Samgin Qurbonov

Description
Ona tili va adabiyot fani bo'yicha repetitor, filolog hamda "Samarqand til maktabi" asoschisi Samgin Qurbonovning rasmiy kanali.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

14 hours ago
1 day, 10 hours ago

Chiroyli yashay olmasangiz, mayli, lekin chiroyli gullang.
Ushbu gapda vergul tinish belgisi qanday munosabat bilan qoʻllangan?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

1 day, 14 hours ago

⚡️Muhokamali esse yozishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar:

📌 1. Aniq mavzudan chetga chiqish.
Muhokamali esseda asosiy mavzudan og‘ish yoki umumiy gaplar bilan to‘ldirish uning mazmunini susaytiradi.
📌 2. Dalillar yetarli emas.
Fikrlaringizni isbotlash uchun yetarli dalillar yoki misollar keltirmaslik esse ishonchliligini pasaytiradi.
📌 3. Tuzilmaning noto‘g‘ri bo‘lishi.
Kirish, asosiy qism va xulosa aniq ajratilmasa, esse tushunarsiz bo‘lib qoladi.
📌 4. Biryoqlama yondashuv.
Muhokamali esse har ikkala tomonning fikrlarini tahlil qilishi lozim. Faqat bitta nuqtayi nazarga munosabat bildirish esse sifatini pasaytiradi.
📌 5. Xulosa sifati.
Yaxshi xulosa asosiy fikrlarni umumlashtirishi va o‘quvchiga kuchli taassurot qoldirishi kerak.

Muhokamali esseni yozishda aniq dalillar, to‘g‘ri tuzilma va muvozanatli yondashuv muhim!

@samgin_qurbonov

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago

⚡️ G'azal tahlilidagi muammolarning sababini ko'pchilik o'quvchilar mumtoz matnlar va tarixiy so'zlar ma'nosini tushunmaslik bilan bog'lashadi. Bu qarash, albatta, qay darajada to'g'ri. Biroq muammolarning sababi faqat shugina emas.
Yana bir muhim sabablardan biri - sintaktik tahlil ko'nikmalarining yetishmasligi yoki yetishganda ham mumtoz she'rlar tahliliga nisbatan "Sintaktik tahlil" metodini tatbiq qilmaslikdir.

Mumtoz matnlar tahlilida quyidagilarga amal qilsangiz, tahlil darajangiz ancha oshadi:
gap bo'laklarini to'g'ri aniqlash;
inversiyani to'g'rilab she'riy matnni nasriy matnga aylantirish.

@samgin_qurbonov

2 months, 2 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

#nazariy_bilim

Nido she'riyatda undalmalardan foydalanish san‘ati hisoblanadi. Boshqa sheʼriy sanʼatlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuygʻulari poʻrtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, oʻzining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan, “Rustamxon” dostonida Sultonxon Rustamga “qoʻzim” deb murojaat etadi:

Necha kun, necha tun orada oʻtdi,
Rustamga Sultonxon u soʻzni aytdi:
– Quloq solgin xon otangning tiliga,
Qoʻzim, ketayik-da Oqtosh eliga
.

@samgin_qurbonov

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
2 months, 4 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago