Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

"Oydin Nur" markazi | Rasmiy kanali

Description
Бухоро вилояти оилани ижтимоий-хуқуқий химоялаш маркази.
23 йиллик тажриба. Биз бепул сизга психологик , хуқуқий маслахатлар берамиз
Мурожаат учун :
Тел +99865-224-65-11
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

1 week, 6 days ago

❗️ER-XOTIN QANDAY HOLLARDA FHDYO ORGANLARIDA NIKOHDAN AJRATILADI ?

⚡️ SAVOL:
Qaysi hollarda sudga murojaat qilmasdan FHDYO organlarida nikohdan ajrashish mumkin?

⚡️JAVOB:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ga koʻra, FHDYO boʻlimlari tomonidan nikohdan ajratish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

Agar er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;

Ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;

sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra FHDYO organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.

❗️Yuqoridagi kabi holatlarga FHDYO organlariga quyidagi xujjatlar taqdim qilinishi kerak;

er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;

er (xotin) uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan koʻchirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning oʻrtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yoʻqligi toʻgʻrisidagi tilxat.

❗️Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotinga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

Murojaat uchun : +998652246511

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram Instagram Thread
TikTok

Telegram

"Oydin Nur" markazi | Rasmiy kanali

Бухоро вилояти оилани ижтимоий-хуқуқий химоялаш маркази. 23 йиллик тажриба. Биз бепул сизга психологик , хуқуқий маслахатлар берамиз Мурожаат учун : Тел +99865-224-65-11

***❗️***ER-XOTIN QANDAY HOLLARDA FHDYO ORGANLARIDA NIKOHDAN AJRATILADI ?
2 weeks, 2 days ago

Oydin Nur Markazida Yangi Boshlanishlar
🕊️ Bizning markazimiz har doim qiyin vaziyatlardan chiqish yo'llarini izlayotganlarga o'z eshiklarini ochiq tutadi. Ya'ni bizning yangi mehmonimiz - bir ayolning achinarli hayoti biz bilan boshlandi.

👩‍👧‍👦 2019 yilda turmush qurgan va 5 yil davomida tazyiq va zo'ravonlikka duch kelgan bu qahramon ayol, hayotining yangi bosqichini bizning markazimizda boshlamoqda. Erining doimiy ichkilikka mukkasidan ketishi va ishlamasligi oiladagi muammolar sababchisi bo'lib, bu esa ayolimizga ko'p qiyinchiliklar tug'dirgan. Uning turmushi davomida erining bu 3-turmush o'rtog'i ekanligini faqatgina keyinroq bilib olgan.

🌟 Endi u bizning qanotimiz ostida, Oydin Nur markazida, o'z hayotini qayta qurish yo'lida. Biz unga nafaqat boshpana va xavfsizlik, balki kelajakka umid va ishonch bag'ishlashga yordam bermoqdamiz. Bu yerda har bir ayol o'z kuchini topishi mumkin.

Murojaat uchun : +998652246511

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram Instagram Thread
TikTok

2 weeks, 3 days ago

"Oiladagi baxt: Shirin so'zda, mehrda va e'tiborda"

Oilada baxtning asosiy tarkibiy qismi shirin so'z, mehr va e'tibordir. Har kuni bir-birimizga yaxshilik va hurmat bilan munosabatda bo'lish, oilaviy aloqalarni mustahkamlashning eng samarali usullaridan biridir. Shirin so'zlar, ular haqiqiy va samimiy bo'lganda, oila a'zolarining kayfiyatini ko'taradi va ular orasidagi bog'liqlikni mustahkamlaydi.

Mehr va g'amxo'rlik ko'rsatish esa oiladagi har bir a'zo uchun muhimdir. Bu, ayniqsa, bolalar va keksa avlod vakillari uchun juda zarur. Ularga ko'rsatilgan mehr va e'tibor ularning o'zini qadrlangan his qilishlariga yordam beradi.

E'tibor esa oilaviy munosabatlarda alohida ahamiyatga ega. Har bir oila a'zosining his-tuyg'ularini tinglash va ularga munosib javob qaytarish, oilaviy muhitni yanada mehrli va qo'llab-quvvatlovchi qiladi.

Natijada, oila - bu faqat birga yashash joyi emas, balki bir-birini qo'llab-quvvatlovchi, hurmat qiluvchi va sevuvchi kishilarnilarning birlashmasidir.

2 months, 2 weeks ago

Oydin Nur pishiriqlari — aqlli tanlov!
⭐️ Oydin Nur — oilani ijtimoiy huquqiy himoyalash markazi tomonidan pishiriqlar pishirish yoʻlga qoʻyildi.

🤗 Ta’mi mazzali va toʻyimli shirinlik hamda pishiriqlarni xarid qiling va yordam qoʻlini choʻzing.

Murojaat uchun telefon:
+998912410517
+998888989889

*📣*Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring*🕊Telegram📱Instagram🎗Thread
😵*** TikTok

2 months, 2 weeks ago
**KICHIK BIZNES LOYIHALARI UCHUN 7 YILGACHA …

KICHIK BIZNES LOYIHALARI UCHUN 7 YILGACHA MUDDATGA KREDITLAR AJRATILADI
📄 04.09.2023 yil kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son Prezident qarori qabul qilingan

Qaror bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida:

🟢 “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;

🟢 hududlarda 14 ta kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tashkil etildi.

 oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subʼektlari loyihalarini kengaytirish va yangi kichik biznes loyihalarini ishga tushirish maqsadida:

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan vakolatli banklar bilan birgalikda kichik biznes loyihalari uchun qulay shartlarda 7 yilgacha boʻlgan muddatlarda kreditlar ajratiladi

Ijobiy kredit va soliq tarixiga ega tadbirkorlarga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.

Murojaat uchun: +998652246511

*📣*Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring*🕊Telegram📱Instagram🎗Thread
😵*** TikTok

2 months, 2 weeks ago

Oydin Nur shirinliklari

👍 Endilikda Oydin Nur shirinliklarini ham tatib koʻrishingiz mumkin.

🌹 Markaz qaramogʻida yashayotgan ayollar tomonidan Italiya texnologiyalari asosida pishirilayotgan shirinliklarni xarid qilib, ushbu ayollar uchun katta yordam bera olasiz.

Murojaat uchun telefon:
+998912410517
+998888989889

*📣*Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring*🕊Telegram📱Instagram🎗Thread
😵*** TikTok

2 months, 3 weeks ago

❗️ТОВЛАМАЧИЛИК НИМА ?📄 Жиноят кодексининг 165-моддасига асосан, товламачилик деганда, жабрланувчи ёки унинг яқин кишиларига зўрлик ишлатиш, мулкка шикаст етказиш ёки уни нобуд қилиш ёхуд жабрланувчи учун сир сақланиши лозим бўлган маълумотларни ошкор қилиш билан қўрқитиб ўзгадан мулкни ёки мулкий ҳуқуқни топширишни, мулкий манфаатлар беришни ёхуд мулкий йўсиндаги ҳаракатлар содир этишни талаб қилиш ёхуд жабрланувчини ўз мулки ёки мулкка бўлган ҳуқуқини беришга мажбур қиладиган шароитга солиб қўйиш тушунилади ва бундай қилмиш учун айбдор топилган шахс — уч йилдан беш йилгача озодликни чеклаш ёхуд уч йилдан беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.❗️Агар товламачилик бир гуруҳ шахслар томонидан олдиндан тил бириктириб содир этилган бўлса, — беш йилдан ўн йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.❗️Товламачилик:
жуда кўп миқдорда;
ўта хавфли рецидивист томонидан;
уюшган гуруҳ томонидан ёки унинг манфаатларини кўзлаб содир этилган бўлса, —
ўн йилдан ўн беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.👉🏽 @Yurist_Blogerr

2 months, 3 weeks ago

❗️ЁШЛАР ДАФТАРИГА КИМЛАР КИРИТИЛАДИ ?📄 Ҳукуматнинг 312-сон қарори билан тасдиқланган низомга кўра, «Ёшлар дафтари»га 30 ёшдан ошмаган қуйидаги тоифадаги:

оила аъзоси «Темир дафтар», «Аёллар дафтари» ёки «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри»га киритилган;

ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган;

боқувчисини йўқотган, етим ёки ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган;

ўзига нисбатан васийлик ёки ҳомийлик белгиланган;

ўзгалар парваришига муҳтож бўлган ишга лаёқатсиз;

I ёки II гуруҳ ногиронлиги бўлган;

фарзандида I ёки II гуруҳ ногиронлиги бўлган;

жисмоний ёки руҳий ривожланишида нуқсонлари бўлган;

ота-онасидан бирида I ёки II гуруҳ ногиронлиги бўлган, иккинчиси эса иш фаолиятини тўхтатган ҳолда беморга қарашга мажбур бўлган ёхуд ота-онасининг ҳар иккисида I ёки II гуруҳ ногиронлиги бўлган;

юзага келган ҳолатлар сабабли оғир турмуш шароитида қолган;

зўравонлик ва эксплуатация, табиий офатлар, ҳалокатлар, ёнғинлар ва бошқа фавқулодда вазиятлар оқибатида ҳаётига, соғлиғига, мулкига зарар етган;

«Меҳрибонлик» уйи, Болалар шаҳарчаси ёки оилавий болалар уйида тарбияланган;

ҳақ тўланадиган ишга ёки иш ҳақи (меҳнат даромади) келтирадиган машғулотга эга бўлмаган;

даволанишга муҳтож бўлган бемор ёшлар;

жазони ижро этиш муассасаларидан қайтган;

муайян яшаш жойига эга бўлмаган;

психологик маслаҳатга муҳтож;

никоҳи қайд этилганига уч йилдан ошмаган ёш оила;

деҳқончилик ёки томорқа хўжалигини юритаётган;

ёш тадбиркор ёки ўзини ўзи банд қилган шахс сифатида солиқ хизмати органларида рўйхатдан ўтган ёшлар киритилади.

👉🏽 @Yurist_Blogerr

2 months, 4 weeks ago

❗️НИКОҲ ЁШИ ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИКНИ БУЗГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК

📄 Оила кодексининг 47 прим 3-моддасига кўра, никоҳ ёшига етмаган шахс билан ҳақиқатда никоҳ муносабатларига киришиш, — базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан ўн бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

▪️ Ота-она ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан никоҳ ёшига етмаган шахсни эрга бериш ёхуд уйлантириш, — базавий ҳисоблаш миқдорининг етти бараваридан ўн беш бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

▪️ Никоҳи қонунда белгиланган тартибда қайд этилмаган шахслар ўртасида, шу жумладан никоҳ ёшига етмаган шахс билан никоҳ тузишга доир диний маросимни амалга ошириш, — базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн беш бараваридан ўттиз бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

👉🏽 @Yurist_Blogerr

4 months, 2 weeks ago
***🎄*****Yangi yil bilan!**

🎄Yangi yil bilan!

🎊 Assalomu alaykum qadrli yurtdoshim ! Sizni kirib kelayotgan yangi 2024- yil bilan qutlaymiz.Yangi yilda ushalmagan orzular, rejadagi maqsadlar amalga oshsin. Tinchlik yurtimizni tark etmasin. Oydin Nur jamoasi xonadoningizga fayzu-barokat tilaydi. Yuzingizdagi kulgu, farzandlar quvonchi uyingizni toʻldirsin.

Murojaat uchun: +998652246511

*📣* Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🕊Telegram 📱Instagram 🎗**Thread

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago