Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
*✅ Bojxona institutining Yurisprudensiya yo'nalishiga qabul davom etmoqda.*
✅ Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun arizalar qabul qilish 2025 yilning 1 apreliga qadar davom etadi.
✅ Bojxona institutiga hujjat topshirmoqchi bo'lsangiz hududingizdagi bojxona boshqarmasiga murojaat etasiz.
✅ Bojxona qo‘mitasining 1108 raqamiga qo'ng'iroq qilib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
✅ Institutda o‘qish muddati 4 yil. Yurisprudensiya yo'nalishiga topshirsangiz huquqshunos mutaxassisligiga ega bo'lasiz. O‘qishga qabul qilinganlar to‘liq davlat granti asosida o‘qitilib, bepul formali-kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Eslatma: Bojxona institutiga kirishda yakuniy testdan oldin dastlabki tanlov ham o'tkaziladi.
Yo'nalish nomi:
«Yurisprudensiya: iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash»
Quyidagi fanlardan test topshirasiz:
1—fan: «Huquqshunoslik fani»
2—fan: «Chet tili»
Topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlarga jo'natib qo'yamiz
Kanalga ulanish: ➡️
@ustoz_javohir_halilov
❗️Surxondaryo viloyati hokimining o'rinbosarlari va shahar-tumanlar hokimlarini jami 661 million so'm bilan mukofotlash haqidagi farmoyishi bekor qilindi.
Aytilishicha 661 million so'm mablag' "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturiga yo'naltiriladi.
Yaxshi yangilik. Shunaqa qilsa ham bo'lar ekanku.
➡️ @ustoz_javohir_halilov ⬅️
✅ Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks va Byudjet kodeksiga kiritilayotgan o'zgartirishlarga ko'ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilmoqda.
✅ Testda e'tiborliroq bo'ling o'tgan yili tushgan edi.
Kanalga ulanish: ➡️
@ustoz_javohir_halilov
BMBA Huquqshunoslik fanidan namunaviy testlarni chiqardi.
Hamma qiziquvchilar ko'rgan bo'lsa kerak.
Bu testlar o'zi shu yilgi imtixonlarda tushgan testlar edi. (Imtixonga kirganlar sezishgan bo'lsa kerak).
Ya'ni yangilik emas.
Shunchaki bu testlardan xulosalar olish mumkin.
Agar siz uchun foydali bo'lsa testlarni yuridik va ta'limiy jihatdan tahlil qilib berishim mumkin.
Xoxlovchilar bormi?
Kanalga ulanish: ➡️
@ustoz_javohir_halilov
Tushunmaganing tushunmaganingdan bo'lsa, hali tushunasan.
Tushunmaganing tushunmasligingdan bo'lsa, bu dardning davosi yo'q.
© Husayn Buxoriy
✅ Ta'lim olish uchun ajoyib qoida. Ayniqsa huquqshunoslik ta'limi uchun ham.
Doim aytaman: Tushunmadim deyish oson, tushunmaganingni qayerdan bilding?
Tushunish uchun harakat qildingmi o'zi?
Agar tushunishga harakat qilgan bo'lsang aynan nimani tushunmading?
Chunki haqiqiy tushunmagan odam aynan nimani tushunmaganini tushunadi va o'sha aynan nimani tushunmaganini tushuntirib bera oladi. U insonga tushuntirsangiz tushunadi.
Lekin o'zi tushunishni xoxlamaydigan insonga ming harakat qilsangiz ham tushuntira olmaysiz.
Agar yuqoridagi gaplarni tushunmagan bo'lsangiz, qaytadan o'qing)))
Kanalga ulanish: ➡️
@ustoz_javohir_halilov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 12 ta qo'mita o'rnida 10 ta yangilangan qo'mita tashkil qilindi.
Qonunchilik palatasi qo'mitalari quyidagilar: *➖***Agrar va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha qo'mita;
➖Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi;
➖Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo'mitasi;
➖Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari;
➖Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo'mitasi;
➖Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi;
➖Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasi;
➖Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi;
➖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi;
➖Mehnat, sog'liqni saqlash va ijtimoiy masalalar.
Kanalga ulanish: ➡️
@ustoz_javohir_halilov
⚡ Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
✅ 2024-yildan boshlab OTMlarga qabul yangi tartib asosida amalga oshiriladi.
➡️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi.
✅ Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
✅ Test sinovlari iyul-avgust oylarida bo'ladi.
(Aniq qaysi yo'nalishni test sinovlari qaysi kunda bo'lishi BMBA tomonidan e'lon qilinadi)
Test sinovlarining oxirgi kuni tugaganidan so'ng, 15 kun ichida abituriyentlar OTMlarni tanlaydilar.
(Buning batafsil tartibi ham BMBA tomonidan ishlab chiqiladi)
Kanalga ulanish: ➡️
@ustoz_javohir_halilov
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago