IMAN Invest

Description
Islom moliyaviy xizmatlarini taqdim etuvchi O‘zbekistondagi birinchi kompaniya

Investorlar bilan suhbat: @imaninvestchat

500 000 so'mdan boshlab sarmoya | ~27% yillik daromad

Sayt: https://imaninvest.com
Murojaat uchun: +998781130030 va @imaninvest_bot
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

3 days, 7 hours ago
IMAN Invest
3 days, 7 hours ago
IMAN Invest
3 days, 7 hours ago
***⚡️*** Yanvar oyida kompaniyaning* foydalilik ko‘rsatkichi …

⚡️ Yanvar oyida kompaniyaning* foydalilik ko‘rsatkichi 1,68% ni tashkil etdi

Kuni kecha 2025-yilning ilk foydasi barcha sheriklarimizga taqsimlandi va mobil ilovada ma’lumotlar taqdim etildi. Oy yakuniga ko‘ra foydalilik ko‘rsatkichlari avvalgi oylarga nisbatan pastroq bo‘ldi.

📎 Bunga bir qator sabablar bor:

– mavsumiylik bilan bog‘liq holda sotib olish qobiliyatining umumiy pasayishi;
- qabz amaliyotini tadbiq qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar sababli ba’zi hamkorlar bilan savdo faoliyatlari to‘xtatildi;
- risk boshqaruvi va moliya jamoalari hozirgi kunda o‘tkazayotgan optimizatsiya natijasida bir qator hamkor do‘konlar bilan ishlash to‘xtatildi, bu uzoq kelajakda foydalilikni saqlab qolish uchun muhim qarorlardan biri hisoblanadi.

🎯 Hozirda amalga oshirilayotgan ishlar:

- hamkorlar va mijozlar uchun jozibadorlikni saqlab qolish uchun qabz jarayonlarini optimallashtirish ustida ish olib borilmoqda, qabz jarayonidagi insonlarni sotuv imkoniyatiga aylantirish ham rejada bor;
- Toshkent shahri bo‘ylab yangi yirik riteylerlar bilan hamkorliklar o‘rnatildi (Bosh, Texnoport, Samsung, Asko va boshqalar).

📈 Foyda ko‘rsatkichi avvalgi oylarga nisbatan kamligiga qaramay barcha tariflar bo‘yicha berilgan prognozlar grafigida qolishga muvaffaq bo‘ldik. Avvalgi oylarda ko‘proq foyda hisoblanganini inobatga olganda mazkur pasayish yillik prognozga ta’sir qilmaydi. Masalan 2 yillik tariflarda prognoz 27,01% ni tashkil etmoqda

IZOHLAR

2 months, 1 week ago
***⚡️*** Islom moliyasi bo‘yicha taniqli olim …

⚡️ Islom moliyasi bo‘yicha taniqli olim Muftiy Muhammad Taqi Usmanining farzandlari, doktor Muftiy Hassan Ashraf Usmani bilan intervyu tashkil qildik!

Doktor Usmoniy bugungi kunda islom moliyasi bilan bog‘liq vaziyat, yangi g‘oyalar va tendensiyalar, investitsiyada halol va mas’uliyatli bo‘lish qanchalik muhimligi haqida gapirdilar. Bundan tashqari, siz video davomida Islom moliyasi bo'yicha yetakchi mutaxassis bo'lish uchun nimalar qilish zarurligini bilib olishingiz mumkin.

Intervyuni tomosha qilish va islom moliyasi haqida ko'proq bilib olish uchun havola orqali o‘ting! ?

"Havola"

2 months, 1 week ago

IMAN Invest yangi cho'qqilarni zabt etmoqda!

Saudiya Arabistoni bozoriga kirib, IMAN Invest rivojlanishining muhim bosqichini muvaffaqiyatli yakunladik! Ushbu videoda siz bizning strategik ishimizning quyidagi natijalarini ko'rishingiz mumkin:

? Saudiya Arabistonida yetakchi kompaniyalari bilan asosiy hamkorlikni yakunlash.
? Kelajakda biznesni rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari.
? Innovatsion Islomiy Fintex yechimlarni muvaffaqiyatli joriy etish.

Qanday qilib muvaffaqiyatga erishganimizni va oldimizda qanday maqsadlar borligini bilib oling! O'tkazib yubormang! Videoni tomosha qiling va barcha yangiliklarni bilib oling!

IZOHLAR

2 months, 2 weeks ago

#ishga_taklif

IMAN kompaniyasiga Mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejerlarini (promouter, Qabz menedjer) ishga taklif qiladi
Bizga:
• yoshi 19-22 oralig‘ida bo‘lgan;
• savdo do‘konlarida ish tajribasi bor;
• salomatligidan shikoyatlari bo‘lmagan yigitlar kerak.

Ish vazifalari:
- Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish;
- Kompaniya nomidan tovarlarni mijozga topshirish;
- To‘lov shartlarini tushuntirish;
- Mijoz bilan shartnoma imzolash;
- Mijozlarning so‘rovlari bilan ishlash;
- Mijozdan tovarlarni qaytarish.

Shartlar:
- Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ish;
- 6 kunlik ish tartibi;
- Ish vaqti: 1-smena: 9:00 — 18:00, 2-smena: 14.00 — 22.00

Kunduzgi shaklda o‘quvchi talabalar ishga qabul qilinmaydi.

Qiladigan ishi, mas’uliyatidan kelib chiqib, kelishilgan holda maosh belgilaymiz.

Talabgorlar o‘zlari haqidagi ma’lumotni telegram orqali @IMAN_jbot ga yuborishlari mumkin.

Saralab olinganlar suhbatga taklif qilinadi, chunki ish o‘rinlari cheklangan.

5 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum, qadrli sheriklar?

Bugundan boshlab 14-sentabr soat 18:00 gacha ilovada odatdagi har oylik texnik ishlar olib boriladi. Shu sababli, sarmoya kiritish va chiqarish funksiyasi vaqtinchalik ishlamasligi haqida ma'lum qilamiz. Shuningdek, ayrim ma'lumotlarning ko'rinmay qolishi yoki noto'g'ri ko'rsatilishi bilan bog'liq holatlar kuzatilishi mumkin. Bundan havotir olmasligingizni so'raymiz va vaziyatni to'g'ri tushunishingizga umid qilamiz?

Texnik jarayonlar tugagandan keyin ilova odatdagi tartibda ishlashda davom etadi. Yuqoridagi muddat tugagandan keyin ham ilovangizda qandaydir nosozlik kuzatilsa, @imaninvest_bot telegram boti orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin. Mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'limi xodimlari ish vaqti davomida sizga yordam berishga tayyor??‍?

IZOHLAR

5 months, 4 weeks ago

Assalomu alaykum

Qadrli sheriklar va kuzatuvchilarimiz!

☝️Agar maqsadlaringiz uchun IMAN bilan pul jamg'arish niyatida bo'lsangiz, bu ishni avgust oyi yakunlanmasdan boshlashni tavsiya qilamiz.

Aks holda, kiritgan mablag'ingiz keyingi oyning hisobiga o'tishi mumkin. Shu sababdan, 28 va 29 avgust kunlari qo'shimcha sarmoyani bank mobil ilovalari yordamida kiritishingiz mumkin. (Mavrid ilovasida komissiyasiz) IMAN Invest ilovasidan oyning oxirgi kunida ham kiritsangiz bo'ladi.

? Keyingi oyga o'tmasdan investitsiya kiritishga ulgursangiz, yangi oydan sizga foyda hisoblanishni boshlaydi. Ya’ni siz 1-sentabrgacha investitsiya kiritishga ulgursangiz, sizga sentabr oyi uchun foyda hisoblanadi.

Afsuski, keyingi oyga o'tsa, unda 1-oktabrdan foyda hisoblanishni boshlaydi. Sababi sizning investitsiyangiz savdoga yo’naltirilishi kerak.

Eslatib o’tamiz, IMANda investitsiya qilish uchun minimal summa - 500 ming so’m.

⚡️Shu bois tezroq maqsadingizni aniqlab, IMAN INVEST ilovasini yuklab oling? yoki ofisimizga kelib investitsiya kiritishga ulgurib qoling va sentabrdan daromad olishni boshlang!

IMAN kompaniyasining rasmiy operatorlari bilan bog’lanish uchun: ???

+998781130030

IZOHLAR

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her