?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Anthropic kompaniyasi yangi Claude Code dasturlash yordamchisini cheklangan test rejimida e'lon qildi.
Bu dastur oddiy AI yordamchilardan farqli joyi, dasturchi bilan faol hamkorlikda ishlaydi.
U mustaqil ravishda
- kod qidirib o‘qiy oladi,
- fayllarni o‘zgartira oladi,
- dasturlarni tekshirish uchun testlar yozib ishga tushiradi,
- tayyor kodni GitHub'ga yuklay oladi
- terminal buyruqlarini bajaradi.
Ilgari Anthropic o‘z texnologiyasini Cursor ga o‘xshash boshqa dasturga berar edi.
Endi esa o‘zi mustaqil ravishda dasturchilar uchun maxsus dastur chiqarmoqda.
Jek Butcher ning bir gapi bor:
- Hech kim nima qilayotganingiz bilan qiziqmaydi, lekin ular qanday qanday muammoni hal qilayotganingizga qiziqadi.
Endi manabu saytni ko‘ring:
faqat bitta funksiyaga ega saytga oyiga 1 mln odam kirishi mumkinmi ?
Ha mumkin.
Misol blackscreen.app sayti, Sayt ochilsa faqat bitta qorong‘i oyna ochiladi.
Bazida bu manga ham kerak bo‘ladi )
Sizningcha, sayt egasi bunday talabni qayerdan topdi? Albatta, bu tasodifiy emas.
Bir yil oldin TESLA kompaniyasining aksiyasi 170$ edi, hozir uning narxi ~340$
Manam aynan 1 yil oldin investitsiya qilishga qiziqishni boshlagan edim.
agar 10 dona TESLA sotib olinsa, uning narxi ~1700$ bo‘lar edi. xozir esa uni siz ~3400$ ga sotishingiz mumkin.
Aytamanda bitta iPhonni puli.
Mani iPhone olgin kelmadi shu pulga )
qisqasi investitsiya qilishni o‘rganishni maslaxat beraman.
Hozir Javlon aka aynan shu yo‘nalishda juda tushunarli qiziq darslar chiqarmoqdalar.
Agar pulingizni asrab kelajak uchun investitsiya qilmoqchi bo‘lsangiz marxamat hozirdan boshlang
Yangi trend qanday paydo bo‘ladi:
- Avval biror yangi narsa, loyiha, texnologiya paydo bo'ladi (Telegram, AI Coding, ChatGpt, ...)
- ishlbilarmonlar, dasturchilar, shu trendga qo‘shilishga shoshiladi
- Bazilar pul ishlashni boshlaydi
Keyin "mutaxassislar" paydo bo‘ladi:
- "Telegramda pul ishlash, ..." bo‘yicha kanallar ochishadi
- Treninglar tashkil qilishadi
Natija:
- "Mutaxassislar" pul ishlaydi
- Trening sotib olganlar aldanadi
- Keyin yangi trend (Instagram) paydo bo‘ladi
- Sikl qaytadan boshlanadi
Biz esa chetdan, ee bu bo‘lmagan narsa deb kuzatamiz...
JetBrains 2024-yil dasturchilar hisoboti
Dunyo bo‘ylab 23 mingdan ortiq dasturchi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra.
Eng mashhur dasturlash tillari reytingi:
- JavaScript hamon peshqadam - dasturchilarnig 61% i undan foydalanadi. Ya'ni har 10 ta dasturchidan 6 tasi JavaScript da ishlaydi.
- Python ikkinchi o‘rinda - dasturchilarnig 57% i foydalanadi. Bu til ayniqsa so‘nggi yillarda tez rivojlandi. 2017-yilda atigi 32% dasturchi ishlatgan bo‘lsa, hozir deyarli ikki baravarga ko‘paygan.
Muhim o‘zgarishlar:
- TypeScript ning tez o‘sishi ko'zga tashlandi. 2017-yilda atigi 12% dasturchi ishlatgan bo‘lsa, hozir 36% gacha yetdi.
- Rust tili ham sekin-asta mashhur bo‘lib bormoqda. Uning xavfsizlik va xotirani boshqarish xususiyatlari tufayli ko‘plab dasturchilar bu tilni C++ o‘rniga ishlatishni afzal ko‘rishmoqda.
Dasturlash yo‘nalishlari:
- Kompyuter dasturlari yaratish (53%) hozirda mobil ilovalar yaratishdan (30%) ancha oldinda.
- AWS eng mashhur bulutli xizmat bo‘lib qolmoqda - dasturchilarnig 46% i undan foydalanadi.
Bazi saytlar bor, ularni bir qarashda eee deb uncha e'tibor qilmaymiz,
oddiyku, bekorchilik deymiz, lekin u saytga kirayotgan odamlar sonini eshitsak boshni ushlab qolamiz. ?
Masalan, 2006-yilda ishlab chiqilgan onlayn boshqotirma saytini olaylik.
jigsawplanet.com
Sayt bitta asosiy funksiyani bajaradi: odamlar saytga rasm yuklaydi, sayt uni avtomat tarzda onlayn boshqotirmaga aylantiradi, boshqalar esa uni yig‘ib o‘ynaydi.
Qiziq tomoni, bu sayt 2024-yilda ham aktiv auditoriyaga ega, yiliga 1,67 milliardta kirish, oyiga esa 13 milliondan oshiq tashrif buyuruvchilar bor.
Bu juda katta son, va juda katta ?
agar loyiha dunyo bozori uchun mo‘ljallab ishlab chiqilsa, kutilmagan natijalar ga erishish mumkinligini ko‘rish mumkin
1 daqiqalik Micro SaaS yangiliklari:
• Marblism 50 000 dan ortiq dasturchilar tomonidan ishlatiladi. Bu platforma sun'iy intellekt yordamida SaaS ilovalarini yaratadi. Foydalanuvchi shunchaki o'z talabini yozadi, va Marblism avtomatik tarzda to'liq ishlaydigan SaaS ilovasini tayyorlaydi.
• Markus tomonidan ishlab chiqilgan Feedbuckethozirda oylik $10 000 daromad keltirmoqda. Bu vosita agentliklarga veb-saytlarni ko'rib chiqish jarayonida mijozlardan osongina fikr va takliflar olishga yordam beradi.
• ipapi.is oylik $5000 daromad keltiradigan darajaga yetdi. Bu orqali har qanday IPv4 yoki IPv6 manzili haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. ipapi.is 2022 yil oxirida qo'shimcha loyiha sifatida ishga tushirilgan edi.
• Jek tomonidan tuzilgan 60sec.site hozirda oylik $1 300 daromad keltirmoqda. Bu vosita foydalanuvchilarga sun'iy intellekt yordamida atigi 60 soniya ichida landing page yaratishga imkon beradi.
Google: Rust tiliga o‘tganidan keyin besh yil o‘tib, Android xotira xavfsizligi zaifliklarini 24% gacha kamaytirdi, bu esa sanoat standartidan ancha yaxshi natija.
2019-yildan beri Google Android tizimidagi xotira xavfsizligi muammolarini kamaytirish maqsadida Rust dasturlash tiliga o‘tishni boshlagan edi.
2021-yilning aprelida Google Android tizimida Rust dasturlash tilini qo‘llab-quvvatlash rejalarini rasman e’lon qilgan.
AI startaplari avvalgi texnologik kompaniyalariga qaraganda tezroq daromad keltiryapti.
Tahlillarga ko‘ra, AI startaplari Stripe orqali birinchi savdodan keyin o‘rtacha 11 oyda $1 million daromadga erishmoqda. bu esa avvalgi SaaS kompaniyalaridan 15 oyga qaraganda tezroq bo‘lmoqda.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago