Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Eng ko‘p so'raladigan savollardan biri -- Qur‘on yodlamoqchiman, qanchadan yodlash kerak?
Shu savolga "falonchadan yodlash kerak" deb javob berib bo‘lmaydi. Chunki savolning javobi, odamiga qarab o'zgaradi, ya'ni har kimga beriladigan javob har xil bo‘ladi, so'rayotgan odam uchun unikal - o‘ziga xos bo‘ladi.
Unda bu savolga javobni qayerdan olsa bo‘ladi?
Javob mutaxassis tomonida quyidagi jihatlar o‘rganilgach, umumlashtirib berilishi mumkin:
Ijtimoiy holat - ota-onasi bilanmi, oilalimi, farzandlimi, qaynona-qaynotalimi; (bu holatda ham birga yashovchi insonlarning munosabatlariga qarab jarayon yengil yoki og‘ir bo‘lishi mumkin)
Qur‘on yodlash uchun kuniga qancha vaqt ajrata oladi?
Qur'onni asosiy mutaxassislik sifatida tanlamoqchimi? (ya‘ni bor fokus unga qaratiladimi yoki o'z sohasiga qo'shimcha ravishda oz-ozdan yodlamoqchimi? Murattab bo'lmoqchimi yoki ma'lum juzlar bilan cheklanmoqchimi)
Holatga qarab bir qancha savollar berilishi mumkin. Mana shundan keyin bir vazifa aytsa bo‘ladi va bir kishining boshlanishda aniq qanchadan dars qilolishi haqidagi taqribiy javob uning 2-4 haftalik dars qilishini kuzatgach aytilishi mumkin. Bular -- shaxsiy kuzatganlarim.
Ammo qanday usulda yodlash kerak?
Bu savolning javobi yengilroq chunki qariyb bir yarim ming yildan beri ummat Qur'on yodlagan, o‘zi uchun yengil va pishiq usullar qidirgan va topgan, shularning eng samaralilari Qur‘on yodlatish maktablari o'laroq shakllangan.
Bu -- alohida mavzu.
@qqizingiz_yozdi
There are questions that you don't ask because you are afraid of the answer to them.
Ularga berilajak javoblardan qo'rqqaning uchungina so'ramay qo'ya qolganing savollar bo‘ladi.
Agatha Christie, "The Moving Finger"
____
[BTW, sometimes you already know the answer and don't want the other side to lie to you and make their word even cheaper. And you just keep silence. As they say: "I know they are lying and they know that I know they are lying. Maybe this is what "التغافل - pretending not to see" means. ]
#nabaviy_duo
Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday duo qilar edilar:
«اللَّهُمَّ أَرِنَا الْحَقَّ حَقًّا وَارْزُقْنَا اتِّبَاعَهُ، وَأَرِنَا البَاطِلَ بَاطِلًا وَارْزُقْنَا اجْتِنَابَهُ»
"Ey Alloh, bizga haqni haq qilib ko'rsatgin va unga ergashishni nasib et! Bizga botilni botil qilib ko'rsatgin va undan chetlanishni nasib et!"
Shu duo haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Nega unda "haqni haq qilib ko'rsat" deya kifoyalanilmagan?
Nega unga ergashishni rizq qilib ber, deb alohida zikr qilingan?
Men shu savolni ko'p o'ylayman. Haqni tanish, uning farqiga borish bir narsa, unga ergashish esa boshqa bir narsa, murakkab bir amaldir. Inson ko'pincha to'g'risini biladi, haqiqatni taniydi ammo unga ergashishga o'zida kuch topolmaydi, unga bu borada ilohiy tavfiq yetishmaydi, natijada ilmi unga foyda bermaydi.
Bilishning o'zi qutqaruvchi emas, bilib turib to'g'ri yo'lni tark qilish esa - halok qiluvchidir, Alloh saqlasin. Shayton ham haqiqatni bilardi ammo unga ergashmagani sabab, bilgani unga foyda bermadi.
Qachonki haqiqatni tanishning yoniga unga ergashish, bo'yinsunish ham qo'shilsa, Allohning fazli bilan, bandani saodatga eltuvchi natijaga erishish mumkin bo'ladi.
Shuning uchun ham yuqoridagi nabaviy duoda faqat to’g'ri yo'lni ko'rsat, deb emas, balki unga ergashishni ham nasib et deb duo qilinyapti. Chunki asl maqsad bilish emas, bilganiga amal qilishdir. Bilish - amal qilishga ko'prikdir. Eng ishonchli ko'prik.
Rosululloh sollollohu alayhi vasallam hech bir narsani o'zlaridan gapirmasdilar, ummatlariga shariatdan o'rgatganlarining bari VAHIY edi.
Ushbu duo ham bizga vahiy ila o'rgatilgan, ijobat bo'lganda bandaning ikki dunyosi go'zallashadigan duodir. Alloh taolo kitobida aytganidek:
لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِى رَسُولِ ٱللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُواْ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْءَاخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرًا○
"Batahqiq, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo'lganlar va Allohni ko'p zikr (yod) qilganlar uchun Rosulullohda go'zal o'rnak bordir."
Ahzob/21
•Ey Alloh, Sen bizga haqni haq qilib ko'rsatgin va unga ergashishni nasib et!
•Bizga botilni botil qilib ko'rsatgin va undan chetlanishni nasib et!
•Uni bizga chalkash qilib qo'ymagin, yo'qsa biz adashib qolamiz!
•Ey Alloh, Sen bizga xayrlisini nasib et!
•Xayrlisining farqiga borivchi fahm nasib et!
•Xayrlisiga rozi bo'luvchi qalb nasib et!
Amin!
2022
...أَنَّهُۥ مَن قَتَلَ نَفۡسَۢا بِغَیۡرِ نَفۡسٍ أَوۡ فَسَادࣲ فِی ٱلۡأَرۡضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ ٱلنَّاسَ جَمِیعࣰا وَمَنۡ أَحۡیَاهَا فَكَأَنَّمَاۤ أَحۡیَا ٱلنَّاسَ جَمِیعࣰا ...]
«...Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi...» Moida/32
Alloh taolo O'zi shifoi komil bersin!
#kun_xulosasi
Talabalik chog'ida qanchalar iste'dodli bo'lmagin, o'qishni tamomlagach o'z ustingda ishlamasang, haminqadar o'qiganlar o'z ustida ishlasa va ishda ishlasa: yurgan -- daryo, o'tirgan -- bo'yra bo'lib qolar ekan.
قال الإمام أبو حنيفة رحمه الله لتلاميذه:
"أنتم مسارّ قلبي وجلاء حزني"
Abu Hanifa rohimahulloh shogirlariga dedilar:" Sizlar - yuragimni sevintiruvchi va xafaligimni ketkazuvchisizlar!"
Shunga o'xshash jumla Ibrohim an-Naxaiy rohimahullohdan ham rivoyat qilingan ekan.
Imtihon dunyosi, odamzotga turli dardlar, tashvish-u qiyinchiliklar yetishi, ba'zan uni tushkun kayfiyat qamrab olishi bor. Bundan ulug‘ ustoz-olimlar ham mustasno bo'lmagan ekanlar. Alloh barchalarini rahmat qilsin.
Umuman olganda, o‘qituvchi zotida dunyo tashvishlarini unutish, hech yo‘q uni kichik sanashning ajoyib yo'li doim bo‘lgan. Bu - o'zni ilm talabi va toliblari bilan band qilish.
O'qituvchi auditoriyaga kiradi, dars o‘tadi - ko‘ngli yorishadi. Boshqa biror yerda bo‘lsa, talabalardan kimdir fanga oid savol so'rab yozadi. Unga yaxshilab javob berish uchun kitob ko‘radi, shu mavzuni yana boshqa manbadan qaraydi, umumiylashtirib bir javob tayyorlaydi, jo‘natish oldi qayta o‘qiydi... Foydalangan kitoblari mualliflarini mamnuniyat, havas va faxr bilan eslaydi, shular ham odam farzandi bo'lgan, dardi bo‘lgandir, ammo umrini o'tkinchi dunyo tashvishlariga emas, boqiy ishlarga bag'ishlagan, deydi. Mavzuga qaytib uni yana tahlil qiladi, yangi narsa o'rgandim deb sevinadi...
Qarabsizki, nega xafa bo'lgani ham, tashvishining katta-kichikligi ham esidan chiqib ketgan bo'ladi. )
Darhaqiqat, talabalar - ustozlariga dardlarni unuttiruvchi va ko‘z quvonchidirlar. Alhamdulillah. Allohumma baarik.
الحمد لله على نعمة التعليم والتعلم
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago