eResearch - Iqtisodiyot

Description
Kanal iqtisodiyotga oid zarur ma'lumotlarni berib borishni maqsad qiladi.
Advertising
We recommend to visit

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 4 months ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months ago
[#mulohaza](?q=%23mulohaza)

#mulohaza

Oyning ikkinchi yarmi ko'rinmayotgani u qism yo'q degani emas.

Ko'z ko'ra olmagan narsani, aql ko'ra oladi. Aqlni charxlang!

@eresearch_iqtisodiyot

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

#kuzatuv

O'zimizga xos va mos institutlarimiz/tizimlarimiz

Biz millat sifatida qachon qayta shakllandik? 33 yil bo'ldi. Shu yillar ichida o'zimizning boshqaruv institutlarimiz/tizimlarimizni qurishga harakat qildik. O'zimizga xos va mos tizimlar ishlab chiqdik dedik.

Lekin, o'zimizga savol beraylik:
- oliy ta'lim diplomi bor bilan diplomi yoʼqni fikrlash darajasida farq bormi?
- haydovchilik guvohnomasi bor bilan haydovchilik guvohnomasi yoʼq odam avtomobil haydashida farq bormi?
- patenti bor tovar bilan panenti yoʼq tovarning sifatida farq bormi?
- mutaxassislikka oʼqigan bilan oʼsha mutaxassislikka oʼqimagan kishining bilim darajasida farq bormi?
- PhD himoya qilgan bilan himoya qilmagan kishining ilm darajasida farq bormi?

Javoblar biz yaratgan tizimlar ish sifatini belgilab beradi. Davlat bu tizimlarga byudjetdan (soliqlarimizdan) qancha pul ajratyapti?

"O'zimizga mos" degani, biz bunga arziymiz deganimi endi?

@eresearch_iqtisodiyot

2 months, 2 weeks ago

#tavsiya

Hamma qilsa, siz qilmang.

Atrofni sekin kuzatsak, odamlar birov nima qilsa, shuni to'g'ri deb hisoblab, ular ham shuni qilishga harakat qiladi.

- Boshqalar tarvuz eksa, u ham ekadi.
- Boshqalar ijtimoiy tarmoqda kimnidir so'ksa, u ham qo'shilib so'kib ketadi.
- Boshqalar diplom orqasidan yugursa, u ham yuguradi.

Filtr yo'q.

- Hamma tarvuz eksa, siz boshqa narsa eking!

- Hamma intuitsiyasiga asoslanib ish qilsa, siz hisob-kitobga asoslaning.

- Hammani koʼzi faqat qoʼshnisini koʼrsa, sizni koʼzingiz butun mamlakatni, ana butun dunyoni koʼrsin!

- Hamma tugʼma tadbirkorlik qobiliyatiga ishonsa, siz oʼzingizda innovatorlik qobiliyatini shakllantiring!

- Hamma bugun bilan yashasa, siz ertani ham oʼylang!

- Hamma narxni tushurish bilan raqobat qilsa, siz sifatni oshirish bilan raqobat qiling!

- Hamma davlatni muammo deb qabul qilsa, siz imkoniyat deb qabul qiling.

- Hamma narxni oshirishga intilib ish qilsa, siz optimal narxni toping.

- Hamma men onamdan hamma narsani bilib tushganman desa, siz men hali hech narsani bilmayman deb yondoshing.

@eresearch_iqtisodiyot

7 months ago

#statistika

AQSHda kunlik isrof bo'ladigan ovqat miqdori bilan butun dunyo och qolayotgan aholisini kunlik to'ydirsa bo'lar ekan (Ravallion 2015).

@eresearch_iqtisodiyot

8 months ago
8 months, 2 weeks ago

#munosabat

IWASH to'g'ri gapirdimi?

Tarmoqlarda har ikki postdan bittasi IWASH fikriga munosabat bildirmoqda. Biz ham chetda qolmadik, biroq oldinroq yozgan postimiz bilan cheklandik.

** Bir bor ekan ...

Uncha ham uzoq bo'lmagan zamonda, Markaziy Osiyo tomonda bir O'zbekboy degan odam yashar ekan. U bir farzand ko'ribdi. Ismini O'zavto deb qo'yibdi. O'zbekboy bu farzandini juda yaxshi ko'rar ekan. Uning uchun barcha yaxshi sharoitlarni yaratib berar, boshqalardan himoya qilar ekan. Hattoki o'zi va boshqa farzandlaridan tiyib O'zavtoni rivoji va kelajagi uchun harakat qilar ekan. Mersedes va Toyota-san kabi chet ellik bolalar singari kuchli bo'lsin, ulg'ayib albatta uzoq yillar uni va aka-opalarini boqadi deb umid qilar ekan. Ayniqsa Mersedesxon va Wolsjonlarni tarbiyalagan Olmonjonga juda havas qilar edi.

Yillar o'tibdi, O'zbekboy O'zavtoni 25 yil o'zi yemay yediribdi, o'zi kiymay kiydiribdi, hamma aytganini muhayyo qilishga harakat qilibdi. Barcha sho'xliklariga ham chidabdi. Vaqti kelib O'zbekboy O'zavtoga ''Bolam endi bu yog'iga o'z aravangni o'zing tortadigan vaqt keldi, boshqa aka-opalaring ham mendan xafa, men seni deb o'zimni ham, ularni ham xarob qilib qo'ydim, bu yog'iga barcha umidimiz sendan'' debdi.

O'zavto bunga javoban - ''Qanday qilib axir, siz meni 25 yil erkalatdingiz, mustaqil bo'lishni o'rgatmadingiz. Mana Fordni qarang, Wolsni qarang, ularga ham otasi vaqtida yordam bergan, qo'llab-quvvatlagan, lekin dars ham qildirgan, o'z ustida ishlashga undagan. To'g'ri ular mendan ancha katta,  ammo har doim o'z ustida ishlashdan, yangi narsalarni o'rganishdan charchamaydi. Atrofga teran qaraydi, raqobatdan qo'rqmaydi. Menchi, erka bo'lib o'sdim, hamma xatolarimga ko'z yumdingiz, odamlar ustimdan shikoyat qildi, baribir meni qo'llab-quvvatlayverdingiz. Sizning zararingizga ishlashini bilsangiz ham tanish-bilish qilib O'risjondek hamkorlar topib berdingiz. Meni Ford, Wols kabi o'sib ulg'ayishimni istadingiz, lekin ular kabi dars qilganimni, o'z ustimda ishlaganimni, mustaqil bo'lishga harakat qilganimni ko'rmadingiz. Shunda ham indamadingiz. "O'zbekchilik" qildingiz. Shuncha ishdan keyin mendan nima kutyapsiz?!''

Qissadan hissa: Bolalarni hayotga tayyorlash kerak, ma'lum vaqt qo'llab-quvvatlash kerak, ular katta bo'lib bizni boqadi, lekin erkalatib yubormaslik muhim.

@eresearch_iqtisodiyot

We recommend to visit

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 4 months ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 4 months ago