ZANGIOTA ТAROVATI

Description
Zangiota tumani Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi axborot kanali
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

hace 5 meses
[#Zangiota\_tumani](?q=%23Zangiota_tumani)

#Zangiota_tumani
#Xalqaro_qishloq_ayollari_kuni

MILLATNING ONALARI

Qishloqdan yuragim bezillab qolgan,
Yo‘q, bu hazar emas, mahzun xotira,
Qishloq yuragimga chandiqlar solgan,
Ayrim iztiroblar ketmaydi sira.

Ayniqsa, ayollar... Oq paxta uchun
Qora ko‘mir bo‘lgan sonsiz taqdirlar,
Qishloqda ko‘rmadim bir bag‘ri butun,
Tuproqqa teng edi orzu, qadrlar.

Chimildiqni tashlab, dalaga chopgan,
Munis opalarim, bugun qaydasiz?
Kallani saharlab turib, non yopgan,
Mushfiq singillarim, qaysi joydasiz?

Jufti haloliga, farzandlariga,
Umrini beminnat bag‘ishlagan zot,
Sabr singib ketgan band-bandlariga,
Bugun bir lahzaga sizni etdim yod.

Qishloq ayollari - sabrga timsol,
Iroda, bardoshga qo‘yilgan haykal,
Upa-eliksiz ham bari guljamol,
Pardoz-andozsiz ham barchasi go‘zal.

Mening jon tomirim sizlarga tutash,
Bu dunyoning shonsiz qahramonlari,
Olamda ko‘rmadim sizlarga o‘xshash
Millatimning kamtar onajonlari!
A. Hamro

Kanalga ulanish?
https://t.me/zangiotamanaviyatbolimi

hace 5 meses
hace 5 meses
hace 5 meses, 1 semana
hace 5 meses, 1 semana
[**#Zangiota\_tumani**](?q=%23Zangiota_tumani)[**#ona\_yurt\_fidoyilari**](?q=%23ona_yurt_fidoyilari)

#Zangiota_tumani#ona_yurt_fidoyilari
FITRAT. QATL OLDIDAGI SUKUT

Uchib-uchib borar o‘q
Ko‘kni quchib borar o‘q,
O‘qdondan yuraklarga
Ko‘chib-ko‘chib borar o‘q.

Bu –azaliy yo‘ldir, o‘q
Kel, ko‘ksimni to‘ldir, o‘q.
Kasbing jon olish asli,
O‘ldiraqol, o‘ldir, o‘q.

Bu ne badbaxt umr, o‘q
Yuzim qaro ko‘mir, o‘q,
Men –bir parcha et va qon
Sen –bir parcha temir, o‘q.

Chappa ketdi dunyo, o‘q
Ko‘rib turar ollo, o‘q,
Erksizlikdan ming bora
O‘lim erur avlo, o‘q.

Sen meni taniysan, o‘q
Karam qil, g‘aniysan, o‘q,
Jonim bo‘g‘zimga keldi
Kelaqol, qanisan, o‘q?!

Dunyo holi xarob, o‘q
Umr – ulkan azob, o‘q,
Ozodlik deb bilganim
Sarob ekan, sarob, o‘q.

Abdunabi Hamro.

Kanalga ulanish?

https://t.me/zangiotamanaviyatbolimi

hace 5 meses, 1 semana
hace 5 meses, 2 semanas
hace 5 meses, 2 semanas
hace 5 meses, 2 semanas
hace 5 meses, 4 semanas
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago