Унча-Мунча - Кун ботгунча...
Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT
Реклама бўйича:
@newline24
.
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!
Admin: @omadli_adminjon
Reklama: https://t.me/rek_info/1338
Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 10 months, 2 weeks ago
?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга ва амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)
@RekIama_beriish
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kompaniya Kuzatuv kengashining mustaqil a'zolari ilk bora O'zbekistonda bo'lishdi.
Kompaniyaga ilk bor tashrif buyurgan mustaqil a'zolar bilan qizg'in uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Ular ishtirokida:
● bank sektori holati va OTB ning bu sohadagi strategik yondashuvi hamda Kompaniyaning ipoteka bozoridagi roli haqida OTBning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati bilan;
● ipoteka bozori holati, imkoniyatlar va qiyinchiliklar, bankning ipoteka kreditlari yo'nalishidagi siyosati, hamkorlik kabi masalalar yuzasidan Ipotekabank va Hamkorbank rahbariyati bilan;
● Ipoteka bozoridagi asosiy tendensiyalar va muammolar, Markaziy bankning O'zbekiston ipoteka bozori kelajagi bo'yicha prognozlari kabi mavzular bo'yicha Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Kompaniyaning risk, ichki audit, qayta moliyalashtirish, korporativ boshqaruv yo'nalishlari faoliyatini takomillashtirish kabi masalalar bo'yicha muzokaralar olib borildi.
🎉 Kompaniya 5 yoshda!
🏛O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5715-sonli Farmoniga ko'ra 2019-yil 4-noyabr kuni "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil qilingan.
🏘🏦O'tgan 5 yil mobaynida Kompaniya o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga bosqichma-bosqich erishib kelmoqda. Kompaniya shu qisqa davrda Xalqaro moliya tashkilotlaridan mablag'lar jalb qilish va O'zbekiston ipoteka bozorida ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tizimini rivojlantirish, bu orqali tijorat banklarining likvidliligini oshirish, qimmatli qog'ozlar bozorida o'zining ilk va davomiy korporativ obligatsiyalarini chiqarish hamda investorlar o'rtasida joylashtirish kabi muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirishga erisha oldi.
📊Kompaniyaning 5 yillik yutuqlari ushbu videorolik orqali hisobot ko'rinishida raqamlarda ifodalandi.
🇺🇿Budjetnomaga ko'ra "Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash" borasidagi rejalar.
2025-yilda daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag'lari hisobidan 2,5 trln so'm yoki 2024-yilga nisbatan 67 foizga ko'p subsidiyalar ajratilishi prognoz qilingan. 2026-2027 yillarda tegishincha 2,8 trln so'm va 3,2 trln so'm mablag' yo'naltirish prognoz qilingan. Shuningdek, uy-joy dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklariga ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablag'lari hisobidan 2025-yilda 13 trln so'm maqsadli resurslar joylashtirilishi prognoz qilingan.
2025-2027 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar.
● " Urbanizatsiya to'g'risida" gi Qonun loyihasini ishlab chiqish;
● "Renovatsiya to'g'risida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish;
● "Urbanizatsiyani 2040-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" loyihasini ishlab chiqish;
● ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturini ishlab chiqish hamda aholiga uy-joy uchun subsidiya ajratish tartibini takomillashtirish;
● ipoteka krediti bo'yicha subsidiya to'lab beriladigan fuqarolarni saralash tizimi "subsidiya.idm.uz" dasturiy ta'minotini to'liq avtomatlashtirish;
● ipoteka krediti bo'yicha subsidiya to'lab berish tizimi hisoblanadigan "subsidyplatform.mf.uz" maxsus platformasini takomillashtirish;
● ipoteka bozorini budjet mablag'lari hisobidan resurslar bilan ta'minlash uchun "resurs.imv.uz" maxsus platformasini to'liq ishga tushirish;
● "Barqaror shahar" yagona elektron platformasini ishlab chiqish.
Унча-Мунча - Кун ботгунча...
Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT
Реклама бўйича:
@newline24
.
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!
Admin: @omadli_adminjon
Reklama: https://t.me/rek_info/1338
Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 10 months, 2 weeks ago
?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга ва амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)
@RekIama_beriish
Last updated 2 months, 2 weeks ago