?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 4 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 days, 1 hour ago
Endi yigirma yildirki, kuzni sevaman. Erkak bir qadar hudbin mavjudotdir. Erkak kishi ayolning uddaburonligiga qoyil qolsa, bas, uning mardligini kechira olmaydi. U ayolni himoya qilgisi keladi. U himoya qilishga muhtoj bir odam. Shu maʼnoda, kuz nihoyatda zaif zaifadir - uning butun siymosidan iltijo yogʻilib turadi. Uning barcha daraxtlari, jami koʻkatlari va mevalari mendan yordam soʻraydi, men esa jon deb yordam beraman - men uni sevaman.
Telegram
Muhammad Solih
She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad\_Solih\_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003
SHOIR
Rauf PARFIga
Tamaki hididan bo‘g‘ilgan devor,
Mehmondan charchagan dasturxon.
Unda olmalarning qoldig‘i,
Gʻiybatlar qoldig‘i yotibdi.
Kursida o‘tirar ko‘zlari botiq,
Sochlari oqarib ketgan qush.
Sayrashni unutgan,
Bizning tilimizga o‘tib olgan u.
Bizning tilimizda gapirgan kuni
Sochlari oqarib qolgan qush.
1980
Bir yil muhlat bering,
Albat yo‘q qilaman
Sizni qiynagan
O‘zimdagi maqtanchoqlikni.
Besh yil bering menga,
Besh yil ichida
Kunba-kun zaxarlab oʻldirarman-ku
Sizga kun bermovchi takabburligim.
Oltmish yil soʻrayman.
Oltmish yil bering,
Oltmish yo‘l yurib izidan yetib,
Boshini olayin xudbinligimning.
Yuz yil bersangiz, bas
Men Darvish kabi
Iltimos qilarman o‘z shogirdimdan
«Darvishni uchratsang, o‘ldirgin!» deya.
1979
Telegram
Muhammad Solih
She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad\_Solih\_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003
ИШГА КЕЧИККАНДА
Ахир, иш кутмоқда. Давлатнинг иши.
Хотин зир югурар.
Мен ураман дўқ.
Балконга қарайман тиришиб –
Ҳали ҳам кўйлагим қуригани йўқ!
Ахир, кутиб турар севимли ватан,
Кўйлак-чи, буғланиб тамом бўлмас ҳеч -
Қандайдир дазмолнинг хиёнатидан
Давлатнинг ишига бораманми кеч?
Яна идорага етиб боргунча,
Шиорларга ҳам қарашим керак,
Токи иш олдидан, бўлмаганда,
Илҳомланиб олсин бу юрак!
1981
Telegram
Muhammad Solih
She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad\_Solih\_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003
YOZ TUNI
Boshim uzra - okean, tinch, tinch.
Boshim uzra yulduzlar yuzar...
Bu ummon ostida dimiqqan har kim
Oʻzin oyquloqsiz baliqday sezar.
Shu ham ish boʻldimi, har oqshom inson
Baliq sezaversa oʻzini
Va okean yuzasiga u
Suzib chiqolmasa hech qachon?!
1973
Telegram
Muhammad Solih
She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad\_Solih\_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003
MANSUR SHE'RLAR
Turkiy tilda so‘zlamoq oson.
Turkiy tilda so‘zlamoq naqadar qiyin.
Naqadar lazzatli bu tilda so‘zlamoq, naqadar achchiq.
Agar kayfing chog‘ bo‘lsa, ertalab o‘ng yonboshdan turgan bo‘lsang,
o‘tgan kundan pushaymoning bo‘lmasa - sobit ishonch bo‘lsa
kelajakka - turkiyda gapir.
Kimnidir sevsang, ko‘ksingga sig‘masa muhabbat - turkiyda
gapir.
Kimnidir yomon ko‘rsang, bo‘g‘zingga tikilsa nafrat - turkiyda
gapir.
1982
Telegram
Muhammad Solih
She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad\_Solih\_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003
PARISHONXOTIR ODAM
O, bu qoʻl!
Bu qoʻllar bilan
Faqat manglay sinamoq mumkin...
Shunday xayol qilib men tentak,
Manglayimni tutibman bugun.
Bilmabmanki, bu bahaybat qoʻl
Qulogʻimga choʻzilganligin...
-Kechirsiz, mana qulogʻim!
1973
Telegram
Muhammad Solih
She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad\_Solih\_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003
DAM OLISH UYIDAGI TANISHUV
Odamlar sukunatdan nafratlanishadi.
Mana, men bilan bir stolda, shundoq yuzma-yuz notanish ayol oʻtiribdi. Stol boʻlsa, mening baxtimga qarshi shu qadar torki, men oʻzimni jar yoqasida, mana shu stolga, mana shu omonat taxtaga osilib turgan odamday his qilaman.
Ayolning labi soʻzga juftlangani zahot, men boʻron boshlanishi qanday boʻlishini aniq bilaman.
Mana u:
-Nega gapirmaysiz?
Darvoqe, nega gapirmayapman. Axir men sukunatni yomon koʻraman-ku. Va shu nafrat haqida gap sota boshlayman. Ayol boʻlsa mening har bir soʻzimni havodayoq ilib oladi-da, oʻn baravar koʻproq qilib oʻzimga qaytaradi. Albatta men bora-bora javob berishga ulgurolmay qolaman. Noiloj jim boʻlaman. Birdan oʻzimning sukutni buzishdek masʼul burchimni unutaman...
Stol esa borgan sari torayadi, borgan sari kichrayadi... va nihoyat u choʻpga aylanadi, men, jar ustida turgan odam bu choʻpga yopishib oʻtirishni oʻzimga ep koʻrmayman - qoʻlimni qoʻyib yuboraman...