Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Boshqalar uchun yashashni bas qiling
Bizdagi juda ko'p insonlarning ongida "Odamlar nima deydi" degan gap o'rnashib qolganini sezaman.
Buni quyidagi misollarda ham ko'rish mumkin:
1. Buyum, kiyim yoki boshqa narsalarni o'ziga kerakli, qulay va puli yetadigani emas, boshqalarga yaxshi ko'rinadiganini sotib olish.
2. Sen biror narsani qila olmaysan desa aynan shularga isbotlash uchun ham shu narsani qilish.
3. Ortiqcha g'urur orqali kibrga berilib, kerakmas paytda birovni xafa qilish.
4. Atrofdagilarni ichida obro'ni yo'qotmaslik uchun o'zi tushunmaydigan mavzuda suhbatga qo'shilib, kulish kerak bo'lmagan joyda ham kulish.
5. va boshqa holatlar
Bu holatdagi insonlarga achinaman to'g'risi, hayotdagi maqsadini unutib faqatgina atrofdagilar uchun yaxshi ko'rinish va ularga yoqish uchun bu ishlarni qiladiganlar negadur menga fikrsiz insonlardek tuyuladi.
Bu holatdan qanday chiqish mumkin:
1. O'zingizni hayotingizdan maqsadni anglang.
2. Ushbu maqsadlar yo'lida nimalar kerak bo'lsa shuni qiling.
4. Bilmaydigan narsangizni bilmayman deng, kerak bo'lsa o'rganing.
5. Qila olmaydigan narsalaringizni qila olmayman deng, kerak bo'lsa o'rganing.
6. Qila olmaysan deb aytsa, u haqligiga ishonaversin, kerakmas narsalarni qila olishingizni isbotlashingiz shart emas.
Hayotda har bir insonning o'z o'rni va vazifasi bor. Biz ushbu vazifani amalga oshirgani kelganmiz, kimdinur xoxishini emas.
O'g'il: Dada axlatchi keldi.
Ota: Axlatchi bizmiz, u tozalovchi.
Hayot eng yaxshi o'qituvchi uni darslariga qatnashmaslikning iloji yo'q
Agar pulingiz ko'p bo'lsa, hamma narsani narxi arzonlashadi
1 oy qoldi
Bu yilgi planlaringizni keyingi yil planlariga aylantirmasligingiz uchun sizda faqat 1 oy qoldi.
Dunyoda hech menga aytmas hasratin
Bir bora demadi qara ko'nglimga
Qolganlarga kerak bo'lsa molu davlatim
Onam xursand bo'lar mening borimga
Ko'p narsa soramaydi bor bolgin deydi
Ahvoli tang bolsa ham yaxshiman deydi
Bir kun beli ogrisa, bir kun oyogi
Bolam sen baxtli bo'lsang, men baxtli deydi
Beg'ubor onama, soddadil onam
O'tmishga nazar
Ora-orada o'tmishim, yoshligimni eslab turaman. Qayerdan kelganman, kim edimu va hozir qayerdaman, kim bo'ldim va kelajakda nima qilmoqchiman, kim bo'lmoqchiman.
Yoshligim Namanganning so'lim qishlog'ida o'tgan, asosiy ishim dehqonchilik va mol boqish bo'lgan. O'qish uchun deyarli ko'p vaqt sarflamaganman, lekin o'zlashtirishim yaxshi edi, buning uchun avvalo Allohga va genlari uchun ota-onamga rahmat aytaman.
Oddiy maktabda o'qidim, u yerda muhit uncha yaxshi emas edi, bollar deyarli o'qishga qiziqmas edi. U yerda kuchli bo'lish unchalik qiyin emas edi.
Undan keyin o'zim bilmagan holda Namangandagi eng yaxshi litseyga kirib qolganman, bo'libam kuchaytirilgan guruhiga. U yerdagi muhit juda zo'r edi, hamma kuchli, masqsadi bor, o'qishga qiziqishi yaxshi. Asosiy o'sish hamda o'zimni anglash shu yerda bo'lgan deb o'ylayman. U yerdagilar hammasi hozir O'zbekistonda va chet elda yaxshi joylarda ishlashyapti.
U paytda maqsadim faqat chet elga ketish edi, qanday ketiladi unisini qizig'i yo'q edi. Lekin, ma'lum bir sabablarga ko'ra keta olmadim va TATU ga kirdim. Keyin o'tirib o'ylaganman, hamma yaxshi o'qib, chetga ketsa yaxshimas deb.
Kompaniya ochish istagi paydo bo'ldi va Allohga shukurlar bo'lsinki, bu ishni qilishga ham qodir qildi. Hozirda sherigim bilan, o'z kompaniyamizga egamiz va kompaniyada 40 dan oshiq jamoa a'zosi bor va deyarli mingga yaqin doimiy mijozlarimiz bor.
Oddiy qishloq bolasidan to hozirgacha bosgan yo'limni bugun o'ylab maqsadlarni qayta ko'rib chiqib o'tirganda shu narsalarni ulashgim keldi. Maqsadlarni esa ulashishni yomon ko'raman, avval qilib keyin ko'rsatganim yaxshi deb o'ylayman.
P.s: Namanganlik oddiy qishloq bolasi
Baxtli bo'lishni xoxlasak maqsadga oson erishar edik. Biz boshqalardan ko'ra baxtliroq bo'lishni istaymiz, shuning uchun ham to'liq baxtga erisha olmaymiz.
Mishel de Monten
Qurbon hayiti muborak bo'lsin
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago