1 month, 3 weeks ago
**Chet elda o’qish qiyinmi?**

Chet elda o’qish qiyinmi?

Ko’pchilik menga shu savolni bergani uchun post shaklida to’liq javob berishga qaror qildim. Bu avvalambor o’qiyotgan davlatingiz, darajangiz, universitetingiz va asosiysi individual holatingizga qarab farq qilsada, umumiy javobim - xa, chet davlatda o’qish davomida ham akademik ham kundalik turmushda bir qancha qiyin kunlarni va muommolarni boshingizdan o’tkazasiz.

Til

Baland IELTS balingiz sizni xotirjam qilishi mumkin, shunday bo’lsa ham til bog’liq tushunmovchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Sababi siz sertifikat olish uchun o’rgangan ingliz tilingiz va real akademik hayotda ishlatilinadigan ingliz tilini o’rtasida katta farq bor. Bungacha bo’lgan asosiy ta’limni ingliz tilidan boshqa tilda olgan bo’lsangiz uzun matn va leksiyalarni tushunish biroz qiyinroq bo’ladi boshida.

Buning sababi sizning ahmoqligingizda yoki tilni yetarlicha bilmasligingizda emas, balki ikkinchi til bilan bog’liq to’siq (second language barrier) tabiiy va hamma bilan sodir bo’ladigan jaroyonligida. Muhimi, professor-o’qituvchilar buni to’g’ri tushunishadi va doim qo’llab quvvatlashadi.

Shu sababli ham mavzularni to’liq tushunish uchun native speakerdan ko’ra kamida ikki marta ko’proq vaqt sarflashingiz kerak. Davomiy tilni qo’llash va o’z ustingizda ishlash vaqt o’tishi bilan darajangizni anchagina oshiradi.

Ta’lim tizimi

Bizdagidan farqli o’laroq ta’lim tizimida bir qancha sezilarli farqlar mavjud. Ayniqsa bizdagi kabi asosan yodlash ustiga qurilgan ta’lim tizimidan chiqqan talaba uchun bu yaqqol bilinadi. Negaki chet el top universitetlarida ikkiga ikkini ko’paytirsa to’rt bo’lishini emas, nega ikkiga ikkini ko’paytirsa to’rt bo’lishini o’rgatishadi.

Tushunarli qilib aytdadigan bo’lsam, sizdan ma’lumotni shunchaki yodlash o’rniga uni mag’zini chaqish va amaliyotda qo’llay olishni bilish talab qilinadi. What? emas Why? How? savollari prioritetga aylanadi. Ya’ni tanqidiy fikrlash va ma’lumotni analiz qilish muhimroq.

Va eng asosiysi Independent Study, leksiyalar o’tilsada ko’p ma’lumotni o’zingiz mustaqil izlashingizga, research qilishingizga to’g’ri keladi. Seminarlarda esa o’qituvchi leksiyalarda berilgan narsadan ko’ra ko’prog’ini sizdan kutadi. Mustaqil o’rganish top universitet ta’liming asosiy ustunlaridan biri.

Post qiziq bo’lgan bo’lsa 🐳 kitcha qoldirib keting, tez orada 2-qismini ham chiqaraman.https://t.me/unaccented

2 months, 4 weeks ago
Girgitton
4 months, 1 week ago

Angliyada yurgan paytim ko’pchilik Qayerdansan? deb savol bersa O’zbekistondanman desam tahminan ham qayerda joylashganini bilishmasdi. Afg’onistonni bilgan, Pokistonni bilgan bu odamlar nega bizni davlatni bilmasligi bir tarafdan hayratimni oshirardi.

Musulmonlar (ayniqsa arablar) bilan bu boshqacha bo’lardi. Ularni Qayerdansan? degan savoliga O’zbekistondanman deyish o’rniga Imom Buxoriy yurtidanman deb javob berardim. Chunki shunda ular qayerdanligimni aniq topishardi.

Imom Buxoriydek zotlarga beshik bo’lgan yurtim, 33 yoshing muborak!??❤️‍?

5 months, 3 weeks ago

Eshmat va Toshmat hikoyasi

Kunlardan bir kuni Eshmat ismli yigit dunyoning nufuzli universitetlaridan biriga oʻqishga qabul qilinibdi. Lekin bu universitet grantga oʻqishga qabul qilmas ekan. Keyin Eshmat “El-Yurt Umidi (EYUF)” degan jamgʻarma haqida eshitib qolibdi va unga topshirmoqchi boʻlibdi. Internetdan rosa qidirib jamgʻarmaning web-saytini topibdi. Saytni qidirib oʻqib chiqishga eringan Eshmat jamgʻarma stipendiantlarining biridan soʻrashni afzal koʻribdi va unga telegramdan yozibdi.

“Assalom alaykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli-a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Siz EYUF yutganiz-a?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka, EYUF haqida savolim bor edi” deb yozibdi. Javob olmabdi. Oxiri savol soʻragan insonni jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka, shu EYUF uchun hujjat qilayotgan edim, shunga yordam bera olasizmi debdi?” Haligi inson oxiri jahli chiqib Eshmatni bloklab qoʻyibdi. Natijada Eshmat savollariga javob topa olmasdan EYUF tanlovi tugash muddatini oʻtkazib yuboribdi.

Eshmat bilan bir vaqt EYUF haqida qidirishni boshlagan Toshmat sal boshqacharoq yoʻl tutibdi. Birinchi jamgʻarmaning saytiga kirib hamma maʼlumotlarni oʻrganib oʻqib chiqibdi. Keyin javob topa olmagan savollarni bitta xabar qilib stipendiantlarning biriga yozibdi.

“Assalom alaykum, yaxshimisiz? Men shu yili EYUF tanloviga topshirayotgan edim. Baʼzi savollarga internetda javob topa olmadim. Shunga vaqtingiz boʻlganda javob yozib qoʻya olasizmi? Jamgʻarma ijrochi direktoriga yozilishi kerak boʻlgan arizaning bu joyini tushunmadim. Maktabni tugatmagan boʻlsam qanday hujjat topshirsam boʻladi?”

Toshmat bermoqchi boʻlgan savollarni tushunarli va aniq qilib yozibdi. Bir soat oʻtar-oʻtmas javob olibdi. Har safar savol soʻramoqchi boʻlgan xuddi shu usuldan foydalanibdi. Natijada, tanlovni yutib Amerikaga oʻqishga ketibdi. Hozir esa eng yaxshi universitetda aʼlo baholarga oʻqib yurgan emish.

University of Arizona talabasi Behruz Ernazarov

@uzbekistonlikuz

7 months, 1 week ago

„El-yurt umidi“ jamg’armasi tanloviga hujjatlarni qabul qilish jarayoni juda katta ehtimol bilan shu bir ikki kun ichida ochiladi. Bunday prognoz qilayotganimga bir sabab bor:

Jamg’arma tanloviga xujjatlarni yuklaydigan sayt admission.eyuf.uz qayta ishga tushdi va hozir ham kirib ro’yhatdan o’tishingiz mumkin.

Bu portal har tanlov ochilishidan biroz oldin qayta ishga tushiriladi va bu tanlov shu kunlarda ochiladi degani.

Saytni ko’zdan kechirib shuni bildimki o’tkan tanlovda bo’lgani kabi bu safar ham bakalavr nomzodlari uchun faqatgina Davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim yo’nalishi kesimida kvota ajratilinadi.

Bu degani bakalavr o’qimoqchi bo’lganlar uchun raqobat bu safar har qachongidan ham yuqori bo’ladi.

Ps: Ko’pchillik chalg’ibdi. Ta’lim yo’nalishi va ta’lim sohasi boshqa boshqa narsalar. Ya’ni Davlat boshqaruvi ta’lim yo’nalishi kesimida Huquq, Meditsina, IT, Iqtisod, Muhandislik va qolgan boshqa ta’lim sohalarini o’qish mumkin.

@unaccented

9 months ago

Breaking news ?

EYUF 2024-yil 1-saralash bosqichi tez kunlarda boshlanadi ❗️

P/s: eng ko’p berilgan savol yohud “Yil savoli”

@khumo_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago