Zufar Xurramov

Description
Menejer, iqtisodchi Zufar Xurramovning shaxsiy telegram kanali.

Bu yerda muallif jamiyat va undagi masalalarga doir o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib boradi.

Murojaatlar uchun:
@zufar_xurramovbot
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months, 1 week ago

? YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2024 tanlovi reytingi (ketma-ketlik ovozlar soniga qarab keltirilgan) 1. Osiyo Xalqaro Universiteti - 20302 2. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti - 15783 3. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti - 12780 4. University…

2 months, 1 week ago

*? YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2024 tanlovi reytingi (ketma-ketlik ovozlar soniga qarab keltirilgan)*

  1. Osiyo Xalqaro Universiteti - 20302
  2. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti - 15783
  3. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti - 12780
  4. University of business and science - 12693
  5. TMC institute - 4532
  6. Alfraganus Universiteti - 2976
  7. Ma'mun nomidagi jahon tillari universiteti - 2847
  8. Nukus innovatsion instituti - 1384
  9. Qo'qon universiteti - 1300
  10. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti - 1297

Oliygohlarning to'liq ro'yxat bilan tanishish: ? nodavlat-talim.uz

❗️Eslatib o‘tamiz, ovoz berish 5-avgust 21:00 da yakunlanadi. Siz ham o'zi nomzodingizni qo'llab-quvvatlang: ? @OTMreyting_bot

2 months, 1 week ago

#xulosa
#tavsiya

Tajribam davomida men ko'p kuzatgan holat bu - ishdan ketish bo'yicha rahbar bilan gaplashish.

Hamkasblar, xodimlar ishdan ketish haqida gapirishganini ko'p kuzatganman.

"Boshliq bilan gaplashaman, maoshim oshmasa ishdan ketaman." - deyishadi.

Avvalo muammoni o'zini tushunib olish kerak, sizdagi muammolar maoshingizga qanchalik bog'liq?

Maoshingiz oshishi muammolaringizni qanchalik hal qiladi deb o'ylaysiz? Jamoangiz, hamkasblaringiz bilan birga ishlashni riskka qo'yishga arziydimi?

Ikkinchidan, siz rahbaringiz bilan shartlasha oladigan darajadamisiz?
Siz ishxonada o'zingizni ko'rsating, jamoada o'z o'rningiz, sizni boshqasi bilan almashtirish qiyin bo'lsin.

Uchinchidan, sizni boshqa jamoalar taniydimi? Siz ishdan ketsangiz boshqa jamoalar quchoq ochib kutib oladigan darajada portfilio yiqqanmisiz?

Ko'p xodimlar o'z ishxonasida biror nimani uddalamay turib o'zlarini narxlashadi, boshqa biror jamoa "shu kadrni olsam edi" - deydigan darajaga chiqmay turib, o'zlariga katta baho berib yuborishadi.

Rahbar adolat qilishga majbur, adolat bu munosib maosh bera olish hamdir, agar sizga qiymatingizdan oshiq maosh bersa ishxona va boshqa xodimlarga nisbatan adolatsizlik qilgan bo'ladi.

Siz rahbar bilan shartlashgani kirasiz va rahbar sizga eshikni ko'rsatib yuboradi.

Eshikni qattiq yopmang, ishdan bo'shash tabiiy, hech kim bir yerda bir umr ishlamaydi, lekin rozi qilib va rozi bo'lib ketish kerak.

Siz bir joyga ish so'rab bordingiz, sizni o'z oilasiga qabul qildi, shu orqali daromad qildingiz. Ishxona ham og'ir vaqtga duch kelganda turli kamchiliklarni ro'kach qilib tashlab ketmang!

Kema cho'kishni boshlasa, o'zini suvga otish yechim emas!

Turib berish ham bir ko'nikma, rahbaringiz o'zgarib, qattiqqo'l bo'lib qolsa ham, ishlar o'xshamayotgan, maoshingiz kechikayotgan bo'lsa ham boshlagan ishingizni yakunlang!

Siz faqat rahbar yoki ishxona uchun ishlamayapsiz, siz mas'uliyatini olgan ishlar bor, uni bajarish burchingiz!

Ishxonalardagi tajribalar bizga ish o'rganish yoki daromaddan tashqari bizning shaxsiyatimizni shakllanishiga yordam beradi.

Qilingan ishlar, pul ortimizda qoladi, muhimi kim edik va kimga aylanib boryapmiz.

@zufarxurramov

2 months, 1 week ago

#tavsiya

⚡️Ishga kirishda kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

  1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

  2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

  3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

  4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

  5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

@zufarxurramov

2 months, 1 week ago

? YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2024 tanlovi reytingi (ketma-ketlik ovozlar soniga qarab keltirilgan) 1. Osiyo Xalqaro Universiteti - 16936 2. University of business and science - 11288 3. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti - 11199 4. Buxoro…

2 months, 1 week ago

*? YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2024 tanlovi reytingi (ketma-ketlik ovozlar soniga qarab keltirilgan)*

  1. Osiyo Xalqaro Universiteti - 16936
  2. University of business and science - 11288
  3. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti - 11199
  4. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti - 10223
  5. TMC institute - 4507
  6. Alfraganus Universiteti - 2942
  7. Ma'mun nomidagi jahon tillari universiteti - 2476
  8. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti - 1266
  9. Impuls tibbiyot instituti - 1250
  10. Qo'qon universiteti - 1230

Oliygohlarning to'liq ro'yxat bilan tanishish: ? nodavlat-talim.uz

❗️Eslatib o‘tamiz, ovoz berish 5-avgust 21:00 da yakunlanadi. Siz ham o'zi nomzodingizni qo'llab-quvvatlang: ? @OTMreyting_bot

2 months, 1 week ago

Dam olish kuningiz uchun tuhfa!

O‘zbekistonda mana shunga o’xshash mavzularda kino olinishini orzu qilardim.

Yoqimli tomosha! ?

@zufarxurramov

2 months, 1 week ago

Xususiy oliygoh diplomi bilan ishlasa bo'ladimi?

Odatda xususiy oliygoh deganda ko'pchilikda diplomi o'tadimi yoki ishga kirishda "davlat oliygohlari bilan bir xilmi?" degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Diplomi o'tishi aniq, Ta'lim to'g'risidagi qonunda bu haqida aniq-tiniq yozib qo'yilgan.

☝️Lekin o'qishga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar yoki ularning ota-onalari bir narsani tushunib olishlari kerak. Ishga kirishda nafaqat xususiy balki davlat oliygohlarining diplomi ham ahamiyatini yo'qotib boryapti. Sababi avvalari diplom birinchi o'rinda turgan bo'lsa, bugun ana shu diplomli kadrning bilim ko'nikmasi, shijoatliligiga ko'proq ahamiyat berilyapti.

?Oliy ma'lumotlilar soni ortib borayotgan bir vaqtda har qanday tashkilotlar yaxshi kadr istashmoqda. Diplomlilar endi ko'p, lekin yaxshi, har qanday muhitga moslashib keta oladigan, sohada mehnat qilib izlanishlar olib boradigan, o'zidan tashabbus va yangiliklar bilan boshqalardan yaqqol ajralib turadigan kadrlar endi ko'proq qadrlanyapti. Bu nafaqat xususiy balki davlat tashkilotlarida ham talab qilina boshlandi.

Hurmatli talabalar! Siz o'qish davomida izlaning, atrofingizdagilardan yaxshiroq bo'lishga, ulardan har tomonlama ustunroq va bilimroq bo'lishga, yangiliklar va tashabbuslarga intiq bo'lishga harakat qiling. Qolgan masalalar ishga kirishda ikkinchi o'rinda.

Ishoning bunday kadrlar hech qachon ishsiz qolmaydi. Ular ish qidirmaydi, aksincha talabgor bo'ladi. Siz ana shunday kadrlar toifasidan bo'ling. Qaysi yo'nalishni tanlashingizdan qat'iy nazar sohangizning eng zo'ri bo'ling!
@zufarxurramov

2 months, 1 week ago
Zufar Xurramov
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago