?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Savol: O‘zbekiston 1-yanvar kuni BRIKS bo‘yicha hamkor davlatga aylandi. Mamlakatimizning ushbu assotsiatsiyadagi ishtirokidan qanday foyda kutilmoqda?
Javob: BRIKS ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va dinamik birlashmasi hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, bunday o‘zaro hamkorlik modeli BMTning markaziy rolini saqlab qolgan holda yanada adolatli dunyo tartibining yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin.
BRIKS aʼzolarining aksariyati bizning anʼanaviy hamkorlarimizdir. Biz birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaymiz. BRIKS katta imkoniyatlarga ega ulkan bozordir. Uyushma aʼzolari bilan aloqalarning har tomonlama kengayishi xalqimiz farovonligini taʼminlashda ijobiy o‘rin tutadi.
Savol: Ikkinchi uchrashuvi Anqarada bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va Turkiya bilan uch tomonlama hamkorlik platformasini O‘zbekiston qanday baholaydi? Boshqa davlatlar bilan ham shunday uch tomonlama format yaratish yoki unga boshqa davlatlarni jalb qilish orqali Boku-Toshkent-Anqara formatini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqdami?
Javob: Biz ushbu platformani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun juda muhim maydon deb bilamiz.
Uchrashuv kun tartibi juda boy bo‘lib, hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. Barcha ishtirokchilar tomonidan mintaqaviy va global xarakterdagi dolzarb masalalar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solishga kelishib oldik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.
Xabaringiz bor, birinchi uchrashuv 2022-yilda bo‘lib o‘tgan. Toshkentda hozirgisi ketma-ket ikkinchi va boshqa davlatlarni jalb qilish masalasi hali bu formatda kun tartibida emas.
Dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi sharhi:
Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarga nisbatan shovinistik va ochiq haqoratomuz bayonotlari aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu videoga javoban qanday choralar ko‘rdi?
Javob: Javob berishni boshlashdan oldin media kun tartibini diplomatik kun tartibdan ajratish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Vaqti-vaqti bilan OAVlarining kun tartibida ba'zi voqealar yoki bayonotlar tufayli shovqinlar paydo bo'ladi. Lekin ular voqelikni to'g'ri aks ettira olmasligi, ba'zan esa uni juda buzib ko'rsatishi mumkin.
Shu munosabat bilan OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Biz hamkorlikka doim ochiqmiz.
Videoning o‘ziga kelsak, albatta, qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.
Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.
Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qatʼi nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni taʼkidladi.
Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlar tomonidan toʻqib chiqarilgani maʼlum boʻldi.
Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda.
Yana bir bor barchaga har qanday axborot materialini tarqatishda mas'uliyat bilan yondashish zarurligini eslatib o'tamiz. Tasdiqlanmagan manbalardan olingan kontentni targ‘ib qilishni nomaqbul deb hisoblaymiz.
Savol: 19 yanvar kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish haqidagi kelishuv kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bu boradagi pozitsiyasi qanday?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar almashinuvini olqishlaydi. Biz ushbu kelishuvlarni keskinlikni pasaytirish va mintaqada uzoq kutilgan tinchlikni ta'minlash yo'lidagi juda muhim ijobiy qadam sifatida qaraymiz.
Biz Qatar, AQSh va Misrning kelishuvga erishishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Biz barcha tomonlarni kelishuv shartlariga rioya qilishga chorlab qolamiz.
O‘zbekiston Yaqin Sharqda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi.
2025-yilning 16-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi.
Avvalroq, 14-yanvar kuni 6 nafar, 15-yanvar kuni esa 4 nafar vatandoshimizning zaharlanish oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. 17-yanvar holatiga ko‘ra, zaharlanish oqibatida vafot etgan fuqarolarimizning umumiy soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 17-yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli tashxisi bilan Turkiya bo‘ylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil etib, shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari va boshqa millat vakillari ham mavjud.
Istanbul hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, mahalliy huquq-tartibot idoralari 2025-yil 16-yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan.
Tadbirlar Sultangazi, Fatih, Bakırköy, Küçükçekmece, Çatalca, Esenyurt, Zeytinburnu va Beykoz tumanlarida o‘tkazilib, 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qo‘lga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi so‘roqlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.
Bosh konsulxona diplomatlari Istanbul shahridagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar oldilar.
Ularning 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Bosh konsulxona barcha vafot etgan fuqarolarimizning yaqinlariga sabr, kasallarga shifo tilaydi.
Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona barcha fuqarolarimizni spirtli ichimliklardan tiyilishga va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.
Bizning telefon raqamimiz: +905535411717
Xorijda ovoz berish jarayonlari boshlandi
Hozirgi vaqtda 40 ta xorijiy davlatdagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.
Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi yurtimizning Yaponiya va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlandi.
Ovoz berish jarayonlarining soʼngisi Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi vakolatxonalarimizda Toshkent vaqti bilan 28-oktabr soat 05:00 da yakunlanadi.
OAV vakillari diqqatiga!
2024-yil 27-oktabr kuni soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida Tashqi ishlar vazirligi brifingi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B.A’loyev ishtirok etadi.
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uy, Simpoziumlar saroyi.
Matbuot tadbirlarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
**Aziz vatandoshlar!
O‘zbek tilimizning xorijdagi do‘stlari!**
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etadi.
Mustaqilligimiz asoslaridan bo‘lmish davlat tili nafaqat qadriyatlarimiz, an’analarimiz, ta’limimiz va madaniyatimizni shakllantiruvchi muhim vosita, balki xalqaro maydonda o‘zligimizning yaqqol ifodasidir.
Bugungi kunda o‘zbek tilining rivoji va uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
70 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ona tilimiz o‘rganilishi, 30 dan ortiq mamlakatlarda “O‘zbek tili do‘stlari” klublari tashkil qilinganligi, shubhasiz, tilimizning xarqaro darajada mavqei yuksalayotganidan dalolat beradi.
Ona tilimiz – bu milliy iftixorimiz!
O‘zbek tili bayrami barchaga muborak bo‘lsin!
?? tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Kuvayt shahriga keldi. Tashrif davomida qator ikki tomonlama muzokaralar, yetakchi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar va O‘zbekiston-Kuvayt biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasida 2025-2028-yillar uchun BMT Inson huquqlari qo‘mitasi a’zolari saylovi bo‘lib o‘tdi.
Aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻtkazilgan yashirin ovoz berish natijalariga koʻra, Oʻzbekistondan nomzod, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov boshqa nomzodlar orasida eng koʻp ovoz toʻplab Inson huquqlari qo‘mitasi tarkibiga saylandi.
Saylovdagi ishonchli g‘alaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar samarasining keng e’tirof etilganidan dalolatdir.
BMTning mazkur yetakchi organiga mamlakatimiz vakilining saylanishi, avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tuzilmalar bilan konstruktiv muloqot o‘rnatishga qaratilgan pragmatik tashqi siyosat strategiyasining natijasidir.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago