Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI

Description
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali

🌐 www.uzmrc.uz
📧 info@uzmrc.uz
⏺ linkedin.company/uzmrc/

📍100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107B
☎️ 78 148 30 00
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

1 week, 1 day ago
[#ipotekasavodxonligi](?q=%23ipotekasavodxonligi)

#ipotekasavodxonligi

🤷‍♀ O'rtacha oylik daromadlari va oylik to'lovlari qanday aniqlanadi?
👩‍💻 Banklardan ipoteka krediti olish uchun murojaat qilinganda Kompaniya muvofiq talablarida belgilanganidek, o'rtacha oylik daromad miqdori 15 milliondan (qo'shimcha qarzdor daromadlari bilan birgalikda) oshmasligi belgilangan.

Xo'sh, bu o'zi qanday hisoblanadi?

qarz oluvchining o'rtacha oylik daromadlari miqdori oxirgi 12 oy ichida olingan jami daromadlar (ish haqi, pensiya, dividend va boshqa turdagi daromadlar) summasini 12 ga bo'lish orqali hisoblanadi.

agar qarz oluvchi 12 oyning oxirgi 8 yoki 9 oyi davomida daromadga ega bo'lgan bo'lsa, u holda uning ushbu davr ichida olgan jami daromadlari mos ravishda 8 yoki 9 ga bo'linadi.

qo'shimcha qarzdor mavjud hollarda uning daromadlari ham huddi shu tartibda daromad hisob-kitobiga kiritiladi.

👆 Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, asosiy va birgalikda qarz oluvchilarning o'rtacha oylik daromadlari belgilangan tartibda bo'lmog'i lozim.

1 week, 2 days ago
***🇺🇿*** **Xotira - abadiy, qadr - …

🇺🇿 Xotira - abadiy, qadr - muqaddas!
9-may - Xotira va qadrlash kuni ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo'lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Kompaniya jamoasi Siz azizlarni ushbu ulug' kun munosabati bilan samimiy qutlaydi. Tinchligimiz abadiy bo'lsin!

1 week, 3 days ago

🏡 Kompaniya qo'shimcha ipoteka krediti resurslarini ajratadi.
___

"2024-yil ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF - 70 sonli Farmoni imzolandi.
___

Unga ko'ra Kompaniyaning oldiga qo'yilgan asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:

● 2024-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich Kompaniyaga 20 yil muddatga 1,2 trillion so'm miqdorida resurs ajratiladi. Ushbu resurslar bozor tamoyillariga ko'ra birlamchi uy-joy ipoteka kreditlari uchun Kompaniya muvofiq talablari asosida tijorat banklariga qayta moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

● "Yashil" uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga "yashil" ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

● Xalqaro moliya institutlaridan "yashil" ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun mablag'lar jalb qilinadi.

☝️Eslatib o'tish joizki, Kompaniyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

**aholining uy-joyga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;

mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari mablag'arini jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo'naltirish.**

2 weeks ago
***✍*** Mamlakatimizda ikki kun davomida bo'lib …

Mamlakatimizda ikki kun davomida bo'lib o'tgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) uchun ham imkoniyatlar eshiklarini ochdi.

🤝 Forum doirasida Kompaniya qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari bilan uchrashdi. Jumladan, World Bank, OPEC, KFW DEG, AIIB vakillari bilan ikki tomon uchun manfaatli muzokaralar olib borildi.

🏘 Uchrashuvlar so'nggida Kompaniya va tashkilotlar o'rtasida ilk hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

2 weeks, 4 days ago
O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
2 weeks, 4 days ago
O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
2 months, 1 week ago
***💐*****Nafosat bayrami muborak bo'lsin!**

💐Nafosat bayrami muborak bo'lsin!
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ jamoasi Siz aziz ayollarimizni 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi.

3 months ago
O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
3 months ago
O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
4 months, 2 weeks ago

🎄 "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ jamoasi Sizlarni kirib kelayotgan yangi - 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi!

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago