?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
Aytgancha nasib qilsa noyabr oxirida chet elga sayohatga ketyapman
Instagramimda shu bo'yicha stories joyladim.
Kim birinchi qayerga ketayotganimni stories izohida tahmin qilib to'g'ri topsa o'shani kartasiga 100 ming tashlab beraman
Siz ham tahmin qilib ko'ring, aytgancha javob yozayotgan obunachi meni instagramimga obuna bo'lgan bo'lishi kerak. Birinchi obuna bo'lib olish esingizdan chiqmasin.
Instagramimga ulanish: Instagram.com/suhrobabduaxatov
3 - 4 oylab kino ko'rmasdim
2021-2022-yillarda eslayman 3-4 oylab kino ko'rmasdim, menimcha kino ko'rishga vaqt qizg'onardim.
O'sha yillari biznes bo'yicha bir necha o'nlab kitoblarni va Mfaktordagi barcha praktikum videolarni ko'rib tugatganman, har bir praktikum videosi o'rtacha 4 soatni tashkil qiladi.
Shu aynan kitoblar va praktikumlar biznes tushunchamni, fikrlashimni, shaxsiyatimni yaxshigina o'stira olgan.
Meni fikrimcha o'sha kitoblar va praktikumlar menga 100x lab natijasini berdi.
Shu vaqtgacha ko'p atrofimdagi o'smoqchi bo'lganlarga Mfaktor praktikumlarini barchasini ko'rib chiqishini tavsiya qildim, lekin hali orasidan birortasi tugata olgani yo'q. Eng qizig'i bularni hammasi - FREE.
Oldin ham ko'p narsani intizom hal qilgan, hozir ham intizom hal qilyapti.
Hozir ham bir vaqtni o'zida 2 ta qiymati 5000$ kursda o'qiyapman (bittasi 3000$, bittasi 2000$) bilaman bu o'zini kamida 10x oqlaydi.
Hozir ham rivojlanishdan to'xtab qolishim mumkin emas, chunki loyihalarimiz o'sishi menga bog'liq.
Shunchalik sizda hammasi idealmi? deyishingiz mumkin.
Hammasi zo'r emas, muammolar yetarlicha
- Nosog'lom ovqatlanishni boshlaganman
- Sportga chiqishni to'xtatib qo'ydim
- Cofe normadan ko'p ichaman
Lekin o'zim xohlagan vaqtda bularni ham intizom bilan to'xtata olishimga ishonaman.
Post nima haqidaligini tushundizmi? fikrlaringiz qanday, izohda yozing👇
Eng ko’p pul qayerda?
Meni fikrimcha eng ko’p pul bu - bugunda emas ertada.
1. Proyektlar
Men va jamoam olgan asosiy zapuskdagi muvaffaqiyatli loyihalar odatda 6 oy - 1 yil o’tib eng katta natijalarni qilgan.
Boshida kam pul topsa ham ba’zida o’zini oqlamasa ham to’xtamasdan davom etuvirganmiz.
Shunaqa qilib bir loyihada hattoki 1 oy+ da 1 mlrd+ tushumga erishganmiz.
2. Kasb
Jamoamizdagi bir jamoadoshimiz bundan 2 yil oldin bizga qo’shilgan.
Esimda boshida 3 oy amaliyotchi sifatida oyiga 600.000 so’m oylikga ishlagan.
Hozirga kelib esa o’rtacha oylik daromadi 20 - 30 mlnni tashkil qilyapti.
Nima demoqchiman, eng katta natijalar bugunimizda emas ertamizda.
Ko’pchilik bugunni o’ylab qaror qabul qiladi.
- Eng katta proyektni xohlaydi
- Bugun 600.000 so’mga ishlashni emas, biror o’smaydigan joyda 7-8 mln so’m daromadga ishlashni tanlaydi.
Shu sababli ham o’solmaydi.
Endi sizga savolim bor, siz hozir bugun uchun harakat qilyapsizmi yoki erta uchunmi?
Yozing, gaplashamiz👇
Bizning "Fulfil group" jamoamizda Sotuv menejeri bo'lmoqchi bo'lganlar uchun Sotuv treninglari boshlanyapti.
Trening mutloqo BEPUL va 10 kun+ davom etadi, hattoki biz bu 10 kun+ davomida amaliyot puli ham to'laymiz.
Faqat sharti, ishlashga vaqtingiz bo'lishi kerak va Toshkent shahri, Yunusoboddagi ofisimizga kela olishingiz kerak.
O'zini topmoqchi bo'lgan va ish izlayotganlar uchun yaxshi taklif.
Haqiqiy Ambitsiyali, o'sayotgan jamoaga qo'shilishingiz mumkin.
Kimga jamoaga qo'shilish qiziq bo'lsa shaxsan menga @Abdivaliyevich ga yozing, gaplashamiz.
Mutlaqo imkonsizdek ko’ringan orzuni 230 ming so’m bilan amalga oshirganim haqida
Hammasi karantin davrida boshlandi. Onlayn o‘qitish ommalashayotgan bir vaqtda sifatli o‘quv materiallarini topish qiyin edi. O‘sha vaqtlarda menga onlayn o‘quv platformasini yaratish g‘oyasi keldi. Bu oddiy platforma emas, balki IT yo‘nalishidagi eng yaxshi mutaxassislarni yig‘ib, ularga o‘quvchilarni topib beradigan loyiha bo‘lishini rejalashtirgan edim
G‘oyamni bir do‘stim bilan birgalikda amalga oshirish uchun unga qo’ng’iroq qilib loyiha haqida aytdim, lekin u bu loyihani amalga oshirib bo’lmas ishdek qaradi va sherik bo’lishni rad etdi
«Fulfil» ni paydo bo’lishi
Lekin, men bu loyihani amalga oshirishimga ishonardim. Dastlab, telegramda kanal ochdim va TATU rasmiy telegram kanaliga bepulga reklama berdim, bu orqali 1000 yaqin odam kanalimga qo’shilishdi. Men esa obunachilarimni yanada ko’paytirishim kerak edi.
Bilasiz, reklamalar pullik. Ammo karantin sababli menda mablag’ yo’q edi. Keyin Ayamdan pul so’radim. Ayam kartada oxirgi 230 ming so‘m qolganini, kerak bo’lsa olib ishlatishim mumkinligini aytdilar. Shu kichik mablag‘ bilan kanalni rivojlantirishni boshladim.
O'shanda, IT biznesida tanilgan Abdusattor Abdurahimovning telegram kanali bor edi men ularga murojaat qilib, reklama narxini so’radim. Ular reklamani 1 mln so’m dedilar. Afsuski, menda esa 230 ming so’mdan boshqa pul yo’q edi va ularga g’oyamni, vaziyatimni tushuntirdim. U kishi sharoitimni tushundilar, meni qo‘llab-quvvatlab 230 ming so’mga reklama joylashtirishga rozi bo’ldilar.
Bilasizmi, Abdusattor aka nafaqat to’lovda qo’llab-quvvatladilar, balki o’zlari reklama matnini yozib berib, rasmlarini ham internetdan topib tayyorlab berdilar.
Bu samimiy yordam edi! O‘sha reklama orqali bir necha soat ichida kanalimga 5000 ta obunachi yig‘ildi.
Bu yutuq Azizbek Biyimbetov kabi IT sohasidagi kuchli mutaxassislarning e’tiborini tortdi va ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatini berdi. Ular menga ishonishdi va Fulfill Education loyihasi ana shu birinchi 5 ming obunachidan boshlanib, bugungi kungacha yetib keldi.
Men bu loyiham orqali birinchi daromadimni 2020-yil 9-sentabr kuni oldim. O‘shandan beri bilaman: biz o‘zimiz uchun yaratgan chegaralar faqat miyamizda.
Orzularingizni amalga oshirishdan cho‘chimang — siz ham o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarishingiz mumkin.
Nega ba'zilar 10x ba'zilar esa 1x natija qiladi?
Eng katta sababi - Sizda katta xohish bo'lishi va buni amalda sinash
Chunki hammada vaqt 24 soat va o'rtacha har bir inson bir kunda 4 - 8 soatgacha deep work qilishi mumkin.
Shu 4 - 8 soatda ba'zilar boshqalarga qaraganda 10x natijaga erishadi.
Oddiy misol:
Bir loyihamizda sotuv boshlandi va 2 kun o'tib ofisga bordim ikkita sotuvchiga bir xil miqdorda vaqt, bir xil miqdorda "lid"lar murojaatlar berilgan.
Lekin sotuvchilarni biri 10 ta sotgan, biri esa 1 dona sotgan.
10 ta sotgan sotuvchi bilan 1 dona sotgan sotuvchini orasidagi farq xohishda
O'zi qanday xohishda?
1. Ko'proq pul ishlash xohishi, majburiyatlar
2. Maqsad jamoada eng yaxshi sotuvchi bo'lishi va shu jamoa orqali rivojlanish
3. Tezroq erishish xohishi 1000$ maosh va ko'tarilish uchun 5 yil kutish shartmasligini tushunyapti
P. S: Chet elda yaxshiroq natijaga erishishingiz uchun yugirish kerak emish, aniq bilaman O'zbekistonda yaxshi natijaga erishish uchun yurishni o'zi yetarli chunki men ko'rgan yugirayotganlar yoshgina bo'lib turib BYD, Mers, BMW larda yuribti!
Do'stim hech bo'lmasa joyingizda turmay yuring, sizdan yugirishni so'ramadik
O'zing bilan o'zing yolg'iz qolib, o'zing yoqtirgan cappuccino ichib o'tmish va kelajak haqida o'ylashni o'rgan do'stim.
Ko'proq orzular qil eng muhimi katta orzular qil.
O'zing o'ylab ko'r Alloh senga so'ramasang qayerdan beradi, chin qalbingdan samimiy so'rasang hammasiga erishasan.
Reklama: Aytgancha jamoamizga qo'shilmoqchi bo'lgan qiz, ayollar bo'lsa bizda vakantsiya ochildi
Sifat nazorati xodimi kerak
Vazifalari
- O'quvchilardan xabar olish
- Qanday o'qiyotganini nazorat qilish
- So'rovnomalar tashkil qilish
- Ta'lim sifatini yaxshilashga hissa qo'shish
Ish offlayn, Toshkent shahri Yunusobodda bo'lib o'tadi
Murojaat uchun: @Sifat_nazorati1 ga o'zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring
P. S: Ishonamanki siz biz bilan ishxona emas oila topasiz)
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago