ESSE

Description
Ushbu kanalda
esse na'munalari,
esse darslari,
juda ko'p ustozlarning esse darslari
bilan tanishib borasiz
@nozimaobidova27
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month, 3 weeks ago

Bugun kanalimizda noldan boshlamoqchi bo'lganlar uchun birinchi darsimiz 18:30da bo'lib o'tadi.

Yaqinlaringizni ham savob umidida taklif qiling.

Ilm ulashishdan charchamaylik

@milliysertifikatimizonatili

1 month, 3 weeks ago

dekabr uchun

1 month, 3 weeks ago

Esse guruh ham ochaylikmi 100 mingdan

4 months, 3 weeks ago

Esse mavzusi
Maktabni bitirgach qay yo'ldan borgan ma'qulroq? Oliy ta'limda o'qish yoki ishga kirish.

Inson tug'ilib, voyaga yetar ekan,  o'z kelajagi haqida orzu qiladi. Shaxs sifatida rivojlanib borayotgan har bir o'quvchining oldida turli xil tanlovlar turadi. Ba'zi o'quvchilar maktabni bitirgach, Oliy ta'limda o'qishni tanlashsa, boshqa toifa o'quvchilar esa ishga kirishni yoqlaydi. Xo'sh, bu borada qaysi tomon tanlovlari to'g'ri? Qaysi tomonning tanlovi jamiyat uchun foydaliroq? Men esa bu borada Oliy ta'limda o'qishning tarafdoriman.
,,Maslahatsiz ish-o'rinsiz tashvish"deganlaridek, har bir ot-ona farzandining kelajagi haqida qayg'uradi. Bir toifadagi ota-onalar farzandlarini Oliy ta'limda o'qishini xohlashsa, ikkinchi toifa ota-onalar esa ,,ro'zg'orga yordam bo'lsin" deb ularni ishga kirishini xohlashadi. Menimcha, hozirgi kunda yoshlar orasida Oliy ta'limda o'qishga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Buning bir qator afzalliklari bor. Birinchidan, bu ta'limda bilim olgan yoshlarning tasavvurlari, dunyoqarashi, yangiliklarga bo'lgan qiziqishlari yuqori bo'ladi. Ikkinchidan, bola ayni o'smirlik davrini keraksiz mashg'ulotlar bilan emas, balki o'qish bilan o'tkazadi. Chunki, imtixonlarga tayyorgarlik paytlari shu davrga to'g'ri keladi. Uchinchidan, oliy ma'lumotga ega bo'lgan ona farzandlarini yaxshi tarbiya qila oladi. Chunki bolani bilimli qilib tarbiyalash uchun, onaning o'zi bilimli bo'lmog'i lozim.Ayni vaqtda, sinfdoshim Muslimbek Kimsanov tibbiyot sohasida Oliy ta'limda o'qib, hozirgi kunda egallagan sohasi bo'yicha tajribali mutaxassis sifatida Rossiyada faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda bunday yoshlar har bir sohada ko'plab topiladi.
Ammo, ayrimlar Oliy ta'limda o'qib, mablag' va vaqt sarflagandan ko'ra ishga kirishni ma'qul ko'rishadi. Bunga sabab kimningdir oilaviy sharoiti og'irligi bo'lsa, kimningdir o'qishga bo'lgan qiziqishi yo'qligidir. ,,Har to'kisda bir ayb" deganlaridek, bu tanlovning ham kamchilik tomonlari bor. Birinchidan, juda ko'p sohadagi ishlar mavsumiy bo'ladi. Bu esa har doim moddiy mablag' yetarli bo'ladi degani emas. Masalan, dehqonlar yilning sovuq mavsumida ishlay olmaydilar. Ikkinchidan, texnologiya tobora rivojlanib borayotgan ushbu davrda, inson omiliga ehtiyoj kamayib bormoqda. Bu esa ishsizlikning ortishiga sabab bo'ladi. Masalan, qishlog'imiz markazida ochilgan oshxonaning yillik daromadi o'tgan yilga nisbatan sezilarli daraja pasaygan. Bunga sabab raqobatchi bo'lgan oshxonalarning ko'payishidir.
Mening fikrimcha, Oliy ta'limda o'qib, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan insonlarning davlat rivojiga foydasi ko'proq bo'ladi. Misol tariqasida aytsam, boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi har to'rt yilda 25 ta o'quvchiga ta'lim bersa, 30 yillik ish faoliyati davomida 750 nafar kelajak egalarining savodini chiqarar ekan. Hayotda bundan ham foydaliroq faoliyat bo'lmasa kerak,nazarimda.
Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki, o'z kelajagiga poydevor qo'ymoqchi bo'lgan yoshlar, xoh Oliy ta'limda o'qishni tanlasin, xoh ishga kirsin, avvalo, tanlagan sohasiga qiziqishi yuqori bo'lishi shart. Shundagina jamiyatga kerakli shaxs bo'lib yetishadi, sohasi bo'yicha odamlarga foydali bo'lgan yangiliklar yarata oladi. Zero, Islom Karimov aytganlaridek, ,,Kelajak- yoshlar qo'lida".

Boshlang'ich ustozlarimizdan
Fotima Fayzimatova essesi

Bizning kanalga qo'shilishni unutmang

@Essenamuna

4 months, 3 weeks ago

Hozirgi kunda yurtimizda istiqomat qilayotganlarning koʻpchiligini yosh oilalar tashkil etmoqda.Jamiyatning bir boʻlagi sifatida ayrim yosh oilalar oʻzlari alohida yashash tarafdori boʻlsalar, baʼzilari esa ota - onalari bilan yashashni maʼqul koʻrmoqda .O'zimga qolsa , yosh oila vakillari maʼlum vaqt ota - ona bilan birgalikda yashaganliklari ma'qulroq degan boʻlardim .Xoʻsh , aslida qaysi tanlov toʻgʻri ?
Oila vatan ichra kichik vatandir goʻyo.Bu vatanda ota - onalarning tarbiyasi ostida ularning jigarbandlari, nabiralari unib - oʻsadi , kamol topadi .Shu oʻrinda bir narsani ta'kidlab oʻtish kerakki,yosh oila vakillari uchun ularning ota- onalarining hayot yoʻli oʻrnak boʻlishi zarur. Shu bilan birga ularni birlashtiradigan eng muhim jihat shuki ,ularning bir uyda yashab , bir dasturxon atrofida samimiy, dildan suhbatlashishi, yaxshi - yomon kunlarni birgalikda boshlaridan kechirishlaridadir.
Bilamizki, oila muqaddas tuygʻu ekanini koʻpchiligimiz anglab ulgurganmiz .Shuni anglagan holda koʻp yoshlarimiz oʻzining mustaqil fikrga ega boʻlganligi sababli alohida yashashni maʼqul koʻrishmoqda.Ushbu tanlovning afzal tomonlariga toʻxtaladigan boʻlsak , birinchidan, yosh oila vakillari alohida yashab, ota- onalarining koʻmagisiz ham oʻz kuchi bilan hayot kechirishga harakat qiladi, ikkinchidan, mustaqil holda mas'uliyatni his qilib , oʻzi erkin oyoqqa turishga , kelajagi uchun yaxshi sharoit yaratishga urinadi.
Masalaga boshqa tomondan qaraydigan boʻlsak, hozirda ota- onalari bilan birga yashashni xohlovchi yoshlar ham topiladi.Sababi shuki , yo ular alohida , mustaqil yashashni istamaydi , yo mustaqil hayotga hali tayyor emas , yo yagona ( kichik ) farzand boʻlganligi uchun , yoki boʻlmasa , ota - onalarining sogʻligʻi yaxshi emas ... Buning afzal tomonlarini koʻrib oʻtadigan boʻlsak , yosh oilalar birinchidan, "hayot qozonida qaynagan" ota- onalaridan maslahat , duo oladi , ham doim ular bilan birga ; ikkinchidan maʼlum vaqt ular bilan birga istiqomat qilib , oq- u qorani taniydi , ularning farzandlari ham bobo - buvini tarbiyasini olib ulgʻayadi.
Mening fikrimcha, yosh oilalar biror qaror qabul qilishda shoshilmay, maʼlum vaqt ota - onalari bilan birgalikda yashab , ularning tarbiyasi , hayotidan o'rnak olib , mustaqil yashashga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qilib, keyin alohida yashashni tanlasalar , nur ustiga a'lo nur boʻlar edi.Ya'niki bugungi koʻp yoshlarning mustaqil holda oʻylamay - netmay tez qabul qilgan qarorlari yoki qilgan ishlari ajrimlar sonini yana bittaga koʻpaytirishi mumkin , afsuski .Undan koʻra yosh oila vakillari alohida yashaganda ham , birgalikda yashaganda ham ota-onalarning maslahatiga quloq tutib ish qilsa , juda - juda yaxshi ,albatta .Zero, "Maslahatsiz ish - oʻrinsiz tashvish ".
Fikrlarimni umuiylashtirib shu xulosaga keldimki, jamiki yosh oilalar xoh mustaqil va alohida yashasin , xoh ota- onalari bilan birgalikda yashasin ular orasidagi oqibat aslo yoʻqolmasin .Hatto hadislarda ham qarindosh - urugʻlariga , yaqinlariga mehr - oqibatli boʻlishning savobi kattaligi aytib oʻtilgan.
Shahlo Sobirjonova
Yaqinlaringizni kanalimizga taklif qiling
@essenamuna

4 months, 3 weeks ago

Ushbu darsimiz barchaga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

@milliysertifikatimizonatili

4 months, 3 weeks ago

**Esse mavzusi:Bugungi kunda ayrim yangi oilalar o'zlari alohida bo'lib yashashni istashsa, ayrim oilalar ota-onalari bilan yashashni afzal ko'rishadi.

Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Endilikda yosh oilalar ushbu  ro'zg'or deb atalmish makonga qadam qo'yishar ekan, ular bu "g'or" ni butlash gardanini o'z zimmasiga olish to'g'ri deb bilsa, ayrimlar esa ota-onalari yordamida qo'rg'on o'chog'ini jilovlashni ma'qul ko'rishadi.
Xo'sh, bu ikkala fikrning qay biri yosh oilalar uchun hayotga foydaliroq?!
Dunyoda shunday bir maskan borki, har birimiz unga intilamiz. Ishdan, mehnat jarayonlaridan shu oshiyon sari shoshamiz. Unda bizni chorlaydigan yaqinlarimiz mehri, umrimiz mazmuni boʻlgan jigargoʻshalarimiz yurak tafti mujassam. Bu ,albatta, oilamiz, xonadonimizdir.
Ushbu lahzalarni qo'rg'on ustunlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Negaki, ustunsiz oila misli qulayotgan daraxt kabidir. Birinchidan, ular ro'zg'or sirlaridan xabardor , hayot sinovlaridan ancha suyaklari qotgan tajribalidirlar. Farzandlarini hayot sirtmog'iga tushib qolmasligi uchun har tomonlama ko'maklashishadi. Ikkinchidan, makon va zamon qismlangandek, inson umrining davrlari ham mavjud va aynan ota-onalarimiz "dam olish" qismida ular qo'ynidan chiqib ketish -insofsizlikdir. Zero, Alloh qaytar dunyoni barchaning taqdiriga kiritib qo'ygandek,
"Kelin bo'ldim-qaynonamga yoqmadim,
Qaynona bo'ldim-kelinimga yoqmadim"
degan xalq maqoli bejiz aytilmagan.
Boshqa tomondan yondashilganda, oila mas'ulyatini o'z zimmasiga olish , yosh oilalarni "shafqat nima bilmaydigan "hayot ularni o'z maydonida garangsitib qo'yish turgan gap. Lekin bu maydonda ularni har tomonga uloqtirib tashlash bilan bir qatorda ularni ancha tajribali qiladi. Xalqimiz "hayot ko'zini ochib qo'ygan " degan o'xshatish ayni shu yo'singa aytilmaganmikin?
Shu sababdan ham oiladagi to'ng'ich farzand nafaqat ishda va oilada ham o'z o'rnini boshqa farzandlarga nisbatan tezroq erishadi.
Mening fikrimcha, o'z milliy qadryatlarimizdan chetlamagan holda, to'ng'ich farzand o'z vaqtida ota-ona qo'ynini tark etib, o'z oilasini barpo qilsa, eng kichik farzand oila ustuni panasida o'z oilasini butlagan ma'qul ,albatta, ularga bo'lgan hurmat va ehtiromni unutmagan holda. Negaki, ular ham biz kabi hayotga birinchi marta kelgan. Ular ham mehrga tashna insonlardir.
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, qachonki ,tarozi pallalari, teng miqdordagina tenglashganidek, oila tinchligi ham har ikkala tomon birlashgandagina yuzaga chiqadi
Asiye
Yaqinlaringizni kanalimizga taklif qiling.**@essenamuna

4 months, 3 weeks ago

**Mavzu: Bugungi kunda ayrimlar yengil avtomobillarda yo'lovchi sifatida yurish bir muncha yengilliklar berishini aytmoqda.Ayrimlar esa avtobuslarda yurish kerak deb hisoblashadi.

Bugun uzog'imizni yaqin, og'irimizni yengil qiladigan avtoulovlar turlicha xizmat ko'rsatish shakli hamda turli ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda. Ushbu imkoniyatlardan foydalanib, birov yo'nalishli avtobuslarda manzilga yetish ma'qul desa, ayrimlar yengil avtomobillardan foydalanish qulayligini ta'kidlaydi. Xo'sh, qaysi tomon fikrlari o'rinli?
Har bir jabhada raqobat avj olgan yangi asrda yo'lovchi sifatida avtoulov tanlash imkoniyati mavjudligi quvonarli hol. Qariyalar ta'biri bilan aytganda "g'ir etib manzilga olib borib qo'yadigan temir tulporlar" xoh avtobus ko'rinishida, xoh yengil avtomobil ko'rinishida xizmatimizga shay. Ayrimlar avtobuslar aniq vaqtda, va ma'lum bir yo'nalishda harakatlanishi bilan ustun ekanligini e'tirof etishadi. Yo'nalishsiz mashinaga minib, har bir yo'lovchini istagan manziliga tashlab vaqt yo'qotgandan ko'ra, avtobusda yo'lga chiqish hamyonga ham asabga ham foyda. Avtobuslarda yo'lkira narxlari arzon, sovutish, isitish tizimi va boshqa bir qator imkoniyatlar yaratilganligi, ayniqsa, har bir to'xtash manzili haqida ma'lumotlar berilishi tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun qulay deb, fikrlarini dalillashadi.
Ammo ko'pchilik yuqoridagi fikrlarga qarshi chiqib, shoshganda "labbay" deb turuvchi yengil avtomobillarda yo'lovchi sifatida yurish vaqtni tejash omili deyishmoqda.Firklari isboti sifatida "Tezkor taxi", "Yandex taxi", "My taxi" ilovalari orqali chaqilgan avtomobillar bilan istagan manzilga birpasda yetib olish mumkinligini aytib o'tishmoqda. Ushbu xizmatlardan foydalanganda (yo'lkira biroz qimmat bo'lsa ham) avtobuslardagi kabi salbiy holatlar: har bir bekatda to'xtash, kutish, tik turgan holda uzoq yo'l yurish kabi noqulay vaziyatlar bo'lmaydi, Ilon Mask kosmik kemalari samoda "kira qilayotgan"i kabi bizdagi yengil mashinalar ham tezkorlik bobida tengsiz, deya fikr bildirishmoqda ular.
"Gapning hissasi, yo'lning qisqasi yaxshi", deganlaridek, olis manzilni yaqinlashtiruvchi transportni tanlashda vaqt va naqdni hisobga olmoq maqsadga muvofiq, menimcha. Avtobusni ham, yengil avtomobilni ham o'ziga yarasha yengilligi va "injiqligi" bor.Keksa bir haydovchi bilan shu masalada suhbatlashganimizda:" Sayohat istasangiz avtobus, tezkorlik lozim bo'lsa, yengil avtomoshinada harakatlaninglar", - degan javobni oldik.
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, qanday transportda harakatlanishimizdan qat'i nazar, yo'lovchi odobiga amal qilaylik. Avtomashina bo'ladimi, yoki avtobusmi yaratilgan imkoniyatidan to'g'ri foydalanish - "oq yo'l" asosi ekanligini unutmaylik.

Gulchiroy Bozorova**

@essenamuna

"Essechilar"ga yuborib qo'yamiz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago