Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
21-asrda ustoz kim?
Ustoz - o‘zingiz ham o‘rgana oladigan bilimni tezlashtirib bera oladigan inson. YouTube va GPT bor paytda ma’lumot muammo emas, ma’lumot ko‘p, uni o‘rganishga intizom yo‘q.
Ustoz bor ma’lumotni sizga tizimlashtirib va moslashtirib beradi. U siz ham yashasa bo‘ladi, lekin turtilib va qoqilib yuraverasiz, natijada 10 qadamli yo‘lda 30-40 qadam bosib qo‘yasiz.
Lekin ustoz deb atamaydigan odamlarimizdan ham ko‘p narsa o‘rgana olamiz, agar kibr bizni boshqarmasa, istalgan odamdan narsa o‘rgansa bo‘ladi.
Odamlardan lol qolishni o‘rganaylik, atrof to‘la ustozlar, ulardan o‘rganishni boshlaylik, o‘rganadigan narsamiz kam emas.
Ustozlarimiz ko’p bo’lsin.
Ko'p joylarda ishlab chiqqanlar
Ishga topshirgan kandidatlarni ko‘rib chiqyapman, bittasiga ko‘z tashladim: 20 yosh va 9ta joyda ishlab ko‘rgan ekan. Hayron qoldim, 25 yoshgacha 2 joyda ishlagan ekanman.
Uni ustiga, ba’zi kandidatlar bu bilan faxrlanib aytib berishyapti, "Aka, 18 yosh bo‘lishimga qaramay 7ta joyda ishlaganman" dedi bittasi. Ko‘p joydan ishlab chiqish - bu afzallik emas, balkim katta kamchilik.
Bunday jihat chidamsiz va bitta joydan ikkinchi joyga sakrab yuradigan xodimni ifodalaydi. Ish beruvchilar esa bitta vakansiyani yopib, unga qaytmaslikni xohlaydi.
Barcha yoshlarga bitta joyda qotib, u yerda yillar davomida o‘sishni tavsiya qilaman. Katta natijaga erishishni yagona yo‘li - bitta nuqtani topib olib, u yerga to‘xtamasdan urish.
Lekin har 2-3 oyda ishni almashtiradiganlarga bunday go‘zal sabr berilmagan.
Asoschilar podcast chiqdi
Mehmon - nutqni rivojlantirish bo’yicha mutaxassis va teleradio boshlovchi Najot Nur
Asosiy mavzular:- Qanday gapirish nima gapirishdan muhimroqmi?
- Odamlarni boshqara olish uchun nutq qanday bo’lishi kerak?
- Muzokaralarni olib borish uchun oltin qoidalar
- To’g’ri nutq qanchali daromadni oshiradi
Podcastni ko’rish: https://www.youtube.com/watch?v=e-OVBFcKr-g&t=2s
Asoschilar Podcast 12-son - Umidjon Ishmuxamedov
Asosiy mavzular:
1) Qanday qilib bir nechta biznes yuritadigan Seriyalik Tadbirkor bo’lish mumkin
2) Nega biznesning fundamenti Moliya hisoblanadi? Qanday qilib uni o’rgansa bo’ladi?
3) Xususiy Universitet biznesi qanday ishlaydi va nega litsenziyalar boshqa berilmayapti?
Podcastni ko’rish - https://youtu.be/Yv44qxxgW2Q?si=7JJlZxpd0GgTGoKI
Natijasini 20-30 yildan keyin ko'rasiz
Shaharda yurib har xil odamlarni ko‘rasiz, ba’zi odamlarga qarab havas qilasiz, muomalasi zo‘r, qo‘li ko‘ksidan tushmaydi.
Boshqalarga qarab "Men bunday odam bo‘lishdan qo‘rqaman" deysiz, yoshi katta bo‘lishiga qaramay, axloqi o‘ta xunuk.
Nahotki atrofidagilar uni to‘g‘rilamagan, qanday qilib bunday qo‘pol odamlar shu kungacha yashab keldi?
Ustingizda ishlaysiz, tillarni bilasiz, ishingizni mutaxassisisiz, lekin to‘g‘ri axloqsiz uzoqqa bormaysiz.
Buning oqibatlari keyin ko‘rinadi. Faqat o‘zini o‘ylaydigan odamda yillar davomida do‘stlari qolmaydi.
Doim kech qoladigan va ishini sifatsiz bajaradigan xodim kuchli karyera qura olmaydi.
Birovning fikrini qabul qilmaydigan va doim o‘zinikida turadigan odamga haqiqatni aytmay qo‘yishadi.
Suhbat paytida savol bermasdan, doim o‘z haqida gapiradigan odam bilan suhbat olib borishmaydi.
Aytganini bajarmaydigan lafzsiz biznes sherikka vaqt o‘tib biznes rejalar bilan chiqmay qo‘yishadi.
Ingliz tilini bilmaslik oqibati bittada ko‘rinadi, lekin yomon axloqingiz vaqt o‘tib chiqib keladi.
Aqlli bo‘lish yetarli emas, yolg‘iz va pulsiz qarilik kechirayotgan aqlli odamlar yetarli.
Qiziq suhbatdosh, fidoyi xodim, va’dasida turadigan inson bo‘lish muhimroq.
Natijasini esa 20-30 yildan keyin ko‘rasiz
1 savatga hamma tuxumlarni joylamang
1 million dollar pulingiz bor va uni sarmoya qilmoqchisiz, hammasini bitta biznesga tikdingiz va u o‘zini oqlamadi.
Siz endi bankrotsiz, chunki hamma tuxumlaringizni bitta savatga qo‘ydingiz, hech bo‘lmasa 20% bankda saqlab qolmadingiz.
Bu vaziyatga endi ishga ketkazayotgan vaqtingizni qo‘yib ko‘raylik, bor vaqtingiz faqat bitta kasbga ketyaptimi?
Zamon o‘zgarib kasblarga talab o‘zgarishi mumkin, bugun qilayotgan ishingiz bitta yangi innovatsiya orqali robotlashishi mumkin.
Doim yangi ishlarni o‘rganib yuring. Paretto qonuni ishlaring 80% vaqtni hozir pul olib kelayotgan ishga, 20% vaqtni esa yangi qobiliyatlarga.
Ishsiz qolib ketmaslik uchun bir nechta kasbni biladigan mutaxassis bo‘lish kerak.
Bankrot bo‘lib qolmaslik uchun tuxumlarni bir nechta savatlarda ushlash kerak.
Nega siz qilayotgan ish doim qiyin tuyiladi?
1-2 yildan beri bitta sohada ishlapsiz va yetarli tajriba yig‘dim deb o‘ylaysiz. Yangiliklar kam, ko‘proq pul olib keladigan boshqa ishni qilib ko‘rmoqchisiz.
Qo‘shnining bog‘i doim yashilroq tuyilganidek, doim Instagramda odamlar o‘z sohasini va daromadini boridan yaxshiroq ko‘rsatishga harakat qiladi.
Qaysi sohada bo‘lishingizdan qat’iy nazar, u siz sarmoya qilayotgan harakatlaringizga yarasha mukofot bermaydiganga o‘xshaydi.
Lekin shunday tuyilishni boshlagan paytni o‘zi - eng xavfli, bunday tuyilishni boshlaganida boshqa ishga o‘tib ketish - eng katta xato.
Umuman tushunmaydigan ishlarimiz boshida oson va go‘shtli tuyilishi mumkin, chunki biz nimani bilmasligimizni ham bilmaymiz.
Sohani yaxshi tushunsak, u yerdagi qiyinchiliklar bilan tanishamiz. Qiyinchiliklarsiz esa katta ishlar bo‘lmaydi, boshqa sohada ham shu.
Boshqa soha rostdan ham osonmi? Demak u vaqtinchalik "тема" va unga darrov ko‘pchilik yugurib keladi.
Ko‘pchilik qilib ko‘rmoqchi bo‘lgan "тема"larda esa tez raqobat kuchayadi, mijozlar qimmatlashadi va foyda tushadi.
Fake xotiralar
Yoshi katta qo‘shnim: Ravshan, SSSR paytida qanday yaxshi bo‘lganini bilasanmi? Oyliklar bemalol xarajatlarni qoplar edi, hamma baxtli yashagan va yozda eng shirin muzqaymoqqa borar edik.
SSSR haqida real faktlar:
- 25 million oddiy fuqarolar repressiyaga duch kelgan (o‘ldirilgan, ochlikdan o‘lgan, qamalib chiqqan yoki qochib ketishga majbur bo‘lgan)
- 90% cherkovlar buzilgan yoki boshqa muassasa ko‘rinishiga keltirilgan
- SSSR’da har 25-odamda mashina bo‘lgan, hozir Toshkentda har 5-odamda mashina bor, davlat bo‘yicha esa har 10-odamda
- SSSR’ning 80-yillarida 100 000 odamga o‘rtacha 650 jinoiy ishlar to‘g‘ri kelgan, 91-yilda esa 1100 oshiq.
- 2023-yilda O‘zbekistonda 100 000 odamga 283 jinoiy ish to‘g‘ri keldi
Hamma sodda hayot kechirsa, solishtiruvda sizning hayotingiz yaxshi tuyiladi va grechkadan keyin yeyilgan muzqaymoq dunyodagi eng zo‘r muzqaymoqday ko‘rinishi mumkin.
Kapitalizmda esa daromadga cheklov yo‘q va odamlarning boyligi 1000 baravar farq qilishi mumkin. Umumiy olganda ancha yaxshiroq yashayotgan bo‘lsak ham, doim Instagramda bizdan yaxshiroqlar topiladi.
Pulni qachon tejash kerak
Bola maktabdan keyin dadasini oldiga yugurib keldi:
- Dada, men bugun avtobusni ketidan yugurdim va 2,000 so'm tejab qoldim
Dadasi bolani boshiga urib, javob berdi:
- Tentak, taksini ketidan yugursang 20,000 so'm ekonom qilar eding!
Kimdir tejash deganda arzonroq narsa xarid qilishni tushunsa, kimdir esa yashash sifatini tushirishni tushunadi.
Yaxshiroq hayot ketidan poyga hech qachon tugamasligi mumkin, chunki doim qimmatroq telefon va mashinalar chiqadi.
Lekin tejamkorlikka intilayotganlar uchun yaxshi qoida: 2x narx 2x qiymat yoki komfort olib kelmasa, bu mahsulot sizga kerak emas.
Nima ish qilishni bilmayman
Universitetga kirib qo'ydingiz, bitta kasbga 2-3 yildan beri o'qiyapsiz, ertaga shu kasb bo'yicha ketishga shubhariz bor, nima ish qilishni bilmaysiz..
Nima ish qilishni bilmaslik yoki juda ko'p ish yoqishidan, yokida qaysi ish yoqishini bilmaslikdan bo'ladi. Nima ish yoqishini bilmaslik esa kam ish qilib ko'rgan bo'ladi.
Menejment, sotuv, marketing kabi qiziq sohalar bor, ularda ishlab ko'rmasdan qanday qilib nima yoqishini bilish mumkin? Yo'l yurganniki.
Xarakteringizni aniqlang, unga to'g’ri keladigan kasblarni ro'yxatini qiling va ular haqida ma’lumot yig’ing. Kasblarni bitta-bitta sinab chiqasiz.
Resurslaringizga qarang, qo'shningiz marketolog, do'stingiz logistikada ishlaydi, holangizni o'g'li katta kompaniyada menejer. Resurslarni ishlating.
Nima qilishni bilmasangiz, nimadir qiling.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago