Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Haqiqat nima?
Biz haqiqat deb bilganlarimizga umr va pul tikamiz. Shuning uchun nima haqiqat yoki yolgʻonligi ajrata olish muhim.
Nimadir haqiqat boʻlishiga koʻpchilikning shu narsa haqiqat deb oʻylashlari yetarli-mi?
Yoki koʻpchlikning oʻylashlari nimaningdir haqiqat yoki yolgʻonligiga ta'sir qilmaydi-mi?
Aslida javob ikkalasi ham boʻlishi mumkin. Shunga koʻra haqiqatlar ikkiga boʻlinadi: ijtimoiy va texnik.
Ijtimoiy haqiqatlarda koʻpchilikning haqiqat deb oʻylashlari yetarli boʻladi.
Masalan, yangi prezidentlik saylovida davlatning 80% aholisi bir nomzodni boʻlajak prezident desa, u rostan prezident boʻladi, va bu haqiqat. Ya'ni koʻpchilikning fikri haqiqatni belgilab beryapti. Koʻpchlikning fikrni oʻzgartish orqali bu haqiqat turini ham oʻzgartish mumkin.
Texnik haqiqatda koʻpchlikning nima deb oʻylashlari ummuman muhimmas. Haqiqat haqiqatligicha, yolgʻon yolgʻonligicha qolaveradi.
Masalan, mikroskop ostidagi virusning diametri. Suv vodorod va kislorod atomidan tashkil topganligi.
Dunyoning 8 mlrd aholisi "suvda vodorod yoʻq" degani bilan suvning molekular tuzilishi oʻzgarib qolmaydi. Bunda odamlarning fikrni oʻzgartirish orqali haqiqatni oʻzgartirib boʻlmaydi.
Bu yerda eng xavflisi - ijtimoiy va texnik haqiqatni bir-biridan ajrata olmay qolish. Eng koʻp uchraydigan xato - ijtimoiy haqiqatni texnik haqiqat hisoblash.
Masalan, bir kishining "koʻpchilik aytgan, isiriqni osib qoʻyish uyni balo-qazodan saqlaydi" degan yolgʻonga ishonishi - oʻsha odamning uyida yongʻin boʻlganda isiriq qoʻshilishib yonishiga sababchi boʻladi. Yokida aktual misol: "ha otam, nma oʻlyapti? " deganiga ishonish - kasalikning doktorga kech borilgani uchun kuchayishi bilan tugaydi.
Har doim oʻzingizga savol bering: "Bu rostan ham haqiqatmi yoki koʻpchlik shunday deb aytgani uchun haqiqat deb oʻylayapmanmi?"
IF YOU CAN’T DECIDE, THE ANSWER IS NO.
If I’m faced with a difficult choice, such as:
→ Should I marry this person?
→ Should I take this job?
→ Should I buy this house?
→ Should I go into business with this person?
Because all of these choices are extremely important, if you are confused which one is choose, the answer is definitely NO
AGAR SIZ KATTA QARORLARNI QABUL QILISHDA IKKALANAYOTGAN BOʻLSANGIZ, DEMAK JAVOB YOʻQ
Misol uchun:
→ Bu odamga uylansami(turmushga chiqsam)ikkan yoki yoʻq?
→ Shu ishga kirsamikkan yoki yoʻq?
→ Bu uyni sotib olisamikkan.yoki yoʻq?
→ Bu odam bilan biznes qilsammi yoki yoʻq?
Chunki bu qarorlar eng muhim ta'sirga ega qarorlardir, agar siz 100% oʻylanmasdan HA deb javob beraolmasangiz demak javob YOʻQ
©Naval
Bugun stoiklardan oʻqigan yoqtirgan iqtiboslarimni yozaman. "Yetishmovchiligi bor odam kambag'al emas, ko'proq xohlayotgan asli kambag'aldir" "O'rgatganing sari ko'proq o'rganaverasan" "Bizni haqiqiy hayot emas, balki hayollarimiz qo'rqitadi" "Biz nima…
Bugun stoiklardan oʻqigan yoqtirgan iqtiboslarimni yozaman.
"Yetishmovchiligi bor odam kambag'al emas, ko'proq xohlayotgan asli kambag'aldir"
"O'rgatganing sari ko'proq o'rganaverasan"
"Bizni haqiqiy hayot emas, balki hayollarimiz qo'rqitadi"
"Biz nima bo'lishini hal qila olmaymiz, lekin unga munosabatimizni hal qila olamiz"
"Aslida umr qisqa emas, shunchaki biz uni ko'p isrof qilamiz"
"Taqdiringni sev (amor fati)"
"Insonlar bo'lgan istalgan joyda hali yaxshilik qilishga imkoniyating bor"
"Gapirganingdan ko'ra ko'proq eshit. Shuning uchun ham ikkita quloq, bitta og'zing bor"
"Unutma: sen har kuni o'lib boryapsan"
Sizga qayi biri yoqdi, yoki qay birini tushunmadingiz?
Biz bir-birlarimizga oynamiz
Oʻzimizda borini boshqalarda ham koʻramiz.
Kimdadir bir yaxshi xislat yoki qobilyatni koʻrsak, katta ehtimol bilan u bizda ham bor.
Intizomli kishi, boshqalardagi intizomni koʻra oladi.
Samimiy kishi boshqalarda ham samimiyat topa oladi.
Ishtiyoqli kishi boshqalardagi ishtiyoqni seza oladi.
Buyuk kishilar boshqalarda ham buyuklikni koʻrgandi. (Rasulimiz, Shayximiz yorqin misol).
Kimdadir bir yomon xislat yoki xatoni koʻrsak, katta ehtimol bilan u bizda ham bor.
Yolgʻonchilar bir birlarini boshqalardan tezroq bilishadi.
Noluvchilar bir birlari bilan tez topib olishadi.
Negativ kishi faqat boshqalardagi kamchilikni koʻradi.
Gʻiybatchilar hamma joyda topishib ketishadi.
Qandayligingizni bilmoqchimisiz? Siz boshqalarda nimani koʻryapsiz?
Ingliz tili o'quv markazlarida eng ko'pi guruhlar beginner darajasida.
Youtube'da videodars playslist'larining eng ko'p ko'rilganlari boshidagilari bo'ladi. Playlist tugayvergach, ko'ruvlar soni ham kamayib ketaveradi.
Kitoblarning boshidagi 10 varag'i eng ko'p o'qiladi.
Kursdoshlarim bilan self-study guruh tashkil qilgandik. Boshida 11 edik, oxirida 2 kishi qoldik.
Boshlash jarayonning eng oson qismi. Yengni shimarib, yangi daftar, rangli ruchkalarlarni olib boshlashdan mazzasi bo'lmasa kerak.
Jarayondagi tezlik ham eng muhimimas ekan. Yakunlasa "katta gap" ekan.
"Kechagina boshqacha deyotganding-ku" deydi. O'z fikrini umrbod o'zgartirmaydiganlar aytasa kerak bu gapni.
Rivojlanayotgan, o'rganayotgan har bir kishi o'zgaradi. Qarashlari, go'yalari va odatlari o'zgaradi.
"Kechagina ko'chada ichib yurardi, bugun "mulla" bo'lib qoliptimi?" Ha, chunki ichish yomonligini bugun tushunib yetti.
"Kecha shu gapni noto'g'ri degandi, bugun teskarisini aytayaptimi?" Ha, chunki shu payti to'g'ri deb o'ylardi, noto'g'riligini bugun tushinib yetti. Tan oldi.
"Dushanbagi gapi seshanbaga to'g'ri kelymayapti" Ha, chunki u dushanbadagi odammas. U o'rgandi, o'zgardi.
O'rganishning yagona belgisi o'zgarish.
O'zgarishning ustidan kulayotganlar, o'rganishning ham ustidan kulyapti.
Kitoblar, kitoblar, kitoblar...
Qahvani rasmga olib, iqtibos yozishlar rosa urf boʻlgandi.
Hozir shunday urflar kitob bilan boʻlyapti. "Kitobmaniya" boshlandi, shekil. Oʻqish status uchun boʻlib qoldi.
Urfdagi kitoblarning koʻpchiligi bir tiyinga qimmat. Essiz qogʻoz, undan daraxt joyida turgani ma'qul edi.
Toʻgʻri, u kitoblardan ham xulosa olsa boʻladi: Oʻsha kitobni yoki muallifni qayta oʻqimaslik kerakligi haqida.
Yaxshi kitobni ajratishdagi eng muhim belgilarni aytaman:
Muallif yozgan mavzusida mutaxassis boʻlishi.
Muallifning asosiy ishi kitob yozish boʻlmasligi. Tirikchiligi kitob sotuvidan boʻlmasin. (Badiiy kitoblar istisno)
Muallif qancha kam kitob yozgan boʻlsa, shuncha yaxshi. Oʻzingiz bir varaq nimadir yozib koʻring, qanchalik qiyinligini bilasiz. Har oy yangi kitob chiqarayotgan yozuvchilarga qanday ishonsa boʻladi?!
Kitobda tadqiqotlar berilgan boʻlsa, orqasida asliga havolalar boʻlishi.
Kitob qancha oldin yozilgan boʻlsa, shuncha yaxshi.
Kitoblar soni cheksiz. Umr esa qisqa. Tanlab oʻqishga majburmiz.
Kimdir kitob rasmini storis qoʻyib, xulosalarini yozmagan boʻlsa. Katta ehtimol shunchaki status uchundir. Undaylarga chalgʻimang.
Koʻpchilik dam olishda. Kino koʻrishga vaqt va xohish bor. Oʻzim uchun eng zoʻrini tavsiya qilmoqchiman.
"Shawshank redemption (Shoushenkdan qochish)". Asar shunchaki afsonaviy. Chiqqandan beri IMDb boʻyicha birinchilikni bermay kelyapti.
Darslar va xulosalar boʻyicha koʻpchilik kitoblardan foydali. Kinoni nima haqidaligini ham ayta olmayman. Chunki koʻplab gʻoyalar markaziy qilib, mohirlik bilan yoritilgan. Umid, ozodlik, nafs, ta'lim, sevgi, harakat, siyosat kabi mavzularning eng nozik tomonlari ochib berilgan. Shu paytgacha 3 marta koʻrgan boʻlsam, 3 safar boshqa kinoni koʻrgandek boʻlganman.
Kinoda qiziq sujet, chiroyli grafika, hissiyotlarni oʻynuvchi sahnalar yoʻq. Sabrsiz odam koʻra olmaydi. 3 soatda koʻrib tugatsa boʻladi. Lekin magʻzini chaqish uchun 30 kun yetmasa kerak.
Kinoni diqqat bilan tomosha qiling. Har bir sahnasida ma'no yashiringan. Dialoglar, qahramonlar va voqealarni tahlil qilsangiz, anchagina bilim olsa boʻladi.
Alohida postda oʻzim olgan xulosalar haqida yozaman.
Ps. Oldindan aytib qoʻyay. Agar kinoni koʻrib, "qamoqxonadan qochish haqida ekan" desangiz, hech narsani tushunmapsiz...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago