? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Sensiz ham....
Ketsam dard alamlar yutar degansan,
Ortimdan zor yig'lab qolar degansan.
Nahotki sen meni o'ylamagansan,
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
Balki bo'lar edik hammadan baxtli,
Endi yashayapsan yoring yo'q dardli.
Tark etding sen meni kimlar sababli,
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
Senga mehr berdim yorginam qancha,
Ming shukur ko'zlarim ochildi ancha.
Yurak ham bo'linib bo'ldi bir parcha,
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
Sen bo'lsang dardlarim unutar edim,
Ko'p sevdim aslida o'zim pand yedim.
Eh buncha soddasan Diyorbek dedim
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
O'zingcha baxtlisan, menchi bevafo
Shifoyiz men deya bo'lmading davo.
Endi qilmaymanda qaytib bu hato,
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
Yuzingda tabassum ikki ko'zing yosh,
Bunchalik bo'lmagin yorim bag'ritosh
Topdingmi o'zinga bir umr yo'ldosh,
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
Umidvor bo'ldimi ketmayman yiroq,
Men seni o'zimdan sevardim ko'proq.
Endi izlaringa bo'lmasman mushtoq,
Sensiz ham hayotim yaxshi o'tmoqda.
Diyorbek Sharipov ✍
22.01.2025
Telegram | @Diyorbek_Sharipov
Aytchi…?
Baxtiyor ko’rsatib ba’zan o’zingni,
Yashirding dunyoda asl yuzingni.
Yoshlatib qo’yibsan qaro ko’zingni,
Aytchi? Malikadek yashayapsanmi?
Ketsangiz hayotim o’zgarar deding,
Kimni deb o’zingni ich eting yeding.
Yana hayotimga bir boqib kelding,
Aytchi? Malikadek yashayapsanmi?
Boylik deb baxtingni qarolar qilib,
Kimlarni baxtim deb taqdiring bilib.
Ketdingku dilimni chilparchin qilib,
Aytchi? Malikadek yashayapsanmi?
Senga yetmadimi shirin so’zlarim,
Ortingda zor bo’lib qoldi ko’zlarim.
Turibdi ko’changda hatto izlarim,
Aytchi? Malikadek yashayapsanmi?
She’r yozish aybimmi bevafoginam,
Bir telba Diyorman dilraboginam.
Hayoting yaxshimi bebahoginam,
Aytchi? Malikadek yashayapsanmi?
O’zgasi yoningda umr yo’ldoshing,
Endi men emasman udir sirdoshing,
Senga baxt berdimi o’n yetti yoshing.
Aytchi? Malikadek yashayapsanmi?
Diyorbek Sharipov ✍🏻**
18.01.2025
Telegram |** @Diyorbek_Sharipov
Bo'lolmaydi...
Yor ham ketar kuni kelib o’zga tomon,
Ishonganing sotib ketsa bo’lar yomon.
Onang aytar bolajonim bo’lgin omon,
Mingta do’sting bir onadek bo’lolmaydi
Ko’ngilchangni ezar ekan gap so’zlari,
Yagonamas o’zi bilmas ko’p yuzlari.
Ba’zan yetmas qilgan ishdan o’z ko’zlari
Mingta do’sting bir onadek bo’lolmaydi.
Yashirasan ko’plardan o’z dardlaringni,
Kim o’qirdi yozib qo’ygan baytlaringni.
Esla do’stim yosh boladek paytlaringni,
Mingta do’sting bir onadek bo’lolmaydi.
Ba'zi paytlar hatto qadring yer bo'ladi,
Yoshing o'tib sho'r peshona ter bo'ladi.
Boshda kechgan dard-anduhni kim biladi,
Mingta do’sting bir onadek bo’lolmaydi.
Mahzun bo'lma halol luqma totayapsan,
Aytgin kimni maqtovini kutayapsan.
Duo bilan shu marraga yetayapsan,
Mingta do’sting bir onadek bo’lolmaydi.
Mansab bo'lsa atrofingda do'st-u yorlar,
Qo'l ko'ksida boshliq deya seni chorlar.
Bir hil bo'ling boy-faqrga birodarlar,
Mingta do’sting bir onadek bo’lolmaydi.
Diyorbek Sharipov ✍
05.01.2025@Diyorbek_Sharipov1
Men haqimda nimalarni bilasiz ?*??***https://t.me/DostlikTestBot?start=s_6111801414
DUNYOGA BERILIB KETGAN ?****
✍?Diyorbek Sharipov
?Boburbek
Uzoqroq yurgin
Abduhalilova Nodirabegim ?️
Diyorbek Sharipov ✍?
05.11.2024 ⏰****
Qoldimikan
Burqa kiyib oldi erkak bozorlarda,
Qabr toshi to’lib qoldi mozorlarda.
So’lgan guli qolib ketdi gulzorlarda,
Qiyomatga ikki qadam qoldimikan.
Farzand urib turtsa nohaq otasini,
Tushunmasa qiyin qilgan xatosini.
Ko’z ko’z qildi yevrelarni matosini,
Qiyomatga ikki qadam qoldimikan.
Axlat xona to’lib qoldi go’daklarga,
Kibrnoma yozib ketgan yo’laklarga.
Sodda dilni bo’lib ketdi bo’laklarga,
Qiyomatga ikki qadam qoldimikan.
Kunlar o’tib ortib ketdi ishratgohlar,
Ajrimlar ko’pdir biroq yo’q nikohlar.
So’rayverib Al-Validan biz panohlar,
Qiyomatga ikki qadam qoldimikan.
Mahramini rashk qilmadi asli erlar,
Chiya bo’ri rol o’ynadi afsus sherlar.
Aslida bu dunyosini qaytar derlar,
Qiyomatga ikki qadam qoldimikan.
Keliniga kun bermaydi qaynonalar,
Extirosga to’lib ketgan taronalar.
Qay ahvolda qoldi axir zamonalar,
Qiyomatga ikki qadam qoldimikan.
Diyorbek Sharipov
30.08.2024T.me/Diyorbek_Sharipov1
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid