قمر | Qomar

Description
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم

Ilmning avvali sukut, so'ng amal qilish, so'ngra esa tarqatishdir.

Sodiq bo'lsangiz biz bilan qoling.


Admin bilan bog'lanish
@qomar_admin

Mahsulotlar
@qomar_market
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

**Juda gʻalati..

Har kuni unchalik ham yomon boʻlmagan hayotda yashaysan, atrofingda har xil odamlar, yaqinlaring, doʻstlaring bor.
Qorning toʻq, usting but.
Kulasan, zavqlanasan.
Lekin shunga qaramay, qalbing hotirjamlikka intilishini, uzoq-uzoqlarda yoʻqolib qolishni, butun dunyodan uzilib, ertangi kunni oʻylamaslikni, shunchaki tinchlanib, oʻzing bilan yarashib olib, sokin joyda qolib ketishni xohlayotganingni anglaysan…❤️‍🩹**@all_qomarun

2 months, 1 week ago

Men insonlarni yaxshi tarafini ko'raman.
Yomon tomonlarini esa o'zlari ko'rsatishadi..
@all_qomarun

5 months, 1 week ago

**ИРОДА!

• Юсуф алайҳис саломнинг акалари у кишини ўлдирмоқчи бўлишди. Ўлмадилар...

• Изларини йўқотмоқчи бўлишди. Обрўлари ошиб кетди...

• Қул бўлишлари учун сотиб юборилдилар. Подшоҳ бўлдилар...

• Оталари қалбидан у зотнинг муҳаббатини суғуриб олмоқчи бўлишди. Оталарининг муҳаббати у зотга нисбатан зиёда бўлди...

• Башариятнинг тадбиридан ташвиш қилма. Аллоҳнинг иродаси барча иродалар устидадир...

• Аллоҳга ишон! Роббингга ишон!**@all_qomarun

5 months, 2 weeks ago

Ҳазрати Мавлоно Румий бир кун уйига келиб, ўғлини ғамгин ҳолда кўрди ва бунинг сабабини сўради. Ўғли эса:
- Ҳеч нарса... - деди.
Ҳазрати Мавлоно Румий ташқарига чиқди. Эшикда осилиб турган бир бўри пўстини бор эди. Терини олиб, устига кийди ва худди бўрилардай осмонга қараб увиллай бошлади. Ўғли отасининг бу ҳолатини кўриб, кулди. Шунда ҳазрати Мавлоно Румий деди:
- Эй ўғлим, кўрдингми? Дунёнинг дардлари, синовлари, машаққатлари ҳам мана шу кабидир. Бўри, аслида, қўрқинчли ҳайвон. Аммо сен тери ортида отанг бўлганини билганинг, кўрганинг учун ҳам қўрқмадинг, балки кулдинг. Худди мана шундай, Дардларинг, синовларинг ва машаққатларинг ортида Буюк Раббинг борлигини билгин, ишонгин ва Унга таваккул айлагин...
@all_qomarun

5 months, 2 weeks ago

**Ummu Qaysning muhojiri

Makkalik bir kishi Ummu Qays ismli, nasl-nasabli bir qizga uylanishni xohladi. Unga uylanish uchun sovchi yubordi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam islom dini bilan kelgan vaqtlarida Ummu Qays islomni qabul qildi va musulmon boʻldi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Makkadan Madinaga hijrat qilishga Alloh taolo ruhsat berganda u ham birga Madinaga hijrat qildi.Makkalik kishi Ummu Qaysga uylanish maqsadida Madinaga u bilan birga hijrat qildi. Sahobalar uni Alloh va rosuli uchun emas, balki Ummu Qaysga uylanish maqsadida hijrat qilgani uchun Ummu "Qaysning muhojiri '' deb nomlashardi.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan u haqida soʻrashganda Rosululloh sollalohu alayhi vasallam " Amallar niyatlarga qarab boʻladi. Har bir kishini niyat qilgan narsasi boʻladi. Kimning hijrati Alloh va rosuli uchun boʻlsa, bas! uning hijrati Alloh va rosuli uchun boʻlibdi. Kimning niyati biror dunyo (matosi)ni qoʻlga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish boʻlsa, Uning hijrati oʻzi niyat qilgan narsasi uchun boʻlibdi " - dedilar. ( Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)

Xulosa: Har bir kishi bir ishni qilishda albatta bir narsani niyat qiladi. Agar shu ishni qilishda niyati Alloh va rosuli uchun boʻlsa, albatta bu amaliga savob oladi. Agar kim bir ishni qilsayu lekin niyati Alloh va rosuli uchun boʻlmasa, amalidan boshqa maqsadni koʻzlasa, mol-dunyo orttirish, uylanish, insonlarning hurmat-eʼtiborini qozonish, obroʻ-sharafga ega boʻlish, bu amallariga hech qanday savob olmaydi.

Tarjimon:Muhammad Ayyub Hanafiy**

@all_qomarun

5 months, 2 weeks ago

**TAQVO

–  Taqvo bu qiyomat kunida hech kim sening yoqangdan olmasligidir.

–  Taqvo bu qalb istaklarini gavdalantirib bir laganga qoʻyilib bozorlarda (hammaga) namoyon qilinganda ham hech qanday nadomat boʻlmasligidir.

–  Biz ilm va taqvo bilan sifatlangan salafi solihlar panoh soʻragan zamonda yashayapmiz.

–  Qalbga vasvasa kelishi rahmat hisoblanadi, taqvoga zid ish sanalmaydi. Buning hikmati shuki, bu tufayli insonning oʻziga bino qoʻyish asosi kesiladi. Zero, hadisi sharifda: “Oʻsha narsa ochiq-oydin iymondir”, deyilgan.

–  Valiylik iymonga va taqvoga bogʻliq. Bu ikkisi esa insonning qalbiga aloqador boʻladi.

–  Taqvosizning peshqadam koʻrinishi xuddi puflab shishirib qoʻyilgan ruhsiz gavdaga oʻxshaydi.

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy**@all_qomarun

5 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago