Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Kichik bir tuman uchun bu juda katta bir qadam.
Keyingi 10-15 yil ichida Marhamat tumanidan yangi iqtidorlar, olimlar chiqishi shubhasiz.
Har bir tuman, shahardagi tadbirkorlar, biznesmenlar mana shu akadan oʻrnak olishi shart. Havas qildim, ochigʻi. Namanganning har bir tumanida ham mana shunday kutubxona maskani yaqin kelajakda qad rostlashiga duodamiz.
*✅***@BahodirMahmud
“Ўзбекистонда бунақаси битта”: Марҳаматдаги айлана кутубхонага саёҳат
Андижон вилоятининг Марҳамат туманида Ўзбекистонда ягона бўлган айлана шаклда уч қаватли кутубхонада ҳозир 30 мингдан зиёд босма, 400 мингдан ортиқ электрон китоблар мавжуд. Ушбу зиё масканини тадбиркор Қобилжон Обидов Туркиядаги халқ кутубхонасига ҳавас қилиб, қуришга аҳд қилган ва бу ишни 6 ойдаёқ уддалаган.
*🏴 *Men ingliz tilini yaxshi koʻrardim. Ingliz tili ham meni yaxshi koʻrardi. Lekin bizning munosabatlarimizga direktorlik lavozimi qarshilik qildi. 😁****
Xullas, doʻstlar, ingliz tili natijalarim borgan sari pastlab boryapti. Ayniqsa produktiv koʻnikmalar (yozish va gapirish).
Onlayn darslar oʻtishga qaytaymikin?
Bilimni oʻstirish yoki ushlab qolishning eng samarali va sinalgan usuli oʻsha darajadan yuqori darajani kimgadir oʻrgatish va oʻqitishdir.
*✅***@BahodirMahmud
🤩 Yaxshi ishning qanot yozgani qanday yaxshi!
Chortoqlik kitobsevarlar tomonidan tuzilgan, bir necha oydan beri samarali faoliyat olib kelayotgan "Carpe Diem" kitobxonlik klubining yana bir ekvivalenti, ayollar va qizlardan tashkil topgan"Ad Meliora" kitobxonlik klubi oʻz faoliyatini boshlabdi.
Ikkala klub ham bir xil kitob oʻqiydi. Qoidalar ham bir xil.
Yagona farq - "Ad Meliora" klubi faqat mutolaasevar ayol va qizlar uchun.
Ikkita klubning nima keragi bor? Bittasida hamma davom etsa boʻlmaydimi degan savol boʻlishi mumkin.
Biz "Carpe Diem"chilar odatda, kech soatlarda, hamma ishini yakunlangach muhokamani oʻtkazamiz. ⏰
"Ad Meliora" esa vaqt masalasi bilan bogʻliq muammosi bor opa-singillarimiz uchun ayni muddao.
Agar siz ham klub a'zosi boʻlishni istasangiz quyidagi kanalga qoʻshilib, tashkilotchilarga bogʻlanishingiz mumkin:
✉️ Bu xabarni kitobsevar doʻstingizga yuborishni unutmang.
*✅***@BahodirMahmud
🎁 Oʻzimga oʻzim sovgʻa ulashdim.
Mutolaa dasturidan bir yillik obuna sotib oldim.
📚 139 500 soʻm uchun yuzlab kitoblarni bepul oʻqiy olaman.
*✅***@BahodirMahmud
*📚 *Odil Yoqubov. "Diyonat"
"Carpe Diem" kitobxonlik klubi bilan biz bir emas, ikki emas, naq o'nta kitobni birgalikda mutolaa qildik! 💪
10-kitobimiz Odil Yoqubovning "Diyonat" romani bo'ldi.
Kitob tog'a (Normurod Shomurodov) va jiyan (Otaqo'zi Umarov) obrazlari orasidagi munosabat asnosida qurilgan.
Shomurodov yillar davomida halol yashashga harakat qilgan, kitobsevar, ilmsevar, adolat bobida o'z shaxsiy tamoyillariga ega shaxs. Oqni oq deydi, qorani qora. Qarindoshm do'st-og'ayni degan gaplarni bilmaydi. Balki shu sabab yonida kampiri Gulsara ayadan boshqa yaqini yo'q. Yagona o'g'li Jabbordan esa urush sabab ayrilgan. Yuragida farzand dog'i bor inson.
Otaqo'zi esa tog'asidan farqli o'laroq, ushlagan joyini uzadigan, hamma narsaga erisha olaman deb o'yladigan insonlardan biri. Talabalik yillarida tog'asi Shomurodov domlanikida katta bo'lgan, ularning o'g'illari o'rniga o'g'il bo'lgan, keyinchalik uylanib, bola-chaqali bo'lib, hamma ota singari farzandlari kelajagi uchun borini berib harakat qiladigan obraz. Rahbarlik sifatida o'ziga berilgan loyihalarni do'ndirib bajarib, barcha yuqoridagilarning sevimli "motor"iga aylangan rahbarlardan biri.
Qolgan qahramonlar esa mana shu yuqoridagi ikki qahramon atrofidagi insonlar. Asar o'sha paytdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ifodalaydi. Ilm va ilmsizlik, mehnat va dangasalik, oriyat va sharafisizlik, mardlik va nomardlik jarayonlari turfa xil obrazlar orqali ochib berishga harakat qilinadi.
*⭐️ *Asar uchun reyting: 6/10
📚 Boshqa asarlar uchun taqrizlar
*✅***@BahodirMahmud
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her