Happy Girl🦄

Description
Мой мир позитива💞
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 6 days ago

👀​​Ko'z bilan boshqarish

Biz nafaqat pedagog, balki kuchli psixolog bo'lganimizda bizning o'quvchilarimiz bizga ergashadilar. Dars payti ovoz toningiz, bilimlarni  ifodalashdagi so'zlarni jarangdor qo'llashingizda yana bir muhim jihat mavjud. Bu o'quvchilaringizni ko'z bilan boshqarishdir.

Ko'zning kuchi so'zlaringizni yanada ishonchliroq chiqishiga yordam beradi.

Fikringizni bildirayotganda, o'quvchining ko'ziga qarash muhimdir. 

Ko'zga qarash—sizning qat'iy munosabatingizni ko'rsatadi, ya'ni bola ongiga ma'lumotni yetkazish siz uchun ancha oson bo'ladi.

Manba: @didaktik_jurnal

@dirijyorqiz

3 weeks, 5 days ago

😇Qadrdonlar qaysi kitob mutolaasi bilan bandsizlar?

Man Alisher Umirdinovning "Xorijda magistratura" kitobini o‘qiyapman📚

@dirijyorqiz

1 month ago

2024-yil sarhisobi

Eng avvalo bu yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavr darajasini qo‘lga kiritdim

Necha yillik orzularimdan biri IELTS imtihonidan 📋B2 sertifikat oldim(0 dan boshlab juda ham kam vaqt oralig‘ida)

📈Shaxsiy rivojlanish bo‘yicha turli bilimlar o‘rgandim va hayotimga tadbiq etdim

Magistratura talabasi bo‘ldim🎓

🤑Moliyaviy mustaqillikka erishdim(deyarli 100% bo‘lmasa ham)

🤗Eng muhimi esa hayotimda hamma voqea-hodisalarda fokusimni faqat yaxshi tomonga qaratishni o‘rgandim

🥹Har bir kunimga, har holatimga shukr keltirib, qabul qilishga o‘rgandim.

@dirijyorqiz

3 months, 2 weeks ago

Kanalim borligi har doim yodimda, faqat fikrlarimni sizlar bilan bo‘lishishga fursat bo‘lmayapdi.

@dirijyorqiz

3 months, 2 weeks ago

Kimdirga o‘qish uchun kitob tavsiya qilsam, u inson bu kitobdan manfaat olsa, o‘ziga foydali xulosa chiqarsa juda xursand bo‘laman??Chunki kitob o‘qib faqat o‘zim emas, butun jamiyatimiz rivojlanishini, dunyoga to‘g‘ri ko‘z bilan qarashini xohlayman.

@dirijyorqiz

3 months, 2 weeks ago

Tig‘ ustida yurdirib, tomosho qilar Tangrim,
 Cho‘g‘ ustida turdirib, tomosho qilar Tangrim.
Toshqinda bir kemadek nochor ketib borarman,
Men hech narsa bilmayman, barini bilar Tangrim.
Oldga yursam xatar bor, ortga yursam xatar bor,
Har lahza, har safaru, har tun, har saxar bor.
Bir chumoli misoli don uchun chiqqan edim,
Donni ne qiladiyu, meni ne qilar Tangrim.
Haqsizlik uchun yondim, shavq uchun isyon qildim.
Haqqimni ber dedimu Haq uchun isyon qildim.
Boshimni har yon urdim, bosh yorilgach angladim;
Poyiga qo‘ysamgina boshimni silar Tangrim.
Sabrim yetarmi bilmam, sabrimni sinayversa,
Har bir sinaganida suyagim sinayversa,
Sinib-sinib oxiri o‘zing butla deb borsam,
Suyagimni un qilib, elakda elar Tangrim.
Mayli ne bo‘lsa hamki, yorug‘ yuz bilan yetay,
Dil to‘la mehr bilan, yoshli ko‘z bilan yetay,
Yuragimni to‘ldirar bitta taskin bor faqat,
Men Tangrimga borarman, men tomon kelar Tangrim.©️

@dirijyorqiz

6 months, 1 week ago

Baxt va omadning siri nimada??‍♀️

1) boshqalar siz haqingizda nima deb o'ylashlari haqida qayg'urmang?

2) har qanday fikrimiz, albatta amaliy hayotda o'z tasdig'ini topadi?

3) tanangizni seving va boricha qabul qiling?

4) o'zingizni va boshqalarni hukm qilmang yoki tanqid qilmang?

5) Sevgi bering va yaqinlaringizni o'zgartirishga urunmang?

6) avval berishni, keyin olishni o'rganing?

7) hech kimni hayotiga aralashmang, ko'proq seving va xursand bo'ling?‍♀️

@dirijyorqiz

6 months, 1 week ago

O‘qishga kirganlar bormi oramizda?

Talabalikka erishganingiz bilan tabriklayman ?? Mustaqil va erkin fikrlovchi bo‘lib yetishishingizni tilab qolaman?

@dirijyorqiz

6 months, 1 week ago

MIYANI O‘Z O‘RNIGA QO‘YISHNING ENG ZO‘R YO‘LLARI

  1. ?Charchasangiz - gullar chizing.

  2. ?Darg‘azab bo‘lsangiz - chiziqlar chizing.

  3. ?Og‘risangiz - yasang, quring.

  4. ?Zeriksangiz - varoqni har xil gullar bilan to‘ldiring.

  5. ?G‘amga botsangiz - kamalak chizing.

  6. ?Qo‘rqsangiz - gazmoldan applikatsiya tayyorlang.

  7. ?Vahimani his etsangiz - qo‘g‘irchoq chizing.

  8. ?Jahlingiz chiqsa - qog‘ozni mayda bo‘laklarga bo‘ling!

  9. ?Bezovtalansangiz - origami tuzing.

  10. ⚛️Zo‘riqsangiz - naqsh chizing.

  11. ?Esga olish kerak bo‘lsa - labirint chizing.

  12. ?Umidingiz puchga chiqsa - kartinkaning nusxasini chizing.

  13. ?Ruhingiz tushsa - yo‘llar chizing.

  14. ?Nimanidir tushunmoqchi bo‘lsangiz - mandala chizing.

  15. ☘️Kuchni tezda qayta tiklash kerak bo‘lsa - tabiat manzarasini chizing.

  16. ?O‘z hissiyotlaringizni tushunmoqchi bo‘lsangiz - avtoportret chizing.

  17. ?Holatni yodda saqlash muhim bo‘lsa - rangli dog‘lar chizing.

  18. ?Agar o‘y-fikrlarni tizimlashtirish kerak bo‘lsa - asalari mum katagi yoki kvadrat chizing.

  19. ⚜️O‘z istaklaringizni aniqlashtirib olishni istasangiz - kollaj qiling.

  20. ❗️O‘ylaringizni bir nuqtaga qaratmoqchi bo‘lsangiz - nuqtalar chizing.

  21. ⭕️Vaziyatdan oqilona chiqish uchun - to‘lqin va aylana chizing.

  22. ?Qotib qolganingizni sezsangiz va oldinga harakat qilish kerak bo‘lsa - spirallar chizing.

  23. ?Maqsadingizga diqqatingiz jalb etishni istasangiz - to‘r va nishon chizing.

@dirijyorqiz

8 months, 3 weeks ago

San'at ahlida bir hodisani ko‘p uchrataman. San'atdagi yoki umuman hamma sohadagi mashhur insonlar real hayotda ham shunday degani emas.

Ya'ni inson o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zo‘r bo‘lishi mumkin. Lekin insoniy fazilatlari ham havas qilarlik bo‘lmasligi mumkin.

Shuning uchun ham man mashhur insonlar hayoti bilan umuman qiziqmayman. Agar o‘sha insonni yaqindan biladigan bo‘lsam va u yuqoridagidek faqatgina ijodi havas qilarlik bo‘lsa, undan ko‘nglim qolishi mumkin.

P.s: Bu hayotda hech kim ideal emas, ideal ham bo‘lolmaydi.

@dirijyorqiz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago