?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
*ОТАМ
Надоматда меҳнатга ботиб,
Бойлик учун умримни сотиб,
Гоҳ сизни ҳам унутдим отам
Ғам-ташвишга кўксимни отиб.
Ҳеч кимсадан камим бўлмади,
Ғурур шаъним ҳамон сўнмади.
Меҳнатингиз қошида бугун
Хизматимдан кўнглим тўлмади.
Сиз борсиз-ки, қаранг, бойдирман,
Сиз борсиз-ки, тошқин сойдирман.
Елкангизга қўйсам бошимни,
Қадди баланд ҳотамтойдирман.
Ҳасад отин минмаган отам,
Мехнат қилиб тинмаган отам,
Тоғдан баланд мағрур бошини
Ғанимларга эгмаган отам.
Насихатлар кўнглимга дармон,
Пандларидан қолмайди армон,
Аллоҳ суйган меҳрибон отам
Бахтим учун бор бўлинг омон!
✍Абдурахмон АБДУҲАЛИЛОВ
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari 💠*✈️
➡️** Telegram | Instagram
*Abdurahmonga
Nigohingga qadalgan ishq,
Orzulardan judomikin?
Qalamingga suyan shoir,
Shoir qalbi Xudoniki!
Qadamlaring shahdam-shahdam,
Ketmoqdasan qay yoqlarga?
Ukam buning hammasi ham,
Senga taqdir baholangan.
Tanlaganing olis manzil,
Mahkam tutgin so'zning kuchin
Mushkul,
Biroq harakat qil,
Otang uchun!
Onang uchun!
Biroz qiyin,
Lek boraring
Xo'p ulug' bir makon sening.
Bir mitti ruh,
Mitti jasad
Lek yuraging osmon sening.
Shu osmonga payvand bo'lib,
Singib ketsa ruhim qani.
O'rningdan tur yo'l olamiz,
Marralarni zabt etgani.
©* Xulkar Sherzodova
@Mashrab_oy
She'r uchun katta rahmat!
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari 💠*✈️
➡️ Telegram *| Instagram
KUTMAGANDIM
*Ey, siz begunoh odam,
Ne xato oʻtdi bizdan?
Boshqalardan kutsam ham,
Kutmagandim hech sizdan.
Baxt hohladi soʻlishni,
Gʻam oʻrgandi kulishni,
Ikki yuzli boʻlishni
Kutmagandim hech sizdan.
Ortingizdan boʻzladim,
Toʻgʻri yoʻlni koʻzladim,
Men ishongan doʻstlarim,
Kutmagandim hech sizdan.
Doʻst boʻlganda birovlar,
Tiriklay goʻrim kovlar.
Har boshda bor sinovlar,
Kutmagandim hech sizdan.
Yoʻlda qoldi nigohim,
Tavbam oz, koʻp gunohim,
Insof bersin Allohim
Kutmagandim hech sizdan.
Gʻiybatga botsin, mayli,
Qalbga oʻq otsin, mayli,
Dushmanlar sotsin, mayli,
Kutmagandim hech sizdan.
Yaramasdan korimga,
Pichoq tirar jonimga.
Achinmangiz holimga
Kutmagandim hech sizdan.
✍*Abduraxmon Abduxalilov
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari
➡️ Telegram | Instagram
ИншаАллоҳ тез кунда, хонанда Жалолиддин Аҳмадалиевнинг шогирдлари, истеъдодли ижодкор - Ёрматжон Мўйдинов *билан навбатдаги ижод маҳсулимизни эътиборингизга хавола этамиз.
"МЕНИ ЭСЛАМА"
✍ Абдурахмон Абдухалилов шеъри
? Ёрматжон Мўйдинов ижроси
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari
➡️* Telegram | Instagram
*YARASHGAN
Tanho gulim, bagʻringda-
Tikonlaring qalashgan.
Ishq yashirin qahringda
Azoblaring yarashgan.
Kulgichlaring oʻzingga,
Pardozlaring yuzingga,
Har bir jodu soʻzingga
Nayranglaring, yarashgan.
Makring koʻksim oʻymasa
Tinch qoʻy! - desam, qoʻymasa.
Bir koʻrganda toʻymasa
Tug'yonlaring yarashgan.
Kuttirma kech, zavolga,
Savol berma, savolga!
Qalbingdagi bahorga
Koʻylaklaring yarashgan.
Sevib, tonmoq koʻp ogʻir,
Men qalbingda musofir.
Ham sodda, ham mugʻombir
Qarashlaring yarashgan.
G'am yurakka borsinmi?
Shoir koʻngling olsinmi?
Oʻlchab tur qon bosimni
Shifolaring yarashgan.*✍Abduraxmon Abduxalilov
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari
➡️ Telegram | Instagram
*METRO VA XAT
Yodimdadir huv o’sha damlar,
Ilk uchrashuv.
Metro.
Dil bandi.
Yer ustida yigʻilgan gʻamlar,
Yer ostida halok bo‘lgandi.
Ko’zlaringga nimadir dedim,
Termulgancha biroz naridan.
Sochlaringni qizg’ongan edim,
"Beruniy"ning shamollaridan.
Hayolimda sochlaring silab,
Yuragimda muhabbat toshgan.
Seni sevib qolishim bilan,
Eskalator chalgan garmoshka.
Kel, chorlayman xurliqo atab,
Kelishaylik, kulgusi mayin.
Yuragimga kirganing sabab,
Yuragingga endi kirayin.
Yetar, to kay alam yutaman,
Taklif mendan, bu bir qoida.
Rozi bo‘lsang seni kutaman,
"Beruniy"ga tushish joyida.
✍Abduraxmon Abduxalilov*
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari
➡️ Telegram | Instagram
Bugun, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi muzeyida, Xiyobon oqshomlarining bu o'quv yili hisobidan ilk soni bo'lib o'tdi!
©Har bir she'r oʻqigan shoir-shoiralarga kitob sovgʻa qilindi. Kitobxoʻrlar maza qildi ))
"BESH KETMADIM"
*Ta'na sanchib qalblarida tugun bilan
Qalbni vayron qilganlarga hech, yetmadim.
Pana izlab soyalardan, bugun endi
Koʻksin kerib yurganlarga, besh ketmadim.
Oʻtmas inson, butun umr sarbon boʻlib.
Hayot oʻtar, hayotingdan handon kulib.
Ota uydan kechib shodon, davron surib,
Koʻrkam saroy qurganlarga, besh ketmadim.
Bor bo'lganda, tutib eshik tutqichini,
Yo'qchilikda yo'q bo'larkan har uchquni.
Yiqilishing kutib o'tar, kun-u tuni
Doʻstdan yuzin burganlarga, besh ketmadim.
Shukr qilmay Xudo bergan yo'q, boriga
Ogʻu separ, gullayotgan gulzoriga.
Molin emas, orin tikib qimoriga
Soxta-davron surganlarga, besh ketmadim.
Asli holi bir turgulik, bir o'lgulik
Xas singari qudrati yo'q arzigulik
O'tib ketar dunyoda ham shu besh kunlik
Magʻrur boʻlib yurganlarga besh ketmadim.
Gʻiybatimni qilavering, siz bemalol
Siz tomonda esaversin yengil shamol
Tulkilarda uvullash yoʻq, ba'ri zavol
Arslon kabi turganlarga, besh ketmadim.
✍Abduraxmon Abduxalilov she'ri*
Abduraxmon Abduxalilov Rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago