Fozil Mamadaliev

Description
Backend Developer
Central Asian University
SAT 1470

My reflections only…

@fozil_notes | @fmcoder | www.foziljon.uz
Advertising
We recommend to visit

Community chat: https://t.me/hamster_kombat_chat_2

Twitter: x.com/hamster_kombat

YouTube: https://www.youtube.com/@HamsterKombat_Official

Bot: https://t.me/hamster_kombat_bot
Game: https://t.me/hamster_kombat_bot/

Last updated 3 months, 1 week ago

Your easy, fun crypto trading app for buying and trading any crypto on the market

Last updated 3 months ago

Turn your endless taps into a financial tool.
Join @tapswap_bot


Collaboration - @taping_Guru

Last updated 3 days, 5 hours ago

2 months ago

Chingizxon boshchiligida mo’g’ullarning bir paytda ham aqlli, ham jirkanch ishlari, Qipchoqlarning nomardligi va xionati, Musulmonlar orasida fitna sabab Buxoro va Xorazm saltanatining qulashi, jasur va dinga sodiq ikki qalin do’st Jaloliddin va Temur Malikning din xizmati yo’lida shahid bo’lishi - bu tarixga qiziqmasdim. Shu ikki kitob qiziqtirib qo’ydi: Yonayotgan Buxoro va Alvido Buxoro. Hammaga tavsiya qilaman.

2 months, 1 week ago
Fozil Mamadaliev
4 months ago

Rizqimiz yozilgan

Ko’pchilik IT sohasida o’qiyotganimni eshitib, “Kimdan so’rasang IT’shnik bo’laman deyaverarkanda. Hamma IT’shnik bo’laversa, ularga shuncha ish qayerdan keladi axir?!” deyishadi.

Birinchidan, IT ga bo’lgan talab hech qachon yo’qolib ketmaydi. IT sohasiga talab ko’payyapgani uchun shu sohaga bo’lgan qiziqish ham oshyapti. Talabga yarasha taklif. Xohlagan sohangizni qarang, IT sohasiga talab bor. Avtomatlashtirishga ehtiyoj bor.

Ikkinchidan, hamma “IT’shnik bo’laman” degani bilan, hamma ham zo’r IT’shnik bo’lib yetishib chiqolmaydi. Misol uchun Najot Talimda bitta guruhda 20 ta odam o’qishni boshlasa, kurs oxirida o’rtacha 6-7 kishi bitiradi xolos. Xullas, “I want to be” bilan “I am” ni katta farqi bor.

Eng asosiysi, biz o’zimiz qiziqqan sohani eng zo’r mutaxassisi bo’lishimiz kerak. Rizqimiz esa allaqachon yozilgan.

@foziljon_blog

5 months, 1 week ago

Miyashunos kim?

Ingliz tilini 10 yil davomida o‘rgangan inson sifatida, o'z oldimga savol qo‘ydim: Nega yer sharidagi 273 million insonning birinchi tili bo‘lgan tilni 10 yil sarflab o‘rganishimiz kerak. Til bu shunchaki vosita bo‘lsa, uni tezroq va sifatliroq o‘zlashtirib, boshqa ilmlarni o‘rganishning imkoni yo‘qmi?

Shu va shunga o‘xshash savollarimning barchasiga Erta Yoshdagi Ta’lim (Early Childhood Education) sohasi javob berdi. Opam bilan birgalikda izlanib, o‘rganganlarimizni jiyanlarimda tatbiq qildik. Hozirgi kunda, 5 yoshli jiyanim ingliz, rus va o‘zbek tillarida erkin suhbatlashadi, va shu tillar bilan birgalikda arab tilida ham o‘qiy oladi.

Chaqaloqlar miyasi qanchalar kuchli ekanligini tushunganimdan so‘ng, atrofga e’tibor qarata boshladim, va juda ko‘p yosh bolalar kunlarining asosiy qismini nafaqat behuda, balki juda zararli bo‘lgan ishlar bilan o‘tkazishayotganining guvohi bo‘ldim. 1 daqiqalik videolar va grafikaga boy bo‘lgan o‘yinlar bolalar miyasiga qanday jiddiy ta’sir ko‘rsatishidan xabar topdim. Buning barchasiga asosiy sabab esa shunchaki ota-onalarning bu sohadan bexabar ekanliklari degan xulosaga keldim.

Bolalarning miyasi va inson umrining eng erta yillaridan qanday qilib maksimum unumli foydalanish mumkin ekanligini o‘rganish maqsadida Cognitive Science sohasida tadqiqotchi bo‘lishni, va o‘rganganlarimni O‘zbek jamiyatiga taqdim qilib borishni niyat qildim.

Keling endi Miyashunos kim degan savolga javob beraman:

Ismim Jamshidbek Izzatulloh. Cambridge International College (CIC) bitiruvchisiman. Sobiq dasturchiman. Hozirda matematika va ingliz tili ustozi sifatida faoliyat yuritaman. IELTS dan 8.0 va SAT dan 1510 ballarini qo‘lga kiritganman. Notiqlik san’atiga qiziqaman va 2 yil davomida CICda TEDx loyihasini tashkillashtirganman.

Roppa rosa ikki hafta avval ingliz tilida yuritiladigan shaxsiy blogimni siz hozir o'qiyotgan ko‘rinishga keltirdim. Maqsadim - rivojlanayotgan yoshlarda bu sohaga bo'lgan qiziqishni oshirish va O'zbek jamiyatiga miya ilmi sohasida ilmiy-ommabop kontent ulashish.

Qo'llab-quvvatlash istagida bo'lsangiz kanalni boshqalarga tavsiya qiling. Rahmat.

Miya mo'jizalariga chuqurroq sho'ng'ish uchun bizni kuzatib boring!

@Miyashunos_Jamshidbek

8 months, 1 week ago

Agar siz Chustdan bo’lsangiz va Toshkentga kelib dasturlash, IELTS yoki SAT o’qimoqchi bo’lsangiz, Najot Ta’limni bitirgan yaqin do’stim Chustning o’zida o’quv markaz ochdi.

Endi Toshkentga kelishingiz shart emas! Zamonaviy tizimda ishlaydigan Cody Academy sizga yetarli darajada ta’lim bera oladi.

Bugun registratsiya ochilgan. Ulgurib qoling. @cody_academy

8 months, 2 weeks ago

Og’riq his qilinishi shart

Muvaffaqiyat kaliti mehnatligini bilamiz. Lekin aynan qanday ko’rinishdagi va qanday darajadagi mehnat?

Muvaffaqiyat bir narsani talab qiladi: og’riq. Nafsning og’rishi.

Bir ishni qilgingiz kelmaydi, ammo qilaverasiz.

Nega ko’p muvaffaqiyatli insonlar zalga chiqishni, shug’ullanishni tavsiya qilishadi? Chunki shug’ullanish ham shu og’riqga bir misol.

Zalga chiqsangiz, siz biror bir narsaga erishish siz o’ylaganchalik oson emasligini tushunasiz.

Maqsadga erishish uchun sizdan intizom, mehnat, og’riq talab qilinishini tushunasiz.

Og’riq, sabr, matonat va intizom.

Natijami? Shu kelishuvni qabul qilishga majbursiz: Harakat sizdan, natija esa Undan.

@foziljon_blog

We recommend to visit

Community chat: https://t.me/hamster_kombat_chat_2

Twitter: x.com/hamster_kombat

YouTube: https://www.youtube.com/@HamsterKombat_Official

Bot: https://t.me/hamster_kombat_bot
Game: https://t.me/hamster_kombat_bot/

Last updated 3 months, 1 week ago

Your easy, fun crypto trading app for buying and trading any crypto on the market

Last updated 3 months ago

Turn your endless taps into a financial tool.
Join @tapswap_bot


Collaboration - @taping_Guru

Last updated 3 days, 5 hours ago