?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
"Boburnoma" - 1960-yilgi nashr.
📝 Telegram
БОБУР
Мен-ку, оддий одам,
Шундоқ бўлса ҳам
Шукр, бас, деганча ғанимларим бор.
Шарт эмас уларга таъриф чинакам,
Бири жунунсифат, бирови ҳушёр.
Бировига ёқмас жиндек журъатим,
Бировига ёқмас мен юрган йўлак.
Ногоҳ бирор жойда чиқса сувратим
Бири ухлай олмай қийналса керак.
Биз шундай ўтамиз,
Яъни кун кўриб...
Майдагина кучсиз, майдагина зўр.
Ҳаётнинг мана шу буржидан туриб,
Мен Сизни ўйладим, ҳазрати Бобур.
Сиз — зобит, дастини чўзган дунёга,
Сиз — шоир, мангу бир аланга ёққан.
Наинки бандалар, Сизнинг сиймога
Не-не салтанатлар кек билан боққан.
Баҳодирлик ичра ёр Сизга Ҳумой,
Сиз улуғ зотларнинг изин босган эр.
Назмий саждагоҳда Сизга, ҳойнаҳой,
Имомликка ўтгай фақат Алишер.
Ҳа, ёлғиз шеър қолди, бошқаси, абас,
Етти иқлим аро достон нақлингиз.
Не бахт, парчин бўлиб тож деган қафас,
Бизга етиб келди олмос ақлингиз.
Айтинг, не топдингиз Сиз кезиб дунё,
Ҳануз боқишарлар шўришга тўлиб.
Шоирсиз, яхшиси, қолингиз, Мирзо,
Мушфиқ юртингизда бир шоир бўлиб.
1983
✍️Абдулла Орипов
📜Xizmat safari guvohnomasi✔️Xodim zimmasiga safar
vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradigan hujjatdir.
Uning zaruriy qismlari:
1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi).
2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otaismi.
3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari)
va tashkilotlar nomlari.
5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam
olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi).
6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyishning tartib raqami, sanasi.
7. Guvohnomaning orqa tomonida: xizmat safarida bo‘lgan
joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).
📝 Telegram
? Bugunimiz uchun naqadar ahamiyatli so‘zlar...
"Bir o‘lkaning boshqaruvini qo'lga olsam, qiladigan eng birinchi ishim hech shubhasiz, tilini qayta ko‘zdan kechirish bo‘ladi.
Chunki til nuqsonli bo‘lsa, so‘zlar tushunchalarni to‘g‘ri ifoda etmaydi.
Tushuncha to‘g‘ri ifoda etilmasa, vazifalar va xizmatlar istalgandek bajarilmaydi.
Vazifa va xizmatlar kerakli shaklda bajarilmaydigan joylarda odat, qoida va madaniyat buziladi.
Odat, qoida va madaniyat buzilsa, adolat yanglish yo'llarga yuzlanadi.
Adolat yo‘ldan chiqsa, dovdirab qolgan xalq nima qilishini, qayerga borishini bilmay qoladi.
Shunday ekan, bu yo‘lda hech bir narsa til kabi muhim emas."
KONFUTSIY
? Telegram
#Bu_qiziq
Germaniyada yilning eng muhim so‘zi e’lon qilindi
??Germaniyada o‘tayotgan 2024-yilning lingvistik belgisi “Ampel-Aus” so‘zi bo‘ldi, uni “svetoforlar bo‘lmaydi” yoki “svetoforning oxiri” iboralariga tarjima qilish mumkin. Bu haqda kecha, 6-dekabr kuni Visbadendagi nemis tili jamiyati ma’lum qildi.
Tilshunoslarning tanlovi yaqinda Germaniya Sosial-demokratik partiyasi, “90 ittifoqi/Yashillar” va Erkin Demokratik partiyadan tuzilgan kansler Olaf Sholsning “svetofor koalisiyasi”ning yuqori darajadagi qulashi bilan bog‘liq. Bu voqea uzoq vaqtdan beri davom etib kelgan va hatto o‘sha kunlarda bo‘lib o‘tgan Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga ham soya solgan edi.
? Bu yil eng muhim nemis so‘zlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda “Klimaschönfärberei” – “iqlim bezaklari” bo‘ldi, bu kompaniya va tashkilotlarning iqlimni muhofaza qilish choralarini ta’kidlash va o‘zlarini haqiqatdan ko‘ra ko‘proq ekologik jihatdan qulayroq qilib ko‘rsatishga urinishlarini tavsiflaydi.
? Birinchi uchlikni qo‘rqinchli, ammo notinch vaqtlarda dolzarb bo‘lgan “kriegstüchtig” – “jangga tayyor” so‘zi yopadi. Bu so‘z Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius tomonidan Germaniya qurolli kuchlarini (Bundesver) jadal qayta jihozlashni talab qilganida ko‘p ishlatildi.
Hammasi bo‘lib Visbadendagi nemis tili jamiyati yilning o‘nta so‘zini tanlaydi. Bu yil deyarli 2500 ta til birligidan tanlov qilish kerak edi.
Finalga chiqqan so‘zlar yil davomida eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar emas, balki so‘nggi 12 oyning eng muhim voqealari va mavzularini eng aniq aks ettiradigan va shu tariqa yilning o‘ziga xos lingvistik xulosasini umumlashtiradigan so‘zlardir.
✅ Germaniyada 2023-yil uchun yil so‘zi “inqiroz rejimi”, 2022-yil uchun “davrlar o‘zgarishi” va undan oldingi yil “suv oqimi” bo‘lgan edi.
? Telegram
Дўстлар, шоира Бахтинисо номидаги адабий танлов бошламоқчимиз.
Ниятимиз аёл-қизлар ижодини қўллаб қувватлаш, юзага чиқариш ва рағбатлантириш. Бир нечта ижодкорлар билан ҳакамлар ҳайъати ва ишчи гуруҳ туздик, хомий ҳам ўзимиз. Ғолибаларга фақат диплом ва китобларгина эмас, пул мукофоти ҳам бермоқчимиз. Шу танловга моддий тарафдан ҳисса қўшмоқчи бўлганлар ёрдамини бажонидил қабул қиламиз.
Карта: 9860010102719001
Тез кунда танлов низомини эълон қиламиз. Аёл-қизлар, ижод қилишга шай бўлиб туринг!
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago