Сизнинг соғлиғингизга ғамхўрлик қиладиган шифокорлар жамоаси. Тиббиёт ҳақида оддий сўзлар билан.
🧑⚕️Каналда берилган маълумотларни шифокор маслахати билан қўлланг!
Reklama👉 @activus_reclama
Last updated 1 day ago
Ваҳиманинг ўзи ярим касалликдир.
Ҳотиржамлик ярим соғликдир.
Сабр эса шифонинг бошланишидир...
Абу Али Ибн Сино
Каналда берилаётган маълумотларни шифокор маслаҳати билан қўлланг!
Реклама: @Dr_Ergashoff
Тиббий саволлар учун: @Tibbiyot_aloqabot
Last updated 1 day, 1 hour ago
«kanalimdagi postlarni qayta joylash uchun o'qib o'tirib esimga tushib ketdi: @altruistning_qizi shu qiz bir kuni yonimda o'tirib kanalimni ochib undagi so'nggi yozilgan postlarga bir-bir so'z aytib chiqqandi,
bir hazilni
ushlab olib –
senga nuqul
o'sha hazil bilan
hazil qilgim kelaveradi…
shu yozganimni o'qib "ha-ha, siz shunaqasiz" deb samimiy kulgandi,
uyimga ketgim kelmoqda,
u yerda onam bor,
otam bor,
opam bor,
uyimga ketgim kelmoqda –
uyim hotirjam
uyimda oilam bor
uyimda hamma bor,
men erkalik qila olaman uyimda,
har kuni issiq ovqat bor,
kasal bo'lishim mumkin uyimda,
uyimga ketgim kelmoqda –
istagan ishimni qila olaman uyimda,
ko'chaga chiqmasligim mumkin uyimdan,
uyimda baxt bor,
onam bor uyimda,
men xullas,
juda istayman uyimga ketishni,
uyimga ketishni istayman,
uyimga ketgim kelmoqda,
ammo, nima deyapman men?
men,
uyimdaman-ku…
shu postni boshini o'qib "men buni o'qiy olmayman…" degandi.
bilmadim, negadir shularni esladim. u yaxshi qiz»
sen kulishni
bas qilmasang edi…
men
kulishni
to'xtatmasdim!
2023
yozganlarim –
menga tegishli emas.
ular –
yuragimga tegishli.
ammo,
yuragim sodda
u «muallifman» demaydi.
u –
uni sevishlarini xohlaydi, xolos.
2023
adabiyotga jahl qilsang bo‘ladi -
agar uning otasi bo‘lsang.
adabiyotga mast bo‘lib kelsang bo‘ladi -
agar uning otasi bo‘lsang.
adabiyotga e’tibor bermasang bo‘ladi -
agar uning otasi bo‘lsang.
eng zo‘ri -
adabiyotdan ketsang bo‘ladi,
otasi bo‘lsang uning.
menga tuyulaveradi
adabiyotning otalari
qasos olyaptimi, deb.
2023
seni uchratsam
aytaman deb
gaplarimni to'plab qo'ydim.
ba'zilari
esimdan chiqmoqda.
2023
men senga
tushuntirishni –
seni sevishimni
aytishdan
boshlayman.
2023
sog'inishga
hech kimim
qolmadi.
yig'lagim
kelmoqda.
2023
qayerda edi
«sevaman» degan
maktubing…
bormidi o'zi u?
uyqim kelmay o'ylayapman.
2023
ehtimol
sen uni shaharda
so'nggi bor
ko'rayotgandirsan –
oilasini sog'ingan insonni.
2023
sen bilan shaxmat o‘yinimiz:
men birinchi piyodani
taxtadan tashqariga yurardim
ikkinchi piyodani ham,
sen hayron qolarding -
shunday qilsa bo‘ladimi?
nega unday qilding,
bu yutqazish bo‘ladi!
men tag‘in, barcha donalarni
taxtadan tashqariga yurardim
sen bu orada
olishga ulgurarding
mendagi donalarni
ammo,
deyarli barchasini
taxtadan tashqariga olib chiqishga
ulgurardim men.
ha, bizning o‘yin
shunday sodda bo‘lardi,
senga ko‘ra,
men yutqazardim,
sen esa
taxtaning ichida
g‘olib bo‘larding.
men shunday,
taxtadan tashqarida
o‘ynayman o‘yinlarni
sen esa g‘olib
va hayron bo‘lasan.
2023
Telegram
ahmad ali
ahmad ali dilmurod ahmad ali muhammad
Сизнинг соғлиғингизга ғамхўрлик қиладиган шифокорлар жамоаси. Тиббиёт ҳақида оддий сўзлар билан.
🧑⚕️Каналда берилган маълумотларни шифокор маслахати билан қўлланг!
Reklama👉 @activus_reclama
Last updated 1 day ago
Ваҳиманинг ўзи ярим касалликдир.
Ҳотиржамлик ярим соғликдир.
Сабр эса шифонинг бошланишидир...
Абу Али Ибн Сино
Каналда берилаётган маълумотларни шифокор маслаҳати билан қўлланг!
Реклама: @Dr_Ergashoff
Тиббий саволлар учун: @Tibbiyot_aloqabot
Last updated 1 day, 1 hour ago