Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Bugun nimadirlar yozishga imkonim bo'ladi. Birinchi postim qayerdan ekanligim haqida bo'lsin. Chunki deyarli besh yildan buyon mendan qayerdan ekanligimni so'rashadi, huddi bugungidek singari!
To'rt yildan buyon Toshkentda, Namanganda "Samarqandlikman" deb faxrlandim, besh yildan buyon Samarqand shahrida "Urgutlikman" deb faxrlandim, bir yildan ortiq vaqt Urgut shahrida ishlab "Ispanzalikman" deb faxrlandim.
Lekin bugun bildim, boshidan xato qilgan ekanman. Endi esa o'z qishlog'imda ishlab turib, mahallam nomini aytishga to'g'ri kelyabdi. Balki sheva biroz boshqacha bo'lganligi sababli qayerdansan deb so'rashsa kerak.
Biz qachondir "O'zbekistonlikman" deyishni o'rgansak va bu javobni qadrlay olsak, shunda birlasha olsak kerak.
Namangan muhandislik - texnologiya institutiga o'qishga kirib, Namangan davlat texnika universitetini bitirarkanman😎
Ertalabdan buyon mahalla raisi bilan bitta xonada o'tirib, ko'p muloqot qildik. Ulardan eshitadiganlarimiz, o'rganadiganlarimiz borligiga yana bir bor ishonch hosil qildim.
Mahallaga kelganimdan so'ng, yomonlik ko'rmadim, doim qo'llab-quvvatlayabdilar, aytganlarini qilsam.
Kechki payt esa qo'shni mahallaga borgandim, u yerning ham mahalla raisini fikrlariga qoyil qoldim. Birlashish haqida, hamjihatlikda ishlash haqida ijobiy g'oyalar berdilar.
Umuman olganda bugungi kun mazmunli o'tdi.
Qisqa muddatli mehnat ta'tilini yakunlab, ishga chiqdik.
Bugun erta tongdan xonadonlarga chiqib, mahallamizning qadrli aholisi, ko'plab yoshlar bilan muloqot qildim. Ish boshlaganimizga oz muddat bo'lgan bo'lsa-da, mahallada o'rnimiz borligini his qilish qaysidir ma'noda g'urur bag'ishlaydi.
Noyabr oyining oxiri - dekabr oylarida 1000 dan ortiq xonadonlarga to'liq kirib chiqishni, yoshlarimiz bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni eshitishni, taklif va mulohazalarini inobatga olib, tadbiq etishni rejalashtirganmiz.
Bugun Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Oxiri tan berdi eee. Qoyil qolmasdan iloj yo'q, yillar davomida kurash olib borildi, yaqin oradagi ko'p holatlar u kurash tinchlik yo'li bilan tugatilganini ko'rsatyabdi...
Hammasi mayli-yu, baribir ishonmayman, nimadir reja bo'lishi kerak. Bu sukunat negadir xavotirli...
“Yetakchi spartakiadasi” tanlov va musobaqalarining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi
Viloyat Yoshlar markazida “Yetakchi spartakiadasi” doirasida yoshlar yetakchilari o’rtasida “Zukko kitobxon” intellektual o'yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tuman-shaharlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan 11 ta jamoadan 66 nafar yoshlar yetakchilari qatnashib o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago