Mutolaa zavqi

Description
Taklif va murojaatlar uchun
@Mutolaa_zavqi_uz_admin

Biriktirilgan guruh:
https://t.me/kitoblar_savdosi_guruh
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

10 months, 1 week ago
Sizga hayotingizni o'zgartirishda muhim bo'lgan ajoyib …

Sizga hayotingizni o'zgartirishda muhim bo'lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz.
Nima maqsad qoʻyganingizdan qatʼiy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish boʻyicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos boʻlish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni oʻrgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi.
Agar odatlaringizni oʻzgartirishni uddasidan chiqa olmayotgan boʻlsangiz, muammo sizda emas. Muammo tizimda. Yomon odatlar takrorlanaverishining sababi siz ularni oʻzgartirishni xohlamayotganingizda emas, balki oʻzgarish uchun notoʻgʻri tizim tanlaganingizda.
Kitob narxi: 40 ming

10 months, 1 week ago

Bolalar tarbiyasida onalarning ta'siri kattadir. Chunki bola ona bilan ulg'ayadi. Onaning tarbiya maskani zararga yòliqsa, nasllarda ònglanmaydigan yaralar ochiladi, onani yòqotgan jamiyat kelajagini yòqotadi.

Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan

10 months, 2 weeks ago
10 months, 3 weeks ago
Shukrullo ham qatagonlik davrining ikkinchi to‘lqini …

Shukrullo ham qatagonlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg‘a etilgan o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir. Uning «Kafansiz ko‘milganlar» romani ana shu voqealarning badiiy ifodasidir. Ustoz shoirning “Hayot ilhomlari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson – inson uchun” singari sheʼriy to‘plamlari, “Javohirlar sandig‘i”, “Tirik ruhlar” kabi xotira romanlari o‘zbek kitobxonlariga tanish va sevib mutolaa qilinadi.
Kitob narxi: 25 ming

10 months, 3 weeks ago

Kitob o'qishni foydasi bo'ladimi?

— Ha, albatta. Hammamiz kitob o‘qishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

• Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.

• Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.

• Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.

• Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.

• Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

P.s. Odamlar ikki toifaga bo’linadi: kitob o’qigan va o’qiganlarni tinglaydiganlar!

10 months, 3 weeks ago

“Китоб ўқишга қийналаман...”“Китоб ўқишга қийналаман. Саҳифанинг ўртасига келиб, бошини, охирига келиб, ўртасини эслай олмайман. Ўқиган нарсам ҳақида сўрашса бирон нарса айтиб бера олмайман, эсимда қолмайди. Шунга ўзимни қийнаб нима қиламан, деб ўқимай қўйганман”, дейишларини учратгандирсиз.

С.И. Поварнин “Китоб ўқиш қандай бўлиши керак?” деган китобида ушбу муаммонинг сабаблари турлича бўлишини айтади. Агар сабаблар асаб ёки бошқа физиологик ҳолат билан муаммодан бўлса, табиийки, шифокорга мурожаат қилишни тавсия қилади. Аммо ўқиб, ўзлаштирмаслик муаммоси тиббий бўлмаса, демак бунинг сабаби ёмон одатларда.

Сифатсиз ўқишнинг энг асосий сабаби бу диққатни ушлаб тура билмаслик. Ўқиш вақтида диққат етарли ушланмаса, матн англанмайди ва бунинг натижасида мазмун хотирада қолмайди.

Диққатсиз ўқиш одатини йўқотиб, ўрнига эътиборли ўқиш кўникмасини ҳосил қилиш учун муаллиф қуйидагиларни тавсия қилади:

1.  Жуда осон бўлмаган ва жуда қийин бўлмаган китобни танланг. “Тишингиз ўтадиган” ва шу билан бирга фикр ва тасаввурни ишлатишни талаб қиладиган матн бўлсин.

2.  Китобдан 2-3 қатор ўқиб, аниқ-тиниқ тушунча ҳосил қилинг. Ўқилган матннинг маъноси, мазмуни, муроди, муддаоси сизга яққол бўлиши керак. Керак бўлса матнни бир неча марта қайталаб ўқинг, тушунарсиз сўзларни луғатдан кўринг, фикрлаб, тасаввурингизни ишлатинг. Сатрларнинг маъноси ойдин кечадиек равшан бўлиши керак. Агар 2-3 қатор қийинлик қилса, камайтиринг, агар жуда осон бўлса яна қаторлар қўшинг.

3.  Эртаси куни давом сатрларни ўқиб, худди шундай тушунча ҳосил қилинг. Истасангиз кунига қаторлар сонини ошириб боринг. Вақт ўтиши билан бир бет ва ундан кўпроқ ҳажмни уддалай оладиган бўласиз.

Ҳеч шошилманг. Муҳими мунтазамлик. Асосий талаб бу машқ ҲАР КУНИ бўлиши керак. Қанча куч ва вақт сарфламанг, бу меҳнатдан ошиғи билан фойда топасиз. Китоб ўқиш завқи, ақл идрок, зеҳннинг ўсишини ўзингизда кузата бошлайсиз, китобларга ўзгача меҳр пайдо бўлади, сўз бойлигингиз ортади, равон ва асосли фикр юритиш пайдо бўлади.

Ўзимдан тавсиялар:
Ўқилган матни тўғри тушунганликни синашнинг энг зўр услуби: ўқилган нарсани қайта ифодалаш, яъни бошқаларга гапириб бериш ва/ёки кимгадир ёзиб юбориш (лекин сўзма-сўз кўчириш бўлмаслиги керак, ўз сўзларингиз билан ифодаланг, янги ўрганилган ибораларни қўшиб гапирсангиз/ёзсангиз жуда яхши). Баъзан тушунганлик ҳақида сохта тасаввур ҳосил бўлиши мумкин. Бировга айтиб бераётганингизда, дарров сохталикни сезасиз ва қайтиб ўқиганингизда матнни ниҳоятда аниқлик билан кўра бошлайсиз. Қайта ифодалаб кўриш ҳозирги кунда жуда осон: яқинларингизга айтиб беришга уялсангиз, телеграмда шахсий гуруҳча очиб ўзингизга аудио хабарлар ташлаб қўяверасиз ва ўзингиз эшитиб кўрасиз. Бу жуда кучли ва самарали услуб. Бу гуруҳчага ишонган дўстларингизни қўшиб қўйсангиз, ундан ҳам қизиқроқ бўлади. Бошқа услуб, ўқилган сатларнинг баёнин ижтимоий тармоқда ёзиб, бўлишиб қўйишингиз мумкин. Бошқа фойдаланувчилар реакциялари сизни бу жараёнга янада қизиқтиради. Айниқса фикрлар ва саволлар ўқиётган китобингизни янада чуқурроқ ўзлаштиришга ёрдам беради.

Бир ой шу тавсияларни бажариб кўринг, ўзгаришни албатта сезасиз. Шахсий телеграм гурухингизга мени қўшиб қўйсангиз, қарши эмасман. Фейсбукда ҳам шу қайта баён машқи постига мени белгиласангиз, менга ҳам қизиқ бўлади.

1 year ago
[#sotuvda](?q=%23sotuvda)

#sotuvda
​​Yaxshi ko‘radigan odamlaringga «yo‘q» demaslik kerak. Har holda, tez-tez bunday demaslik kerak. Hamma sir mana shunda. Agar mabodo «yo‘q» deyishga to‘g‘ri kelsa, shunday aytish kerakki, sening bu so‘zingni «mayli» deganday eshitsin. Yo bo‘lmasa odamlarning o‘zlari «yo‘q» deyishlariga erish.

Mario Pyuzoning "Cho'qintirgan ota" asari

Kitob narxi: 32ming

? O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz.
Buyurtma berish:
?@Otajonov_Diyorbek?

1 year ago

Azizlar endi obunachilarimiz uchun yana bir yangilik???
O'zingiz xohlagan kitoblardan 4 va undan ko'p xarid qilsangiz
?O'zbekistob bo'ylab kitoblarni bepul yetkazib beramiz!

1 year ago

#sotuvda [o'zbek badiiy adabiyotlari

Bolalik xotiralarim 19ming

Odam bo'lish qiyin 19ming

Kafansiz ko'milganlar 19ming

Mehrobdan chayon 21ming

Ulug'bek xazinasi 21ming

Umr savdosi 21ming

O'tkan kunlar 27ming

Dunyo bolalari 23ming

Onaizor 22ming

Qatlnoma 35ming

Zulmat ichra nur 17ming

Bahor qaytmaydi 23ming

Otamdan qolgan dalalar 49ming

Tushda kechgan umrlar 25 ming

Dunyoning ishlari 23ming

Mungli ko'zlar 21ming

Ikki eshik orasi 26ming

Qalbinga quloq sol 23ming

Fotima va Zuhra 29ming

Nur borki soya bor 24ming

Urush farzandi 22ming

Jinlar bazmi 25ming

Qorako'z 33ming

Qutlug' qon 33ming

Ikki eshik orasi 29ming

Diyonat 29ming

Tirik ruhlar 23ming

Ota izidan 21ming

Billur qandillar 24ming](https://t.me/kitoblar_savdosi_uz)
?O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
Buyurtma berish:
@Otajonov_Diyorbek

Telegram

Kitoblar savdosi.uz

Taklif va murojaatlar uchun @Otajonov\_Diyorbek

[#sotuvda](?q=%23sotuvda) [o'zbek badiiy adabiyotlari
1 year ago
[#sotuvda](?q=%23sotuvda)

#sotuvda
Sema Marashlining "Sevmoq bunchalar go'zal bo'lsa" deb nomlangan eng mashhur asarlaridan biri chop etildi.

Oilaviy turmushni kemaga o'xshatdik. Erkak bu kemaning kapitani, ayol bebaho yo'lovchisi deya ta'rifladik. Albatta, safar tekin bo'lmaydi. Safar evaziga ayolning zimmasiga tushadigan vazifalar bor. Aslida ikkisi uchun ham avvalo kemaning mustahkamligi muhim. Kemaning tashi muhabbat sovuti bilan qoplansa, shafqatsiz dovullarga ham chiday oladi.
"Dengiz to'lqinsiz bo'lmaydi, go'zal-ishqsiz". Har xil to'fon va bo'ronlarga faqat muhabbat sovuti dosh bera oladi. "Go'zal ishqsiz bo'lmas..." dedik. Kapitan kemaning yoqilg'i baqini sevgi bilan to'ldirib olsa, ishi oson kechadi.
Chunki ayol - sevgi deganidir.
Narxi 37ming
? O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
Buyurtma berish:
?@Otajonov_Diyorbek?

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago