Javohir Izzatulloh | blog

Description
Oʻtmishi nursiz, ertasi mavhum. Zohiri gʻamsiz, botini mahzun. Pushmonlari cheksiz, umidlari ham uzundan-uzun...

Murojaat uchun: @javohirga_murojaat_bot (xayriya bo'yicha murojaatlar qabul qilinmaydi)
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

2 days, 9 hours ago

Farzandingiz necha yoshda bo‘lishidan qat'i nazar, u bilan katta odamlardek muomala qiling.

Bolaga qanot beradigan so‘zlarni ko‘p ayting. Bolangizni seving. Sevilgan, muhabbatga to‘yib o‘sgan bolada o‘ziga ishonch bo‘ladi.

Bolangizga sifatli poyabzal olib berolmasangiz ham, albatta kitob olib bering.

Bolaning shaxsiy xonasi bo‘lmasa ham, shaxsiy kutubxonasi bo‘lsin.

Farzandingiz haqqiga ko‘p-ko‘p duo qiling. Farzandingizni hech qarg‘amang.

Bugungi befarqligingiz ertaga qimmatga tushmasidan oldin harakat qiling.

©️ Jamoliddin Muhammadjon

2 days, 11 hours ago

Biznesda eng muhim qarorlar nimani qilish bilan emas, balki buni kim qilishi bilan bog'liq.

© Jim Kollinz ("Yaxshidan buyukka" muallifi)

Va nafaqat biznesda...

📌 @javharuz 📌

2 days, 17 hours ago

Kecha xorijdan kelib O'zbekistonda bir muddat yashagan va mahalliy biznesmenlar bilan ishlab ko'rgan vatandosh akamiz aytyaptilar: biz ommaga olib chiqishimiz va muhokama qilishimiz kerak bo'lgan mavzulardan biri — bu pul masalasi ekan.

Boshida tushunmadim, keyin bilsam, masala mehnat uchun o'z vaqtida haq to'lash haqida ekan. Akaniyam yaxshigina tushirishganmi deyman, achinib, og'rinib gapirishlarini biroz kuzatib o'zim ham ezildim.

"Va'dago vafo — bu tarbiya va axloq masalasi, bu bizning katta og'rig'imiz", deyish bilan kifoyalandim. Chunki rostan ham atrofimizda aldanganlar, mehnat qilib o'z peshona terisi uchun haqqini ololmay yurganlar kammi?

Qachon shu tubanlikka tushdik, hayronman...

📌 @javharuz 📌

2 months, 3 weeks ago

#bildirgi

Najot Ta'lim — bu ilg'or texnologiyalar!
Najot Ta'lim — bu ijtimoiy mas'uliyat!
Najot Ta'lim — bu qadriyatlarga asoslangan ta'lim!

Najot Ta'lim — vatanga sadoqat va jamiyatga muhabbat ramzi!

Qisqacha aytganda, Najot Ta'lim — men uchun buyuk dargoh! Zero bu yerda niyatlar xolis, maqsadlar aniq, ishtiyoq esa beqiyos!

Najot Ta'lim — xorijdan O'zbekistonga qaytishimda ko'prik vazifasini o'tab bergan, o'zim tasavvur qilgan ta'lim tizimini yo'lga qo'yishimga imkoniyat yaratgan va hayot yo'limda juda ham salmoqli tajriba bergan kompaniya sifatida men uchun juda qadrli bo'lib qoladi.

Najot Ta'lim jamoasidan va uning asoschisi Temurbek Adhamovdan behad minnatdorman. Bu maskanda men faqat yaxshilik ko'rdim, kompaniya ham mendan foyda olgandir deb umid qilaman.

Va nihoyat 966 kunlik (2.5+ yillik) mehnat faoliyatimdan so'ng Najot Ta'lim jamoasidan chiqyapman. Nega? Chunki bu kompaniyaga men o'zimda borini berib bo'ldim. Endi Najot Ta'lim ham, men ham rivojlanishda davom etishimiz kerak!

Bir daqiqa bo'lsa-da to'xtamaydigan, doimiy o'sishni maqsad qilgan bu jamoaning ishlariga men cheksiz muvaffaqiyatlar tilayman.

O'zim esa uzoqqa ketayotganim yo'q. Tez kunlarda yangi g'oyalar bilan yangi loyihalarda ko'rishguncha! )

? @javharuz ?

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum.

Bugun sizlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma’rifat ulashish yo‘lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo‘lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik.

Ushbu havola orqali o‘tib kanallarga obuna bo‘ling va manfaatlaning:
https://t.me/addlist/UmRxZYxqo6VmYzU9

5 months, 3 weeks ago

Bo'shamasa tili g'iybatdan, bo'shamaydi dil uqubatdan.

© Farididdin Attor ("Ijtimoiy odoblar", Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.)

5 months, 4 weeks ago

Hech bo'lmasa, shu to'rt g'ildirakning ustida, temirning ichida soatiga yuz kilometr tezlikda ketayotib, mana shu omonat jonimiz faqat va faqat Robbimizning qo'lida ekanligini tafakkur qilmaymizmi axir...

2017/08/12

5 months, 4 weeks ago

Sabrsizlik odamning o'ziga zarar keltiradi. Odam sabrsizlik ortidan erishaman deb turgan xayrli natijasidan ham musovo bo'lishi hech gap emas.

Birovga murojaat qildingizmi sabr bilan javobni kuting, biror sa'y-harakat ustidamisiz, sabr bilan natijani kuting. Hammayoqni ostin-ustun qilib yuborgan bo'lsangiz ham, o'zgarishlar uchun vaqt kerak bo'ladi.

Har qanday holatda ham sabr va mulohaza bilan ish tutishga urining. Shunda yutuqlaringiz ko'payib, mag'lubiyatlaringiz kamayadi.

? @javharuz ?

5 months, 4 weeks ago

O'rganish qachon osonroq bo'ladi?
Yoshligimizga bir nazar solaylik. Ota-onamiz ish buyurayotganda evaziga biror mukofot va'da qilishsa, g'ayratimiz jo'shib ketar, o'z-o'zidan ish sifati ham oshar edi.

Chunki inson miyasi mukofotga tez va ijobiy reaksiya ko'rsatadi. Ilm olishda ham xuddi shunday. Ba'zida intizom pand beradi, motivatsiya yetishmaydi. Lekin ilm oluvchi mukofotlantirilib turilsa, o'rganish jarayoni ham yaxshilanadi, ham tezlashadi.

«Najot Ta'lim» jamoasi ham shu maqsadda geymifikatsiya tizimini yo'lga qo'ydi. O'quvchilar endi ham ilm oladi, ham rag'batlantiriladi.

Ushbu videoni ko'rsangiz, yana ham aniqroq tasavvur hosil qilasiz.

? @javharuz ?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her