GULRUX XUDOYOROVA IJODI

Description
Shoira Gulrux Xudoyorova she’rlari jamlangan ijodiy kanal.
We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

2 weeks, 4 days ago

#audiosher *🖋️Gulruh Xudoyorova
🎤Zuxra*

1 month ago

"Ketsang ketaver yorim,
Ketsang nima parvoyim"
Ketma, desam ketganni,
Omon qilsin Xudoyim.

Mendan oson kechganni,
Yolgʻon qasam ichganni,
Men haqimda boshqaning,
Igʻvosiga uchganni,
Koʻnglimni bilmaganni,
Koʻzyoshim koʻrmaganni,
Unga muhtoj chogʻimda,
Yonimga kelmaganni.
Yoniga borganining,
Mehrini topmaganni,
Tamom boshqa ko'zlardan,
Koʻzimni izlaganni,
Dardlariga shifoni,
O'zi bersin iloyim!
Ketsa ketsiney yorim,
Ketsa nima parvoyim.

Peshonasi devorga,
Tekkanlarga sherikman.
Yonimdan ketib ko'zyosh,
To'kkanlarga sheriksan.
Ketish,
Qochish,
Bitta so'z.
Lekin dardi mingta so'z.
Yoʻq, oqlama oʻzingni,
Kelsak bir kun yuzma yuz.

Sen ketgan kun yaxshimdan,
Ayrildim deb oʻylovdim.
Bu dunyoning yoʻlida,
Toyrildim deb oʻylovdim.
Ortga boqsam g'ururim,
Chil chil sinmasin devdim.
Chil chil edi yuragim,
Birov bilmasin devdim.
Hayot bir osh berganda,
Ming tosh beradi devdim.
Ayol hamma ogʻriqqa,
Bardosh beradi devdim.
Ketsang ketaver devdim,
Ich etginamni yevdim.
Meni ming bor sevdilar,
Men-chi bir bora sevdim.
Ketsang ketaver devdim...

Hayot - ming bitta yolg'on,
Ketish - eng katta yolgʻon.
Ketganlarning bir kuni,
Qaytishi tayin, ishon.
Shul sabab eshiklarni,
Yopdim degan aldaydi.
Qadrimdan kechib ishqim,
Topdim degan aldaydi.
Dunyo shunday aldaydi,
Hamma tinmay aldaydi.
Lekin ming hayron qoldim,
Sevmay qanday aldaydi.

Ketish - tanlov,
Qolish - ahd.
Balki ahdim xatoyim.
Sen ketishni tanlading,
Ketsang nima parvoyim.
Ketsang ketaver yorim!

1 month, 2 weeks ago

Meni sog'inmasang hech yo'q bir lahza,
Umr o'taversa boladay ma'sum.
O'sha xotiralar hammasi qaytsa,
Va ortiga qaytsa o'sha tabassum.

Meni o'ylamasang,
Tushlar kòrmasang,
Ko'glingga kirmasa birorta vahm.
Yurakda suronlar turgan mahalda,
Bir qo'shiq kuylasang, sadosiz va jim.

Birga yurgan yo'ldan o'tsang jilmayib,
Birga yurgan yo'ldan qaytsang parishon.
Ketishingga sabab yursang axtarib,
Demakki, baxtiyor emassan, ishon.

Men shunday dard edim,
Shunday baxt edim,
Kechib ham, ketib ham bo'lmaydi mendan.
Axir bu dunyoda mening kulgimni -
Baxtni sog'inmagan odam bormikan?!

3 months ago

Sibel_Can_-_Kanasn_48795225.mp3

3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago

Осмоннинг бир четини узиб олиб бўлмайди,
Кўнгли йўқнинг ёнида мангу қолиб бўлмайди,
Муҳаббатда мағлуб йўқ, унда ғолиб бўлмайди,
Юрак деган юракдан фақат меҳр қарз экан.

Кўнглинг тилла бўлса ҳам кўкка қадай олмайсан,
Алдаганни барини номард атай олмайсан,
Баъзида жим яшайсан, баъзан тўлиб йиғлайсан,
Йиғламоқ ҳам Худога айтилган бир арз экан.

Имкон бўлса одамда ойга тумор тақади,
Булутларда ёнбошлаб қўйу қўзи боқади,
Ўрни келса аёлга алданиш ҳам ёқади,
Алданиш — бу улғаймоқ ҳақидаги дарс экан.

Ҳар нарсада нарх бўлса, ишқда баланд кетаман,
Муҳаббатга яраша нарху наво битаман,
Қайтимига юрагим юлиб олиб тутаман,
Муҳаббатга муҳаббат қайтармоқлик фарз экан.
Юрак деган юракдан фақат меҳр қарз экан.

3 months, 1 week ago

Buncha mahzun yogʻdi bu yomgʻir,
Buncha tushkun yogʻdi bu yomgʻir.
Sokin-sokin urar bu yurak,
Buncha shoshqin yogʻdi bu yomgʻir.

Ruhimga darz ketganday boʻldi,
Koʻzyoshda arz ketganday boʻldi.
Yonimda jim yashab oʻtganlar
Hijrondan dars oʻtganday boʻldi.

Buncha ezib yogʻdi bu yomgʻir,
Buncha sizib yogʻdi bu yomgʻir.
Soʻz demadim, uni tingladim,
Barin sezib yogʻdi bu yomgʻir.

Ulgʻayganim rost chiqdi nogoh,
Balandlarim past chiqdi nogoh.
Tushlarimni tushunmay qoldim,
Umr oʻtib ketdi banogoh.

Barin bilib yogʻdi bu yomgʻir,
Ruhim tilib yogʻdi bu yomgʻir.
Meni yupat, biror taskin ber,
Qismat shu deb, meni ishontir.

3 months, 2 weeks ago

Qizim, senga bu dunyoni
Bir boshidan tanishtiray.
Dalalari, kengliklari,
tog' - toshidan tanishtiray.
Bir kun kelib shodliklarni
Oʻrgatadi senga hayot.
Senga birov oʻrgatmasdan,
Koʻz yoshidan tanishtiray.
Tanishtiray oq-u qora,
Sariq - qizil, turfa olam.
Lek ranglarga parvo qilmay
Yashash elning urfi, bolam.
Tanishtiray yuragining
Borligini unutganni.
Har odamga yolgʻiz Xudo
Yorligini unutganni.
Tanishtiray qushlarning ham
Oʻz tili, o'z ini bordir.
Bu dunyoda tilning emas,
Yuraklarning dini bordir.
Tanishtiray kengliklarni,
Mana senga hayot, qizim!
Torlik qilsa shunda ham yer,
Yuragingda najot, qizim.
Tanishtiray eshigingdan
Yaxshi - yomon kelaverar.
Xudo degin, shunda ruhing,
Doim omon qolaverar.
Bu odamlar mudom: Hayot
sinov deya,  uqtiradi.
Sekin - asta yuragining
Vahimasin yuqtiradi.
Bari yolgʻon, hayot senga,
Uygʻoq boʻlish uchun muddat.
Yuragingni pok pokiza,
Saqlab qolish uchun fursat.
Tanishtiray toʻkinlik bor,
Lek ungacha sekinlik bor.
Bu dunyoga solgin quloq
Sukunat bor, sokinlik bor.
Tanishtiray atrofingda
Hamma toʻkis, donish qizim.
Aytarlarki: " Ayol zotin
Qismati bu - ko'nish, qizim".
Yo'q xatodir, ko'ngan bilan
Kimning baxti tingan, qizim?!
Sen palahmon toshi emas,
Palahmonlar singan, qizim.
Tosh qotmagin, tosh otmagin,
Ishqsiz dilda nish otmagin.
Ko'rmaganim sen ko'r, bolam,
Ko'rguligim hech ko'rmagin.
Qaro ko'zim, xuddi o'zim,
Shakar- qandim, non-u tuzim.
Kelgin, senga bu dunyoni
Tanishtiray jonim, qizim.

3 months, 2 weeks ago

БАҲОРНИ АЛДАДИМБаҳорни алдадим бахтиёрман деб,
Кўнглим ўсаяпти дея кун сайин.
Негадир кўрмадим айтишимни эп
Қувончимни селлар ювиб кетганин.

Қушларни алдадим бойваччаман деб,
Истаганингизча берай деб ушоқ.
Мендай саховатли телбани кўриб,
Баралла кулди бир юраги қашшоқ.

Қўрқмай ичавердим беҳуда қасам —
Билмадим ким бўлдим, аввал ким эдим.
Кимларгадир бошим осмонда десам,
Бошқаларга осмон қўлимда дедим.

Қўрқмайман, ҳақиқат аталган учқун
Менинг истагимга солмайди соя,
Севгилим, сени ҳам алдашим мумкин –
Онт ичишим мумкин “ўлмайман” дея…

Жўрабек Рамазонов@jorabekramazon

6 months, 1 week ago

O, g'am yema!
Halolman,
Pokman,
Men tonglardan qolib ketgan nur.
Men quyoshdan uzilgan chog'man,
Bor gunohim muhabbat erur.

O, g'am yema!
Halolman,
Pokman,
Bori aybim ishonch va orzu.
Ishonganlar gunohkor emas,
Odam ishqdan kirlanmaydiku!

Shubhalanma,
Qarama g'ayir,
Ey, poklarning vasliga yetgur.
Men ham asli chil-chilman, lekin
Siniqlarim ichimda erur.

O, g'am yema!
Halolman,
Pokman,
Bir yurakman, epkinli, nekbin.
Endi yetar!
Bas, bunday yurma
Gunohimda poklanib ketgin!
Kel qalbimga, poklanib ketgin!

@Gulrux_Xudoyorova_ijodi

We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago