VenaSoft IT Academy 🇵🇸🇵🇸

Description
💡 VenaSoft — zamonaviy kasblar markazi!

📞 Telefon: +998 91 071 34 71

📲 Aloqa: @venasoft_admin


🌐 https://venasoft.uz
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 4 days ago

2 months ago

#Tezkor

AQShning Bureau of Labor Statistics markazi dasturlash va kompyuter fanlari sohasidagi ish o‘rinlari 2025-2030 yillarda o‘rtacha 22% ga oshishini kutilayotganini bildirdi.

Asosiy top yo'nalish:

  1. Sun'iy intellekt (AI) va mashinaviy o‘qitish (Machine Learning)

2.Kiberxavfsizlik

3.Ma'lumotlar muhandisligi va tahlili (Data Engineering & Data Analytics)

top 6 talikni web dasturlash tugatib bergan

@sardorcoderuz

4 months, 2 weeks ago

Ertadan venasoftni bir guruhi Javascriptni boshlaydi.

Javascriptni oʻrganishni xoxlaganlar kursimga qoʻshilishi mumkin

Javascript , angular , react va boshqa texnologilarni 4 oy davomida oʻrgatiladi.

qoʻshilish yoki batafsil maʼlumot
👇👇
@venasoft_admin

5 months, 3 weeks ago

Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.

Dasturchilar kim? Dasturchi haqida. Dasturchi vazifalari. Dasturchilarning 4 darajasi

Bootstrap, Materialize, Foundation: CSS Freymvorklar
Bu freymvorklar web dasturlashda deyarli tayyor ko‘rinishdagi sayt elementlarini taklif qiladi. Ular yordamida odatda ko‘p ishlatiladigan elementlarni bir necha daqiqalar ichida tuzish mumkin. Ularning har biri o‘ziga xos stildagi elementlarga ega. Material va yassi stillar ham shular jumlasidandir.

5 months, 3 weeks ago

Web Dasturlash Sohasi va Uning Qiziqarli Jihati
Web dasturlash nima? Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.

Dasturlash Sohasida Frontend va Backend: Qanday Farq Qiladi?
Frontend: Oldindagi Tomonni Ko’rib Chiqamiz
Avvalo, “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.

Frontend: Qanday Foydalanamiz?
Frontend – «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, web dasturlash texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida web sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kreativ yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini web sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda shaxsiy web sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini web sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.

Frontend Dasturlash Sohasi: Quyidagi Texnologiyalarni O’rganish
HTML, CSS va JavaScript: Asosiy Qilib Boshlash
Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan.

HTML va CSS: web Sahifalarni Yaratish Asoslari
HTML va CSS web sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi.

JavaScript va jQuery: Dinamiklik va Oddiylik
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida web sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.

Sass va Less: CSS-ni Oddiyroq Qilish
Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo‘ladi.

6 months, 3 weeks ago

"Dasturchi" so'zi o'zbek tilida "dastur tuzuvchi" yoki "kompyuter dasturlarini yozuvchi" degan ma'noni anglatadi. Bu so'z, kompyuter dasturlarini tuzish, yozish va rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi mutaxassisni ifodalaydi.

Dasturchilar, turli dasturlash tillarida ko'plab vazifalarni bajaradilar, masalan, veb-saytlar yaratish, mobil ilovalar tuzish, ilova tizimlarini ishga tushirish, kompyuter o'yinlari yaratish va boshqalar. Ularning o'zlariga xos bo'lgan bilim va ko'nikmalari bo'lishi mumkin, masalan:

Dasturlash tillari: Dasturchilar turli dasturlash tillarini o'rganishadi, masalan, JavaScript, Python, Java, C++, C# va hokazo.

Web-dasturlash: Veb-saytlarni va veb ilovalarni yaratish, frontend va backend sohalari bilan shug'ullanish.

Mobil ilovalar: Android va iOS platformalarida mobil ilovalar yaratish.

Ma'lumotlar tahlili va ma'lumotlar omborlash: Ma'lumotlarni tahlil qilish, ma'lumotlar bazalarini yaratish va ma'lumotlarni ishlatish.

Qurilmalarni dasturlash: elektronika qurilmalar uchun dasturlar yaratish, masalan, IoT (Internet of Things) ilovalar va boshqalar.

O'yinlar dasturlash: Kompyuter o'yinlarini yaratish, grafiika va o'yin texnologiyalariga tushunish.

Dasturchilar, yaratilayotgan dasturlarni sifatli va xavfsiz tarzda ishga tushirishga intilishadi. Ularning mahoratlari va bilimlari kompyuter dasturlash sohasidagi yaratilgan dasturlar va tizimlarning sifatini belgilaydi. Dasturchi, kompyuterlar bilan ishlash va ma'lumotlar bilan ishlash sohasida muhim va talab qilingan mutaxassislar orasiga kiradi.

Dasturchilarning darajalari va uning ustunligi o'zgaruvchan bo'lgan joyli darajalardir, ma'lum bir standart to'g'risida umumiy kelishuv yo'q. Bunday darajalar bir-biridan iqtisodiyat, sohalarda mutaxassislik, tajribaning bo'lishi, bilim va ko'nikmalar va boshqa xususiyatlarga qarab farq qiladi. Bundan tashqari, dasturchilik sohasida uslubiy ravishda ishlab chiqilgan ishlar tushunchalariga va tuzilishiga bog'liq o'ziga xos darajalar mavjud bo'lishi mumkin.

Biroq, umumiy ravishda dasturchilar o'rtacha darajalar bo'yicha o'rin oladi:

Junior dasturchi: Yangi kirib kelayotgan dasturchi, kod yozishda o'ziga mukofot qiladigan amaliyotga ega bo'lishi, dasturlash tillarini o'rganishga boshlangan bo'lishi kutiladi. Uning ish faoliyati odatda yangi proyektlarga o'z qat'lari bilan ishtirok etish va dastur kodlarini o'rganishiga bog'liq bo'ladi.

O'rta darajali dasturchi (Mid-level Developer): O'rta darajali dasturchi, o'zining dasturlash bilim va ko'nikmalarini yuqoriga oshirgan va ko'plab loyihalarda ishlagan bo'lishi kutiladi. Uning o'ziga xosligi vazifalarni vaqt-maqsadlarni amalga oshirish, kodni nazorat qilish va boshqa dasturchilar bilan birgalikda ishlash qobiliyati oshadi.

Senior dasturchi (Senior Developer): Senior dasturchi, katta va murakkab loyihalarda ishlash, dasturlash sohasidagi masalalarni yechishda yuqori darajali bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi kutiladi. Uning kodlarini tahlil qilish, ma'lumotlar omborlarini ishlatish, dastur arxitekturasini tuzish va yuqori darajadagi yechimlarni taklif qilish qobiliyati bor.

Menejer dasturchi (Lead Developer): Menejer dasturchi, tizimni rivojlantirish, loyihalarni boshqarish va boshqa dasturchilar bilan o'zaro hamkorlik qilishda muvaffaqiyatga erishgan bo'lishi kutiladi. Uning ish faoliyatida dastur tuzilishi va korxona tomonidan berilgan vazifalarni amalga oshirish kabi ma'lum darajali vazifalarga to'sqinlik qilinishi mumkin.

Arxitektor dasturchi (Architect Developer): Arxitektor dasturchi, murakkab va katta miqyosli loyihalarni tuzishda katta tajribaga ega bo'lishi kutiladi. Uning dastur arxitekturasi va tizim strukturasini tuzish, sohalarni ishlab chiqish, katta tizimlardagi muammo va muammolarni hal qilishga yo'l qo'yish uchun yuqori darajada bilim va ko'nikmalari bo'lishi kerak.

7 months ago

"VENASOFT" o'quv markazi kompyuterda offis dasturlarini tekinga o'rganish kursini sizga taklif qiladi.

Sizning yoshingiz va kompyuter bilan qanday tajribaga ega bo'lishingiz muhim emas.

Kurs davomida siz :Microsoft office dasturlaridan:
-Word;
-Excel;
-Power point va fayllar bilan ishlash
-internet , gmail pochtalar
-AI tizimlaridan foydalanish kabi eng kerakli bilimlari olasiz

*Kurs faqat online va video darslar orqali olib boriladi
Kurs oxirida sertifikat beriladi!
Kurs davomiyligi: 1 oyda haftasiga 3 marta
har bir dars uchun uyga vazifa berilib tekshirib boriladi
*** narxi: Bepul

Kursga yozilish uchun:

Menejer: +99891 071-34-71
Admin orqali: @venasoft_admin

Telegram kanal:
@venasoft

7 months, 2 weeks ago

?‍? Dasturlashni o'rganayotganlar uchun kichik maslahatlar

❶ Sabrli bo'ling. O'zingizdan boshqa hech narsa sizni sekinlashtirmaydi. O'rganish biroz qiyinlashganida tashlab ketib qolmang. Diqqatni jamlang va davom eting.

❷ O'zingizni sinang. Dasturlash bu imtihon emas. O'zingizni test qiling. Nima qila olasiz? Qayergacha bora olasiz? "veb-sayt yasash" yoki "xatolikni to'g'rilash" kabi kichik maqsad qo'ying va uni qila olasizmi yoki yo'q tekshiring.

❸ Kashf qiling. Faqat bir xil o'rganaverish ham yaramaydi. O'zgalarning ishlariga e'tibor qiling. Ular buni qanday qilishgan? O'zingizga yangiliklar yarating.

❹ Mashq qiling. Bironta video dars ko'rdingizmi? Uni endi o'zingiz ham bajarib ko'ring. Faqat amaliyot va tajriba bilan o'sishingiz mumkin xolos.

❺ Boshqalardan o'rganing. Tezroq o'sish uchun yo'nalishingizda tajribali odamlardan nima qanday qilinish kerakligi so'rang, chunki ularda tajriba bor. Ular ham avval xato qilishgan va endi siz ham o'sha xatolarni qilmasligingiz uchun ham ulardan so'rashingiz kerak.

❻ Boshqalarga o'rgating. Avvalgi bilimlaringizni mustahkamlash uchun o'rgating. Boshqalarni ham siz qilgan xatoliklarni qilmaslik uchun ham o'rgating.

? Trust me. You can do a lot than you think!

7 months, 3 weeks ago

Dasturchilikda frontend va backend farqi

Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.
Frontend – WordPress tizimi asosida ishlaydigan saytning manzilini brauzerda yozib, unga tashrif buyurganimizda ko’rinadigan qismi. Bu saytning asosiy sahifasi, maqolalar sahifasi, qidiruv sahifasi va hokazolar bo’lishi mumkin. Har qanday foydalanuvchi saytga tashrif buyurganda saytning frontend qismini ko’radi.
Backend – WordPress tizimining admin panel qismi. Bu qismga faqat saytga a’zo bo’lgan foydalanuvchilar yoki administrator kirishi mumkin. Backend qismda saytni boshqarish ishlari amalga oshiriladi. WordPress tizimida “Subscriber” mansabidagi foydalanuvchilar saytning backend qismida o’zlarining profil ma’lumotlarini o’zgartirishdan boshqa amaliyotlarni bajara olishmaydi.

WordPress tizimidan tashqari, umuman saytlar tayyorlash sohasidagi web dasturchilikda ham saytlarning frontend va backend qismlari farqlanadi. Bunda asosan frontend usta va backend usta degan yo’nalishda ishlovchi kishilar farqlanadi.
Frontend ustalar (frontend developer) saytning HTML, CSS va JavaScriptda tayyorlanishi uchun mas’ul bo’ladi. Zamonaviy sayt tayyorlash texnologiyalari bilan bugungi kunda frontend ustalar ishlari faqat bu bilan cheklanib qolmayapti. Bugun frontend ustalar kechagi oddiy verstka qiluvchilar emas. Ular endilikda saytlarning responsive (moslashuvchan) bo’lishi, barcha ekranlarda bir xil ko’rinishi, saytdan foydalanishdagi qulayliklar haqida o’ylashlari kerak bo’ladi. Demak, kechagina dizayner chizib bergan sayt rasmiga HTML, CSS va JavaScript yordamida jon bag’ishlagan frontend ustalar bugungi kunda saytning ko’proq jihatlari ustida ishlashmoqda va backend ustalar ishidan hech ham qolishmaydigan qiyinchilikdagi vazifani bajarishmoqda.
Backend ustalar (backend developer) esa asosan server tomonda ishlaydigan dasturlash tillari bilan ishlashadi. Sayt foydalanuvchilari saytning frontend qismida yuborgan ma’lumotlarning serverga jo’nalishi, ularning qayta ishlanishi va foydalanuvchiga qaytarib jo’natilishi – bularning barchasi backend usta mehnati natijasi ro’yobga chiqadigan jarayonlar hisoblanadi. Backend ustalar saytning ko’rinishi, tashqa tomoni haqida qayg’urmay, uning faqat ichki, “parda ortida” ishlashi to’g’risida bosh qotirishadi.
Xulosa qilib aytganda, front end – saytning tashqi ko’rinishi va uni front end ustalari tayyorlashadi. Back end – saytning ichki, yoki orqa tomoni va uni back end ustalar tayyorlashadi. Tashqi ko'rinish deganda uni dizayni, animatsiyalar . Ichki ko'rinish deganda saytdagi dasturlash va malumotlar ombori bilan ishlaydigan qismlari tushiniladi

8 months ago

Telefonda kod yozsa yoki dasturlashni o'rgansa bo'ladimi?

Yo'q.

shu paytgacha telefonda kod yozgan yoki dasturlashni o'rgan odamni ko'rmadim.
Ko'rmasam ham kerak.

Lekin Hindistonlik bolani eshitgandim lekin ko'zim bilan ko'rmasam ishonmayman baribir.

Dasturlash sohasiga jiddiy kirishing yoki umuman yaqiniga kelmang.

Kompyuter olishga sharoitim yuq deb telefonda boshlab vaqtizni bekor ketqazmang qachon sharoit bo'lganda boshlang.

@sardorcoderuz

9 months, 2 weeks ago

HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (inglizcha: Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.

HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi



Bu sarlavha


Hello world!


IMKONIYATLARI

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
Maxsus belgilar qoʻyish. ASCII kodirovkasida koʻrsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qoʻyish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, va hokazolar.
Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
Multimedia fayllarini ochish.
Boshqa imkoniyatlar...

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 4 days ago