?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago
Ilmiy maqolalar va yangilik maqolalariga shubha bilan qarash
Maʼlumotlarga koʻmilib yashayotgan vaqtimizda, har bir olgan xabarga shubha bilan qarash tanlov emas, zaruratga aylangan. Men ixtiyoriy bir ilmiy maqolani o‘qiganimda, birinchi instinktim uning da’volariga shubha bilan qarash boʻladi. Sababi, tadqiqotchilar atayin noto‘g‘ri ma’lumot tarqatadi, deb o‘ylaganimdan emas, balki ilmiy jarayon asli juda murakkab, yoki toʻgʻriroq qilib aytsak, biron bir maʼlumot ilmiy faktga aylanishi juda murakkab masala. Ko‘pincha, bir maqola katta muammoning kichik bir qismigina bo‘ladi, biroq u ko‘pincha oxirgi haqiqat sifatida taqdim etiladi.
Juda koʻp holatlarda shaxsan boshimdan oʻtgan narsa: ilmiy chop etilgan maqolaning natijalari aynan qayd etilganday qayta natija bermasligi. Yozuvchilardan soʻralganda esa, natijalarni qoʻshimcha va chegaralangan ichki maʼlumotlar bilan qoʻshib keyingina olganligini taʼkidlaydilar. Bu juda katta nomdor joylarda ham kuzatiladi.
Yangilik maqolalaridagi vaziyat undan ham yomon. Ilmiy kashfiyotlarni haddan tashqari soddalashtirish, bo‘rttirish yoki noto‘g‘ri talqin qilish odati keng tarqalgan. Sarlavhalar asosiy mazmunni aks ettirish o‘rniga, shov-shuvli xulosalarni koʻzga tashlanishi uchun koʻrsatadi, asl tadqiqotning nozik jihatlari esa butunlay yo‘qoladi. "Click bait" tushuncha ham shundan kelib chiqdi. Eng yomoni, ko‘p hollarda yangilik maqolalari xabar qilayotgan tadqiqotning asl manbasini umuman ko‘rsatmaydi. Bu nafaqat tadqiqotchilarga hurmatsizlik, balki o‘quvchilarning da’volarni tekshirish yoki chuqurroq o‘rganish imkoniyatini ham cheklaydi.
Bu shubha bilan qarash tsinizm (cynicism) emas – bu aniqlikka intilish. Bu shunchaki aytilayotgan gapning qay darajada toʻgʻri ekanligiga shubha bilan qarab, koʻr-koʻrona ishonib ketmaslik.
Buni yengish uchun men har doim da’volarning asli manbasiga borib, tanqidiy o‘qishga harakat qilaman. Lekin, o‘ylab qolaman: ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash mas’uliyati axborotni tarqatuvchilar zimmasida bo‘lishi kerak emasmi?
Siz qanday o‘ylaysiz? Ilmiy maqola va yangilik maqolalarining ishonchliligiga qanday yondashasiz?
08 December 2024
Oxford, UK
Telegram | YouTube | Telegram AI
Nuqtayi nazar kuchi: Sherlar, Kiyiklar va Tanlagan Hikoyalarimiz
Tabiat haqidagi hujjatli filmlarni eslang. Sherlar haqida hikoya qilinsa, biz ona sherning bolalari uchun ov qilayotganini ko‘rib, uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Uning kuch-qudratiga qoyil qolamiz, matonatidan ilhomlanamiz va u bolalari uchun ovini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun tilakdosh bo‘lamiz. Lekin hikoya kiyiklar tomoniga o‘zgarsa, o‘sha ovning o‘zi omon qolish uchun qattiq kurashga aylanadi. Kiyik qochib qutulishini, yirtqich changalidan qochib, yana bir kun yashashini umid qilamiz. Voqea bir xil, lekin nazar nuqtasi (perspektiva) hikoyani o‘zgartiradi va shu bilan birga bizning munosabatimizni ham.
Nazar nuqtasi kuchi faqat tabiatga xos emas. U hikoyalarimizni shakllantirib, dunyo va odamlar haqidagi tasavvurlarimizni belgilaydi. Filmlarda qahramonlarni yovuzlarga qarshi qo‘yishdan tortib, tarixiy voqealarda har bir tomonning o‘z qahramonlari va dushmanlarini qanday yaratishigacha, hikoya qanday aytilishi bizni kimni qo‘llab-quvvatlashimizga ta’sir qiladi.
Masalan, filmlarni olsak. Eng qiziqarli “yovuz” obrazlar o‘z tomonini ko‘rsatganida bizning hamdardligimizni qozonadi. Joker misolida ko‘rsak. U jamiyat tomonidan rad etilgan va ruhiy travmalarga duch kelgani sababli, beqaror ruhiy holatining ildizlari ochilganda, u bir paytning o‘zida fojiali obrazga aylanadi. Hatto Avengers filmidagi Thanos ham, o‘zining qirg‘inli rejalari bilan, koinot muvozanatini tiklashga intilayotgan g‘ayrioddiy, ammo ma’lum ma’noda ezgu niyatli bir obraz sifatida qabul qilinadi. Birdaniga yovuz odam oddiy yirtqich emas, balki o‘z muhiti mahsuli, va hatto biz tushunadigan qarorlar qabul qilgan bir kishi bo‘lib ko‘rinadi.
Xuddi shunday, urush va mojaro haqidagi qarashlarimizni ham nuqtayi nazarimiz bilan belgilanadi. Har bir tomon o‘z harakatlarini oqlash uchun hikoyalarini yaratadi va adolat, erkinlik va xavfsizlik kabi umumbashariy qadriyatlar orqali qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
Bir xil voqealar turli linzalardan qaralganda, bir tomon ozodlik kurashchisi, ikkinchisi esa bosqinchi sifatida ko‘rinishi mumkin yoki aksincha. OAV va targ‘ibot bunday qarashlarni shakllantiradi, ma’lum faktlar va hikoyalarni tanlab, ma’lum hissiyotlarni uyg‘otadi va bizni ma’lum bir pozitsiyani egallashga undaydi.
Lekin bu hikoyalardan chekinib, kengroq qaraydigan bo‘lsak, chuqurroq haqiqatni ko‘ramiz: ko‘p mojarolar qora va oq ranglardek aniq emas. Har ikki tomonning o‘z sabablari, qo‘rquvlari va orzu-umidlari bor. Askarlar faqat liderlar yoki maqsadlar uchun emas, balki yonidagi do‘stlari uchun kurashadi. Oddiy odamlar esa nafaqat statistik raqamlar, balki o‘z hayoti, oilasi va kelajagi bilan insoniy iztirobni boshdan kechiradi.
Bu bilan to‘g‘ri va noto‘g‘ri tushunchalar yo‘q, demoqchi emasman. Ba’zi harakatlar va qarorlar shubhasiz jirkanch va ularga javobgarlik zarur. Lekin bizga taqdim etilgan hikoyalarni qanchalik osonlik bilan shakllantirilishi mumkinligini anglash muhim. Ushbu hikoyalarni savolga tutish va barcha tomonlarni inobatga olish orqali, nafaqat aniqroq haqiqatni, balki mojarolar ichida qolganlarga chuqurroq hamdardlikni topishimiz mumkin.
Xuddi tabiat hujjatli filmlaridagi kabi, eng katta sinov tomon tanlash emas, balki umumiy kurashni tan olishdir — sher bo‘ladimi yoki kiyik, qahramonmi yoki yovuz odam, yoki hatto urushayotgan xalqlarmi. Perspektiva kuchli vosita va uni donolik bilan ishlatganda, bizni nafaqat tushunishga, balki rahm-shafqatga ham olib kelishi mumkin.
03 December 2024
Oxford, UK
Telegram | YouTube | Telegram AI
Bugunning sun'iy intellektida bularning barchasi namoyonmi? Qaysilari to'laligicha ko'ringandan keyin intellektli/aqlli deyishimiz mumkin? Ongli mavjudot deya qachon ayta olamiz?
Intervyu uchun maslahat
Intervyu qilinayotgan vaqtingiz kerak boʻladigan qiziq va foydali bir maslahat bu intervyu oluvchini keyingi savolga oʻzingiz yoʻnaltirishingiz. Bir berilgan savolga javob berayotgan vaqtda, "ilmoq" qilib bir nechta yoʻnaltiruvchi mavzularni aytib oʻtsa boʻladi va shu orqali keyingi savollarni oʻzingiz xohlagan holda boshqarsangiz boʻladi. Bu psixologik yondashuv boʻlib, unda siz savol yaratuvchi boʻlasiz, intervyu olayotgan odam emas.
Misol uchun, odatiy birinchi savol, "Oʻzingiz haqingizda gapirib bering" deyilganda, siz odatiy javob bilan, "Men falonchi, falon joyda ishlayman." deyish oʻrniga, boshqarishingiz mumkin boʻlgan javob bersangiz boʻladi. "Men ilm izlab, dunyo kezib yurgan bir insonman" (misol uchun mening holatimda). Shu orqali ikki mavzu ochildi: ilm olish va dunyo kezish. Keyingi kutiladigan savollar, "Qanday ilm olasiz?" yoki "Qaysi davlatlarda boʻlgansiz?".
Bu misol bir oz oddiyroq va mavhum javob bilan boʻldi. Lekin, umuman olganda, mavzu doirasida oʻng-chapga yurishni qisman boʻlsa-da boshqarish mumkin.
Oʻzbek uylaridagi idish-tovoq javonlari kitob javonlariga aylanganidagina xalq uygʻona oladi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago