“Anorbooks” nashriyoti

Description
“Anorbooks” nashriyotining rasmiy sahifalari:

https://taplink.cc/anorbooks

Manzilimiz: Shayxontohur tumani, Qiziltut ko‘chasi 7-uy

Joylashuv:
https://maps.app.goo.gl/GinDgaZ1FdfQvDKr7

Murojaat uchun: @Grafofil
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

4 weeks, 1 day ago
***

Chaqin boʻlma,
boʻlma guldurak,
yerdan koʻpam uzoqlab ketma.
Ovozingni yirtmagin bekor,
yerni quchma — quloching yetmas.

Undan koʻra biror odamning
makoni boʻl — irmoqli, soyli,
shamollarni toʻsgan togʻi boʻl,
osmoni boʻl — yulduzli, oyli.

Shavkat Rahmon, “Zulfiqor ruh” kitobidan

Telegram | Instagram | Youtube

1 month ago
***🪦*** **Otasining qabrini izlagan ijodkor**

🪦 Otasining qabrini izlagan ijodkor

Koʻpchiligimiz buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning faqat yozgan asarlarini, u haqida darsliklarda berilgan maʼlumotlarni yaxshi bilamiz. Ammo hayotidagi turli past-balandliklaridan xabardor emasmiz.

Shunday voqealardan biri uning uzoq vaqt davomida otasining qabrini izlaganidir. 1938-yilda yozuvchining otasi To‘raqul Aytmatovni Bishkek yaqinidagi Toshtepa degan bir ovloq yerda otib, ko‘pchilik otilganlar bilan birga ko‘mib yuborishgan.

Chingiz Aytmatov otasining qabrini uzoq izlaydi va harakatlari natijasida 1991-yildagina topadi. Aytmatovlar otaning suyaklarini “Ata beyit” qabristoniga, bu kunlarga yetmagan rafiqasi Naima Aytmatovaning qabri yoniga izzat-hurmat bilan qayta dafn qilishgan.

Chingiz Aytmatov vafoti oldidan oʻzini ham ota-onasining yoniga dafn qilishlarini vasiyat qilgan. Uning bu vasiyati oila aʼzolari tomonidan oʻzi aytganidek ado etilgan.

Siz Chingiz Aytmatovning qaysi asarini sevib oʻqigansiz?

Telegram | Instagram | Youtube

1 month ago

Bu yerda aniq bir gap bor💯

Yuqoridagi post bekorga qoʻyilmadi. Albatta, buning sababi bor. Boʻlganda ham muhim sababi bor-da!😎

Nima deb oʻylaysiz, bu postdan keyin sizni nima kutyapti? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring. Balki, siz allaqachon tushungandirsiz?!👀

Telegram | Instagram | Youtube

4 months, 1 week ago

Pul va kitob haqida zamonaviy ertak

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Oramizda bitta kitobxon bor ekan. U hadeb hamma narsani kitob bilan bogʻlab fikr bildirar ekan. Oʻrtoqlari dollar koʻtarilganidan keyin “Qani, pul bilan kitobni bir-biriga bogʻliqligini isbotlab ber-chi” deyishibdi. Qahramonimiz koʻp oʻylab oʻtirmay javob beribdi:
— Kitobni bosib chiqarish uchun pul kerakmi? Kerak. Kitobxon kitobni sotib olishi uchun unga pul kerakmi? Kerak. Millionlab dollar daromadga ega boylarning aksariyati kitob oʻqiydimi? Oʻqiydi. Sohangizdagi tajribali insonlarning soha haqidagi kitobi sizga pul keltiradimi? Keltiradi yoki eng kamida xatolarga yoʻl qoʻyishingizdan ehtiyot qiladi. Nodir kitoblarning narxi falon dollarmi? Ha! Pul haqida ham kitoblar bormi? Bor. Iqtisodiyotda dollar eng koʻp foydalaniladigan valyutami? Ha. Kitob esa iqtisodiy bilimlar haqida boʻlsa iqtisodchilar uchun eng yaxshi manba boʻladi. Falon-falon dollarlik taʼlim kurslarida asosan kitoblar darslik boʻlib xizmat qiladi...
Qahramonimiz ancha gapiribdi. Doʻstlari ham soʻraganiga pushaymon boʻlay deb turganida “Eng yomonini aytaymi?” debdi. “Ayt” deyishsa “Dollar koʻtarildi. Hamma narsaning narxi koʻtarilib boshlaydi. Kitoblar narxi koʻtarilmasin deb tilanglar” debdi. Qahramonlarimiz suhbatdan keyin kitoblarning narxlari haqida maʼlumot olishga tushib ketishdimi, olaman deb yurgan kitoblarini tezroq olish uchun kitob doʻkoniga yugurishdimi — bizga qorongʻu.
Lekin sizga yaxshi xabarimiz bor: dollar koʻtarilsa ham nashriyotimiz kitoblari narxi koʻtarilmadi. Qoʻrqmay @anorbooks_admin ga yozaverasizlar. ?

Sahifalarimiz: ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

4 months, 2 weeks ago
[#parcha](?q=%23parcha)

#parcha

Yomgʻir haqida

Yomgʻir yogʻar — goʻyo tili chuchuk bola
Koʻp qavatli uy oldida nola chekar.
Goho gʻazab ichra deydi, ey bechora
Kel, men bilan koʻchalarda yozgil chigal.

U-ku bulut oʻgʻli axir, koʻkka qaytar,
Manov qoʻshni, anov qoʻshni ne deb aytar?

Yomgʻir yogʻar — uy oldida yigʻlar pari,
Mana, keldim, kitobingdan boshing koʻtar.
Badaniga yopishgan chit koʻylaklari
Bu oqshomning xayolini buzib oʻtar.

Oshiqaman, ammo qoʻshni uyda chiroq,
Uxlab qolsa boʻlmasmidi ertachiroq.

Yomgʻir yogʻar...
Menga desa doʻllar yogʻsin,
Kunlab yogʻsin, oylab yogʻsin, yillab yogʻsin.
Senga oʻxshab kech yogʻdimi bu yomgʻirlar,
Menga oʻxshab tuni bilan yigʻlab yogʻsin.

Ular osmon mevasidir, men uzmayman,
Eshigimning tutqichiga qoʻl choʻzmayman.
Yomgʻir yogʻar — yalinadi, oʻtinadi,
Balki, sening jigaringman, gʻofilmisan?
Qoʻlingdagi toshni tashla, toshni tashla!
Oʻsha meni nobud qilgan Qobilmisan?

U-ku qaytar yana arshi aʼlosiga,
Men qolaman ayriliqning balosiga...

Bek Ali, “Voh” toʻplamidan

Sahifalarimiz: ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

4 months, 3 weeks ago
[#iqtibos](?q=%23iqtibos)

#iqtibos

— Internet chiqib kitobga ehtiyoj qolmayaptimi?
— Lift qanchalik qulay boʻlmasin, zinadan hech kim voz kechmaydi.

Mubashshir Ahmad

Sahifalarimiz: ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

6 months, 3 weeks ago
7 months, 2 weeks ago
9 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago