?????? ???????

Description
She‘rlarim kimgadir hikmat, kimgadir maktab, kimgadir maslahat, kimgadir shuhrat, kimgadir omad, kimgadir davlat, kimgadir kayfiyat bõlsin ilohim!

UZULOY XAYDAROVA ✍️SHE'RIYAT KANALIGA XUSH KELIBSIZ!!

{SEHRIYO}

UZ. XAY. TOSH
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months, 4 weeks ago

UZULOY XAYDAROVA ✍️*

SINOVINGNI KAMAYTIR HAYOT

Qayga bormay yõlimda tugun,
Zahqum erur gõyo har bugun,
Armonlarga qilma qõy tutqun,
Sinovingni kamaytir hayot.

Kõzlarimda yosh bor tizimcha,
Kurtak yozib ğamlarim ğuncha,
Orzularga ochib ber yõlcha,
Sinovingni kamaytir hayot.

Yoshdan qoldi kõzlarim salqib,
Õylar kõpdir ummonday qalqib,
Peshomamda umid bõl balqib,
Sinovingni kamaytir hayot.*

2 months, 4 weeks ago

UZULOY XAYDAROVA *

DILIMGA UMIDNI EKIB KET HAYOT

Olamlarning robbisi, bizni qõllasin,
Umidning chamani, sõlmay gullasin,
Armonlar qurisin, boği chõllasin,
Dilimga umidni ekib ket hayot.

Odamning kõzlarin, qilma shamğalat,
Barining javobin ayt, qilgin adolat,
Õydaman azobda, nedan dalolat,
Dilimga umidni ekib ket hayot.

Charchadim sabrni, tishimga tishlab,
Yuribman bildirmay, yuragim ushlab,
Yiğlayman ba‘zan oh kõksimni mushtlab,
Dilimga umidni ekib ket hayot.

Tashlama taqdirning, tuban õyniga,
Ğamlarni taqmagin sabrim bõyniga,
Tashlama zulmatliy hilqat qõyniga,
Dilimga umidni ekib ket hayot.*

4 months, 1 week ago

UZULOY XAYDAROVA ✍️*

SAVOL

Men kimman ruhmi? Tirik jon,
Qalbimning tubida ovoz.
Umidlar chalajon jon talash,
Aks sadosida armonli uvvoz.

Voh qalbim tilindi qontalash,
Chõğlandi olovli isyonlar.
Kõksimda kuyukning izlari,
Tutunli gõyoki oq tonglar.

Hasratim quyilar kõzimdan,
Hosila shõr daryo ummonlar.
Men esa haqlikni izlayman,
Bunchalar õzgardi odamlar.

Yotgandek adolat qabr tubida,
Soxtalar bayrami boshlangan.
Nodonlar kõpaydi olamda,
Tõğrining kõzlari yoshlangan.

Yolğondan chalinar chapaklar,
Zahhqumlar suzadi qadaqlar.
Insonning qadi yer tuproqda,
Minnatli qilingan savoblar.

Bilmadim bu holat ne erur,
Javobi chalkash va gumonli.
Yõq bõlsin dunyoda razolat,
Kõpaysin yaxshilik tomonli.*

5 months, 1 week ago

Т А Ш А К К У Р Л А Р И М

ЗАМОНДОШ-1 группасида ўз ижодини мунтазам ёритиб бораётган ижодкорларимиз фарғоналик Акрамжон Азизовга, Ғайрат Мҳуммадга, Самарқандлик Ўзулой Ҳайдаровага, қашқадарёлик Ширина Зиёга, сирдарёлик Ҳимоаят Назаровага, сурхондарёлик Қурбонали Термизийга, қашқадарёлик Фаёзбек Салимовга шунингдек барчага манзур бўлаётган қўшиқларни ташлаб бораётган фарғоналик Тўлқинжон Эргашевга рахмат айтаман. Шу билан бирга группамизнинг ўқимишли ва қизиқарли бўлиши учун турли лавха ва хабарларни ташлаб бораётган барча ЗАМОНДОШларимизга (улар жуда кўпчилик бўлганлиги учун умумий айтаяпман) ўз миннатдорчилигимни билдираман. Барчангизнинг хонадонингиздан қувонч, ризқ, барака ва омад аримасин. Доимо соғ бўлингизлар азизлар.

Зокиржон Оққулов

ЗАМОНДОШ+1 группаси асосчиси, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси аъзоси.

5 months, 4 weeks ago

UZULOY XAYDAROVA ✍️*

SENGA MEHRIM BÕLAK ELNOZAM

Kõzlaringda yosh kõrmay takror,
Qalb boğingda gul ochsin bahor,
Bu dilginag chekmasin hech zor,
Senga mehrim bõlak Elnozam.

Bilmay kõngling oğritib qõydim,
Sõng õzimni kõksimni õydim,
Ba‘zi paytlar hayotdan tõydim,
Senga mehrim bõlak Elnozam.

Qara qancha azobga yorman,
Ğam anduhga beka dildorman,
Baxtim kutib yillarga xorman,
Senga mehrim bõlak Elnozam.

Kõzing baxtdan porlasin kulsin,
Dõst dushmaning havasda yursin,
Omad doim qarshingda tursin,
Senga mehrim bõlak Elnozam.*

6 months, 1 week ago

UZULOY XAYDAROVA *

GAP YETAKLAMA KELIN

Tuzim shõr ekan dema,
Yomon hayolga kema,
Õzingni õzing yema,
Gap yetaklama kelin.

Seni yaxshi kõrmiz,
Õz jigardek bilamiz,
Seni qõllab turamiz,
Gap yetaklama kelin.

Õz uyangni buzma qõy,
Baxting kõrsatsina bõy,
Bolangni erkalab suy,
Gap yetaklama kelin.

Sendan bezadi ering,
Bõlmasin qalin tering,
Oila shundayin ring,
Gap yetaklama kelin.

Eringni podsho bilgin,
Opasin hurmat qilgin,
Õzingni õrning bilgin,
Gap yetaklama kelin.

Pushoymonda xor bõlma,
Bevaqt gulingda sõlma,
Bevaning safin kõrma,
Gap yetaklama kelin.

Kelin degan oting bor,
Dillarga berma ozor,
Õzinga qaytmoği bor,
Gap yetaklama kelin.

Buzsang jigar orasin,
Yoshlab kõzin qorasin,
Ayblab birov bolasin,
Gap yetaklama kelin.

Qayn opa dushmanmas,
Aqilni ishlat bir pas,
Dil oğritish shuxratmas,
Gap yetaklama kelin.

Sendan umidimiz kõp,
Aytaversam gapim tõp,
Kõzga qadamagin chõp,
Gap yetaklama kelin.

Danğillatib tõy qildik,
Shodon õynadik kuldik,
Labbay deb hozir turdik,
Gap yetaklama kelin.

Aytib borma otanga,
Darding aytma onanga,
Õt qõymagin olamga,
Gap yetaklama kelin.

Tilingni qsqaroq qil,
Past ketishni odat bil,
Gaplarim quloqqa il,
Gap yetaklama kelin.

Yo tarbiyang yarimmi,
Er uruği hech kimmi,
Shu ham ormi sharimmi,
Gap yetaklama kelin.

Aytmaganmi bosh eg deb,
Yoqsa sharoit teg deb,
Qaror chiqarma ha deb,
Gap yetaklama kelin.

Qaynotang chioğin yo'q,
Qaynonag ruhin qil shod,
Qabrda demasin dod,
Gap yetaklama kelin.

Eshik yopiq qolmasin,
Hovli fayzsiz bõlmasin,
Seni Xudo qõllasin,
Gap yetaklama kelin.

Hamma gapni ichga yut,
Barcha gap sõzni unut,
Kelajakka kõzgu tut,
Gap yetaklama kelin.

Qishloqda yashagin kel,
Yemaydi seni bu el,
Kel biz uchun imkon ber,
Gap yetaklama kelin.

Biz ham quraylik rõzğor,
Bizlarda ham orzu bor,
Bõlmasin õyloving tor,
Gap yetaklama kelin.*

6 months, 2 weeks ago

UZULOY XAYDAROVA ✍️*

RUBOYI..

Sog'inchg'a oturmiz, jonni tutamlab,
Qo'yurmiz bilmasdin, anduxlar g'amlab.
Seni tashrifing'a, bo'lsun, jon nisor,
Kelgin, bir umrlig', baxtlarni g'amlab.*

6 months, 2 weeks ago

UZULOY XAYDAROVA ✍️*

RUBOYI..

Boshig'a ro'mol bog'lag'an, sohibai janon ko'rindi,
Uning uyatchang lutfidan, soliha dildor ko'rindi.
Shul go'zal dildor vaslig'a, teng qildim farishtani,
Zulfida nozbo'y ifori, qarshimda jannat ko'rindi.*

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago