Ayol buyum emas!

Description
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan ijtimoiy loyiha.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 Jahr her
**Xorazmlik pedofillar sud zalidan qamoqqa olindi. …

Xorazmlik pedofillar sud zalidan qamoqqa olindi. Berilgan muddat kulgili
«Hozirgina JIB Toshkent shahar sudi appelyatsiya hay‘ati Xorazm viloyati Adliya bosjqarmasi sobiq rahbari Oybek Masharipov (3 yilga) va Yangiariq tumani FVV sobiq boshligi Anvar Kuryazov (2 yilga) sud zalida qamoqqa oldi».
Qiziq, avvalroq, Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topilgan erkak 15 yilga qamalgandi.
Yaqinda Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak ham 15 yilga qamalgandi.
Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkak 12 yilga qamalgandi.
Yana bir misol, Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi.
Uning davomi ko’p…

Sud tafsilotlarini kutamiz. Nega muddat bu darajada boshqalaridan farq qilgan ekan?

Ulashing:
Telegram | Instagram | X

1 Jahr, 3 Monate her

Aziz ayollar, qadrli opa-singillar! Siz zulm va tazyiqlar uchun yaralmagansiz. Oʻzingizga nisbatan har qanday zulmdan uzoqlashing!

Oʻlim soʻnggi chora emas.
Ajralish oʻlim emas.
Zulmga soʻzsiz toqat matonat emas.
Ayol buyum emas.

Ulashing:
Telegram | Instagram | X

1 Jahr, 6 Monate her
Ayol buyum emas!
1 Jahr, 6 Monate her
Ayol buyum emas!
1 Jahr, 6 Monate her
Metroda tutqichni ushlab turgan qizning qo’lini …

Metroda tutqichni ushlab turgan qizning qo’lini bosib turishga harakat qilgan «prank» ijrochilarining tarmoqlardagi sahifasini topdik.

Ana endi IIBB ishni ko’rishi yana ham osonlashadi, degan umiddamiz. Ular ekanligiga shubha deyarli yo’q. Kiyim va tashqi ko’rinish avvalgi joylangan postlar bilan bir xil.

IIBBdan holat bo’yicha o’z vaqtida chora ko’rishlarini so’rab qolamiz.

#ayolbuyumemas #zoravonlikkaqarshimiz #stopviolence #zoravonliknitoxtat

Telegram | Instagram | Twitter

1 Jahr, 6 Monate her

Metroda qo‘llar prankiSen olib qochasan. U taʼqib qiladi. Ortda esa jarayonni prank sifatida videoga olib turishadi.
Toshkent metropolitenida tutqichdan ushlab turgan qizga tegajog‘lik qilgan yigitning videosi tarqaldi.
Unda ikki yigitdan biri telefonga video olishni boshlaydi. ikkinchisi esa qo‘li bilan tutqichdan ushlab turgan qizning qo‘lini bosib turishga harakat qiladi. Qiz qo‘lini olib qochsa ham, yana harakatda davom etadi.Nemolchining [yozishicha](https://t.me/nemolchiuz/8723), bu TikTokerning pranki ekan. U videoni tarmoqqa qo'yib keyin o'chirib tashlagan. Toshkent shahar IIBBga murojaat qilganimizda, ular holatni o'rganishlarini aytishdi.

Yo‘q, vahima qilinmayapti, albatta)Bu oddiy holatdek ko‘rinishi mumkin. Ammo, fuqarolarning buni ataydan tasvirga olishiga haqqi bor yoki yo‘qligi qiziq. Videodagi qiz kim, yigitlarni taniydimi yoki yo‘q, o‘zi uni videoga olishganini biladimi, yo‘qmi? Buni bilish qiyin) Balki arz ham qilmagandir.

Biroq, unga eslatib o‘tmoqchimiz, agar u holatdan bexabar bo'lsa, O‘zbekistonning tegishli qaroriga ko‘ra, uning o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etishga haqqi bor!#ayolbuyumemas #zoravonlikkaqarshimiz #stopviolence #zoravonliknitoxtat

Telegram | Instagram | Twitter

1 Jahr, 6 Monate her

Metroda qo‘llar pranki
Sen olib qochasan. U taʼqib qiladi. Ortda esa jarayonni prank sifatida videoga olib turishadi.
Toshkent metropolitenida tutqichdan ushlab turgan qizga tegajog‘lik qilgan yigitning videosi tarqaldi.
Unda ikki yigitdan biri telefonga video olishni boshlaydi. ikkinchisi esa qo‘li bilan tutqichdan ushlab turgan qizning qo‘lini bosib turishga harakat qiladi. Qiz qo‘lini olib qochsa ham, yana harakatda davom etadi.
Nemolchining [yozishicha](https://t.me/nemolchiuz/8723), bu TikTokerning pranki ekan. U videoni tarmoqqa qo'yib keyin o'chirib tashlagan. Toshkent shahar IIBBga murojaat qilganimizda, ular holatni o'rganishlarini aytishdi.

Yo‘q, vahima qilinmayapti, albatta)
Bu oddiy holatdek ko‘rinishi mumkin. Ammo, fuqarolarning buni ataydan tasvirga olishiga haqqi bor yoki yo‘qligi qiziq. Videodagi qiz kim, yigitlarni taniydimi yoki yo‘q, o‘zi uni videoga olishganini biladimi, yo‘qmi? Buni bilish qiyin) Balki arz ham qilmagandir.

Biroq, unga eslatib o‘tmoqchimiz, agar u holatdan bexabar bo'lsa, O‘zbekistonning tegishli qaroriga ko‘ra, uning o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etishga haqqi bor!

1 Jahr, 7 Monate her
**2023: Zo’ravonlik darajasi eng yuqori va …

2023: Zo’ravonlik darajasi eng yuqori va eng past bo’lgan mamlakatlarZo'rlash butun dunyo bo'ylab millionlab odamlarga ta'sir qiladigan jiddiy jinoyatdir. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har 3 ayoldan 1 nafari hayoti davomida jinsiy zo'ravonlikka duchor bo'ladi. Bu statistika BMT hisob-kitoblariga ko'ra, 72 dan ortiq mamlakatda zo'rlash masalasini hal qiluvchi qonunlar hali ham mavjud emasligini hisobga olgan holda insonlarda chuqur tashvish uyg'otadi.

Huquqiy himoyaning yo'qligi va andisha sabab zo’ravonlik haqida tegishli tashkilotlarga xabar berilmasligi zo’ravonlikning dahshatli tarzda oshib ketishiga sabab bo’ladi. Masalan, BMT Ayollar tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, zo'rlanishlarning atigi 10 foizi butun dunyo bo'ylab rasmiylarga xabar qilinadi xolos. Qolgan hollarda zo’ravonlik bo’yicha ma’lumot yetib kelmaydi va millionlab ayol-qizlarning hayoti barbod bo’lishda davom etmoqda.

Zo'rlash darajasi eng yuqori bo'lgan mamlakatlar1. Botsvana – har 100 ming kishiga nisbatan 96,87 holat
2. Lesoto – 89,29 holat
3. Grenada – 88,87 holat
4. Shvetsiya – 87,97 holat
5. Esvatini – 82,73 holat
6. Janubiy Afrika – 70,22 holat
7. Sent-Kitts – 56,46 holat
8. Nevis – 56,46 holat
9. Panama – 53,98 holat
10. Surinam – 43,3 holat

Zo'rlash darajasi eng past bo'lgan mamlakatlar1. Ummon – har 100 ming kishiga nisbatan zo‘rlash holatlari 0
2. Bermud – 0
3. Saudiya Arabistoni – 0,09
4. Misr – 0,12
5. Ozarbayjon – 0,15
6. Suriya – 0,17
7. Mozambik – 0,19
8. Falastin – 0,25
9. Tojikiston – 0,36

#ayolbuyumemas #zoravonlikkaqarshimiz #stopviolence #zoravonliknitoxtat

Telegram | Instagram | Twitter

1 Jahr, 7 Monate her

​​Men feminist erkakman

Iya, shunaqasiyam boʻlarkanmi, deyapsizmi? Boʻlganda qandoq? Yoki siz feminizmni faqat va faqat xotin-qizlar bayroq koʻtarib chopadigan harakat deb oʻylaysizmi hali ham?

Umuman olganda, feminizm ​​— jamiyatda ikkala jins vakillarining teng huquqli boʻlishini talab qiluvchi, va xususan, ayollarning haq-huquqlari poymol etilishiga, seksizmga (jinsiy diskriminatsiya) qarshi turuvchi oqim. Eng muhimi, bu bir jins vakillaridan tashkil topgan harakat emas. Qaytanga, erkaklar feministroq boʻlishi kerak. Har qalay men shunday tushunaman.

Sababi, men bugun erkak sifatida onam jamiyatda kimdandir past koʻrilishini, boʻlgʻusi umr yoʻldoshim ayol jinsidan boʻlgani uchungina kamsitilishga uchrashini, Xudo siylaydigan boʻlsa, farzandim “qiz bolaga pishirib qoʻyibdimi” degan tamgʻa taʼsirida isteʼdodini, ilmini, salohiyatini yuzaga chiqarolmay armonda qolishini istamayman. Uchala holatni ham hazm qilolmayman.

Yoʻq, sira fikrimni yanglish tushunmang. Mutaassib kishilardek kalta oʻylamang. “Ayol kishiga hamma narsa mumkin boʻlishi kerakmi?”, “Xotin-qizlar falon-piston chegaralarni bilishi kerak!” degan xitoblaringizga kelsak. Birinchidan, hech qaysi feminist mumkin boʻlmagan narsani talab qilmaydi. Aksincha, oʻz huquqiga, yaʼni mumkin boʻlgan narsaga toʻsiq qoʻymasliklarini soʻraydi. Ikkinchidan, ayollar bilishi zarur boʻlgan chegaralarni, aslida, erkaklar ham bilishi kerak. Zotan, haligacha hech qaysi “chegara”da faqat erkaklarga “hatlab oʻtish” mumkin deyilganiga duch kelmaganman.

Ayol hech qachon erkak boʻlishga yo undan baland boʻlishga daʼvo qilmaydi. Insoniy huquqlarinigina erkin istifoda etishni xohlaydi. Agar onam, boʻlgʻusi rafiqam va qizimning tarafida turib, ularning insoniy haqlarini himoya qilish feminizm hisoblansa, men bundan mamnunman.

@usmonosphere

[​​](https://telegra.ph/file/dc0f45ce3d2c108ec384d.jpg)**Men feminist erkakman**
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago