HAR SOHADAN BIR SHINGIL

Description
Har qanday idishga bir narsa solsang, torayadi. Lekin ilm idishiga qancha narsa solmagin, kengayib boraveradi.

Ali Ibn Abu Tolib
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 2 weeks ago

**1876 yil 9 yanvar – Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general N.Golovachyov tomonidan tashkil etilgan muzeyni komplektlash bo‘yicha yig‘ilishda Toshkent muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi)ni ochishga qaror qilindi.

O‘rta Osiyo tabiati tadqiqotchilari o‘zlari to‘plagan kolleksiyalarni muzeyga topshirdilar.

Shu tariqa, 1876 yil O‘rta Osiyoda birinchi muzey tashkil topdi. Lekin davlat tomonidan bino berilmagani uchun etnograf va geograf Nikolay Mayev o‘zining ipakchilik maktabidan muzey uchun ikki xona ajratdi.

Tarixchi Darmanjan Kuryazovaning qayd etishicha, muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratilganidan tashqari, ba’zi shaxslarning moddiy yordamlari ham kelib tushgan.

Nikolay Mayevning yozishicha, muzey faoliyati uchun yiliga 1600 so‘mlik mablag‘ talab etilgan.

1877 yilning yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi, tabiat tarixi va arxeologiya bo‘yicha 1500 dan ortiq ashyolarga, 800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega bo‘ldi.

Muzey predmetlari maxsus to‘planmagan bo‘lsa-da, unda qimmatbaho, nodir va noyob buyumlarning asl nusxalari mavjud edi.

Olimlarning fikricha, 1876–1880 yillar Toshkent muzeyi faoliyatining muhim bosqichi bo‘ldi. Shu yillarda numizmatika, etnografiya bo‘limlari boy kolleksiyalar bilan to‘ldirildi.**

@har_sohadan_2020

1 month, 2 weeks ago
**Bugun 9-yanvar - Yassi tinchlik shartnomasi …

**Bugun 9-yanvar - Yassi tinchlik shartnomasi imzolangan kun

Yassi tinchlik shartnomasi 1792-yil 9-yanvarda Rossiya va Usmonlilar imperiyasi oʻrtasida tuzilgan va 1787-1791-yillardagi rus-turk urushiga chek qoʻygan tinchlik shartnomasidir.

Muzokaralar Moldaviya knyazligining Yassi shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiya imperiyasi tomonidan knyaz G.A. Potyomkin va uning o'limidan keyin - knyaz A.A. Bezborodko, Turkiya tomonidan Buyuk vazir Yusuf Posho ishtirok etishdi.

Shartnomani Rossiya nomidan Samoilov, de Ribas va S.L. Lashkarev va Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulloh afandi, Ibrohim Ismet Bey va Mehmed afandilar imzolashdi.

Shartnomaga ko‘ra butun Shimoliy Qora dengiz mintaqasi, shu jumladan Qrim Rossiyaga o‘tdi va Rossiyaning Kavkaz va Bolqondagi siyosiy pozitsiyalari mustahkamlandi.

Janubiy Bug va Dnestr o'rtasidagi yerlar Rossiyaga o'tkazildi, ular bo'ylab yangi chegara o'rnatildi. Kavkazda Kuban daryosi bo'ylab chegara tiklandi.**

@har_sohadan_2020

1 month, 2 weeks ago
**Bugun 9-yanvar - Xoja Ziyoiddin Yusuf …

**Bugun 9-yanvar - Xoja Ziyoiddin Yusuf tug‘ilgan kun

1477-yil 9-yanvar kuni Abdurahmon Jomiyning uchinchi o‘g‘li Xoja Ziyoiddin Yusuf dunyoga keldi.

Jomiyning birinchi o‘g‘li bor-yo‘g‘i bir kungina, to‘rtinchisi 40 kun, ikkinchisi 12 oy yashab nobud bo‘lishgan.

Jomiy Ziyoiddin Yusufga katta ko‘ngil bergan, o‘g‘li ham otasi mehriga oqibatli bo‘lib chiqqan.

1510-yilda Hirotni qizilboshlilar bosib olganda ular sunniy mazhabi olimi bo‘lmish Jomiy qabrini toptamoqchi bo‘lishgan, Ziyoiddin Yusuf buni sezib qolib, otasining xokini yashirincha boshqa joyga ko‘chirishga ulgurgan.

Ko‘rinadiki, shundan keyin o‘zi ham Hirotni tashlab ketishga majbur bo‘lgan va 1513-yilning dekabrida Xuroson yaqinidagi Arp qishlog‘ida vafot etgan.**

@har_sohadan_2020

4 months ago
**Bugun 24-oktyabr - Guliston tinchlik shartnomasi …

**Bugun 24-oktyabr - Guliston tinchlik shartnomasi imzolangan kun

Guliston tinchlik shartnomasi — Rossiya imperiyasi bilan Fors oʻrtasida 1804-1813-yillardagi rus-fors urushi tugagandan soʻng 1813-yil 24-oktyabrda Guliston qishlogʻida imzolangan shartnoma.

Shartnomaga ko'ra, Fors Dog'iston, Kartli, Kaxetiya, Megreliya, Imeretiya, Guriya, Abxaziya, Sharqiy Armanistonning yarmi va hozirgi Ozarbayjonning katta qismi Rossiya imperiyasiga o'tishni tan oldi, bu erda quyidagi: Boku, Qorabog', Ganja, Shirvon, Sheki, Derbent, Kuba , Talish xonliklari joylashgan edi.

Guliston tinchlik shartnomasi tomonlarning savdo-sotiq uchun huquqiy asoslarini yaratdi va bu Rossiya va Eron o'rtasidagi savdo ko'lamini oshirishi kutilgan edi.

Fors davlati Kavkazortini qo‘ldan boy berishga chidolmadi, Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan u tez orada Rossiyaga qarshi yangi urush boshladi, bu Forsning mag'lubiyati va Turkmanchoy tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi.**

@har_sohadan_2020

4 months ago
**Bugun 24- oktabr - BMT kuni

**Bugun 24- oktabr - BMT kuni

BMT 1945-yil 24-oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jurʼati bilan toʻlib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi.
Bugungi kunda 193 mamlakat, yaʼni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari BMTining aʼzolaridir.
BMT 4ta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.
BMTida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi — Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat — BMTining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ — Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat koʻrsatadi.**

@har_sohadan_2020

4 months, 1 week ago

**Bugun 22-oktyabr - Chester Karlson birinchi martta kserokopiya qilgan kun

1938-yil 22-oktyabrda oltingugurt bilan qoplangan rux plastinka ustida statistik zaryad va plastinkani nurlanishi natijasida shishaga yozilgan so’zlar nur orqali oltingugurtsurtilgan qatlamga olib o’tildi.

Yopishgan changchalardan “10-22-38 ASTORIA” so’zini o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Ammo bu texnologiyani hayotga tadbiq etish ustida olib borilish ishlari ko’pga cho’zildi.

1947-yilda Rochester shahridagi uncha mashhur bo’lmagan “Xaloid” kompaniyasi Karlson ixtirosiga asoslangan holda kopirovka texnikasini takomillashtirdi.

2 yildan so’ng tarixda birinchi kopirovka uskunasi turi sotuvga chiqarildi.

Kopirovka texnologiyasini “kserografiya” - grekcha “kseros” (quruq) va “grafe” (yozaman) ma'nosini anglatadi.

“Kserografiya”dan kompaniyaning yangi nomi “Xaloid” (Haloid) - 1955-yildan, Britaniya firmalari “Renk Organizeyshen”bilan birlashgandan so’ng u “Renk Kseroks” deb nomlana boshladi, keyinchalik esa oddiy “Kseroks”ga aylandi.

1959-yili apparatning 914 sonli modeli chiqqandagina haqiqiy mashhurlikka erishildi va bu yangilik tezda ommabop bo’ldi, “Kseroks” esa yuz millionlab dollarga ega bo’ldi.

Kserografiya ixtirochisi hisoblangan Chester Karlson 1968-yilgacha yashagan.

“Kseroks” dan tushgan 150 million dollar foydaning 100 millionini xayriya ishlariga sarf qilgan.**

@har_sohadan_2020

4 months, 1 week ago
**Bugun 17-oktabr Xalqaro kredit uyushmalari kuni

**Bugun 17-oktabr Xalqaro kredit uyushmalari kuni

Har yili oktyabrning uchinchi payshanbasida is'temol kooperativlarida ishlovchi odamlar uchun kasb bayrami hisoblanadi. Bu kun 1948-yildan boshlab turli tadbirlar, ochiq eshiklar kuni, konkurs va yarmarkalar, xayriya aksiyalari hamda turli tele va radio ko'rsatuvlar o'tkazilishiga sabab bo'lib kelmoqda. 

Kredit uyushmalari – bu fuqarolarga o'zaro moliyaviy yordam beruvchi maxsus tashkilotlardir.Bugunga qadar kredit uyushmalari eng foydali notijorat usullardan biri hisoblanadi. Kooperativlar tashkil etish g'oyasiga XIX asrda asos solingan. Ilk bor xalqaro kreditlar uyushmalari kunini ta'sis etish g'oyasi 1927-yilda 17-yanvarda Massachusets shtatidagi kredit uyushmalari ligasi tomonidan e'lon qilindi. Bu bayram Amerika prezidenti va davlat arbobi Bendjamin Franklinni xotirlash kuniga to'g'irlab belgilangan edi.**

@har_sohadan_2020

4 months, 1 week ago
Bugun 17-oktabr AQShning Detroyd shahrida birinchi …

Bugun 17-oktabr AQShning Detroyd shahrida birinchi "Cadillac" avtomobili ishlab chiqarilgan kun

Cadillac avtomobilini iste'dodli ixtirochi Genri Martin Liland kashf qilgan. Genri va uning o'g'li Uilfred Genri Ford va boshqa mashhur avtomobil kashfiyotchilari bilan hamkorlik qilishgan. Ford Liland bilan hamkorlikda 1902-yilning avgustida Luiziana gubernatori va Detroyd asoschisi markiz Antuan de Kadiyyak sharafiga "Cadillac Motor Car Company” deb nomlangan kompaniya tuzdi. Shu yilni 17-oktyabrida esa Cadillac avtomobilining birinchi "A” modeli tayyor bo'ldi. Shu yilning oxirigacha yana ikkita mashina yig'ildi va bu avtomobillar 1903-yilning yanvar oyida o'tkazilgan Nyu-York avto-shousida namoyish etildi. Muvaffaqiyat hayratlanarli darajada edi—ko'rgazmalarning yopilgunicha kompaniya 2286 avtomobilga buyurtma oldi. Bu mashinaning tezligi soatiga 48 km bo'lib, narxi 750 dollarni tashkil etar edi.

4 months, 2 weeks ago

**Anesteziya – og‘riqni qoldirishmi? Balki qizaloqning ismidir

Og‘riqsizlantirish azaldan tibbiyotning muhim vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Ammo bu vazifani uddalagunigacha oradan asrlar o‘tgan.

Ilk og‘riqsizlantiruvi vositalar o‘simliklar: nasha, ko‘knor, mandragora, mingdevonalardan tayyorlangan. Va maʼlum sharoitlarda bemorni bo‘shashtirib, og‘riqni ham qoldirgan. Ammo jiddiy xirurgik amaliyotlarda yordam bermagan. Ustiga-ustak bunday og‘riq qoldiruvchi vositalarni uzoq vaqt mobaynida qo‘llash ularga qaram bo‘lib qolishga olib kelardi. Qadimgi yunon shifokori, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri – Buqrot yoki Gippokrat sezuvchanlikni vaqtincha yo‘qotuvchi moddalarga taʼrif berar ekan, bejiz ularni “narkotik” (yun. narkotikos – “dong qotiruvchi”) deb atamagan.

Eramizning I asrida qadimgi rim shifokr va famakologi Dioskorid og‘riqsizlantiruvchi vositalar haqida gap ketganda ilk bor “anesteziya” (yun. anaesthesia – “sezgisiz”) so‘zini ishlatadi.

Og‘riqsizlantiruvchi vositalar xloroformning anestetik effektini sezib qolgan tibbiyot fanlari doktori Djeyms Yang Simpson tomonidan tug‘ruq chog‘i qo‘llanila boshlangan. Bu voqea ilk bor 1847 yilda Shotlandiyada sodir bo‘lgan. Ilgari bolalarini og‘riq bilan dunyoga keltirgan ayol tug‘ruq jarayoninning og‘riqsiz o‘tganidan shunchalik taʼsirlanganki, hatto shu kuni dunyoga keltiirgan qizalog‘iga Anesteziya deya ism qo‘ygan.**

@har_sohadan_2020

4 months, 2 weeks ago
**Bugun 11-oktyabr - Saylovlarda ovozlarni hisoblashga …

**Bugun 11-oktyabr - Saylovlarda ovozlarni hisoblashga imkon beradigan birinchi elektrik mashinaga patent olingan kun

Saylovlarda ovozlarni hisoblashga imkon beradigan birinchi elektrik mashina Tomas Edison tomonidan ixtiro qilingan.

U oʻz ixtirosi uchun 1887-yilning 11-oktyabr kuni patent olgan.

Qurilma ikkita – “Roziman” va “Qarshiman” tugmalariga ega edi.

Kongressmenlar muhim qarorlar qabul qilishda ana shu tugmalardan foydalanishgan.

Avvaliga odamlar ushbu ixtiro uchun Edisonning ustidan kulishgan.

Keyinchalik uning qanchalar foydali ekanligini tushunishgan.**

@har_sohadan_2020

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago