Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Mubosharat

Description
Ushbu kanalda er-xotin orasidagi halol jinsiy aloqa haqida shariat doirasida so‘z yuritiladi.

Linkni ko'rsatmay nusxa olishsa, rozi emasmiz!
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 2 weeks ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 days, 22 hours ago

1 month, 3 weeks ago

💞 Er-xotin baxtiyor yashashi uchun 3 ta muhim tavsiya

Bu tavsiyalarni nafaqat turmush qurganlar, balki endi turmush qurmoqchi bo'lgan insonlar ham bilishlari lozim.

Aytilgan maslahatlarga amal qilsangiz, oiladagi bir qancha muammolar o'z yechimi topadi va hayotingizga farovonlik kirib keladi.

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago

Kun.uz'dagi ushbu xabarda aytilishicha, 2022-yilda qariyb 50 000 ta oila ajrashgan ekan.

Garchi bu ma'lumot 2 yil oldingi holat haqida bo'lsa ham, o'tgan yili ham bu raqamlar keskin tushgan deb ishonish qiyin.

10 dan ortiq oila va farzand tarbiyasi haqidagi kitoblar muallifi sifatida ayta olamanki, ajrashishlarning eng boshlanishi avvalo qalbdan boshlanadi.

— Juftlarning bir-biriga befarqligi, ko'ngil sovishi, juftlarning bir-birlarini tushunmay urushib qolishlari, bir-biriga ishonchsizlik, oiladagi muhabbatning kamayishi...

Kimlardir bunga chidab yashaydi, boshqalar ajrashib ketadi. Toki holatni isloh qilish imkoni bor ekan, ikkala holat ham to'g'ri emas.

Buning uchun oiladagi muhabbatni ziyoda qiluvchi, er-xotinni butun umr bir-biriga g'amxo'rlik qilib ahl-inoq yashashlarini ta'minlovchi bilimlar yoki amallar bor. Mana shulardan foydalanish kerak.

Kun.uz

2022 yilda qariyb 50 mingta nikohdan ajrashish holati qayd etildi

2022 yilda O‘zbekistonda 48 734 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan.

[**Kun.uz**](http://Kun.uz/)**'dagi** [**ushbu xabarda**](https://kun.uz/news/2023/01/20/2022-yilda-qariyb-50-mingta-nikohdan-ajrashish-holati-qayd-etildi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F01%2F20%2F2022-yilda-qariyb-50-mingta-nikohdan-ajrashish-holati-qayd-etildi) **aytilishicha, 2022-yilda qariyb 50 000 ta oila ajrashgan ekan.**
1 month, 3 weeks ago
Jinsiy aloqani yanada lazzatli qiluvchi vosita …

Jinsiy aloqani yanada lazzatli qiluvchi vosita bu muhabbatdir. O‘zaro kuchli muhabbat bo‘lsa, aloqaning soni ham, sifati ham oshadi.

#Erkaklar #Ayollar #tavsiya

@Mubosharat

1 month, 3 weeks ago

Turli sabablar bilan erkak kishi aloqani erta tugatadigan dardga mubtalo bo'lishi mumkin. Bu dunyodagi ko'plab erkaklarda uchraydi va undan davolanishdan xijolat bo'lmaslik kerak. Quyidagi hikoya uslubida ikki davo chorasini ko'rib o'tamiz:

  1. Shomil shu dard bilan shifokor ko'rigiga bordi. Qabul uchun 250 ming so'm to'lov qilib urologga uchradi. U Shomil bilan qisqa suhbat o'tkazgandan keyin tekshiruv o'tkazish uchun alohida xonaga olib o'tdi. U yerda Shomildan shimini yechib, orqasini tutib turishi so'raldi. Bu uning uchun juda xijolatli holat edi, ammo shifo istasa, boshqa chora ham yo'q edi. Oxirgi vaqtlarda jinsiy aloqada ayoli qoniqmayotgani sababli oralarida tez-tez muammo yuzaga keladigan bo'lib qolgan, oilada halovat yo'q. Har gal ayoli oldidagi xijolatchilikdan yer yorilsa, yerga kirgudek bo'ladi. Shuning uchun doktorning talabini qondirdi. Doktor tibbiy qo'lqop bilan Shomilning orqa chiqaruv teshigiga qo'lini tiqdi... Tahlil natijalariga ko'ra Shomilga 10 kunlik muolaja yozildi. U dorilarni 800 ming so'mga xarid qildi, so'ng doktorga qatnab 10 kun davomida ukol oldi va tabletkalarni o'z vaqtida ichib yurdi. O'n kunlik muolaja uchun doktorga 500 ming so'm to'lov qildi. Shukrki, shunga yarasha foyda sezildi. Ammo doktor Shomilga bu muolajalar vaqtincha ekanini, vaqt o'tishi bilan avvalgi holiga qaytib qolishini aytgan edi. Darhaqiqat, shunday bo'ldi.

Shomil boshqa doktorlarga borgani, ularda qanday tekshuvlar, qancha xarajat bo'lganini yozmadik. Ammo natija o'xshash edi.

  1. Komil @Mubosharat kanalida tez bo'shanishning davosi haqida audioma'lumot borligini o'qib qoldi. Uni @Hubbuna_admin dan 99 ming so'mga xarid qilib, o'zi o'ziga tashxis qo'ydi, hech qanday dori sotib olmay audioma'lumotda aytilganlarga amal qildi va tamomila tuzaldi. Qanday davolanganini hatto ayoli sezmadi. U endi kamida 15–20 minut aloqa qilar, ayoli ham bundan mamnun, oilasiga quvonch kirib qoldi. Qizig'i, vaqt o'tgan sari aloqa davomiyligi ham oshib boradi.

@Mubosharat

1 month, 4 weeks ago

Farzandli bo'la olmayotgan yosh oilalar, siqilmang, albatta, farzand ne'mat, kerak. U ham vaqti kelib bo'ladi, ungacha bu damlarni g'animat fursat biling. Hali bolali bo'lganda hammasi o'zgarganini ko'rasiz — umrning har davrining o'z gashti bor!

@Mubosharat

1 month, 4 weeks ago

Odamlar hatto ibodatlarini videoga olib, yaqinlariga jo'natadigan, internetga chiqaradigan davrda yashayapmiz. Ovqatlangani-yu bolasini o'yingohga olib borganidan yetti mahalla xabardor bo'lyapti. Shu bitta ishni videoga olib qo'ymayaptilar, xolos. Olib qo'ymayotgan bo'lsalar uni ham!..

#tushungan_tushundi

@Mubosharat

1 month, 4 weeks ago

Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar

Yangi pishirilgan halim asablarga kuch beradi, erlik urug‘ini ko‘paytiradi va jinsiy quvvatni oshiradi.

Yangi sog‘ilgan sigir sutini ichish yoki sutni yong‘oq mag‘zi yoki xurmo bilan iste’mol qilish maniy (erlik urug‘i) paydo qiladi, shahvat quvvatini oshiradi.

Yangi sog‘ilgan sutga arablarda o‘sadigan xurmo (finik) mevasidan va dolchindan bir kecha-kunduz ivitib qo‘yib, keyin eyilsa va ustidan yangi sut ichilsa, jinsiy a’zoni baquvvat qilib, shahvatni kuchaytiradi. Ammo bu tadbir issiq o‘lkalarda va issiq mijozli kishilarga to‘g‘ri kelmaydi.

Olma gulining murabbosi, ya’ni gulqandi jinsiy a’zoni quvvatli qilib, harakatga keltiradi, yurakni baquvvat qiladi. Buning uchun olma gulini ikki baravar ko‘p qizil atirgul yaproqlari bilan aralashtirib, gulqand tayyorlanadi. Buni iste’mol qilishning bir kunlik miqdori 30 grammgacha.

Eman (dub) daraxti mevasini xamir yo loy orasiga joylab olov qo‘rida pishirsangiz, buni sabzi murabbosi yoki boshqa quvvatbaxsh vositalar bilan iste’mol qilsangiz, badanga kuch bag‘ishlaydi, jinsiy quvvatni oshiradi, badandagi zararli xilt va zaharlarni haydab chiqaradi. 

Tudariy (tikanli daraxt turi) urug‘ini eyilsa, ishtahani ochadi, jinsiy quvvatni oshirib, erlik olatini harakatga keltiradi.

Omila (Hindistonda o‘sadigan daraxt mevasi) asal va dolchinga aralashtirib iste’mol qilinsa, tanani bardam qilib, shahvat quvvatini oshiradi.

Baliqning hamma turi shahvoniy quvvatni oshiradi, agar baliq piyoz bilan yeyilsa, maniyni (erlik urug‘ini) ko‘paytiradi. Mayda baliq kabobini qurigan gazako‘t, sedana urug‘i, petrushka urug‘ini teng miqdorda olib kerakli miqdordagi zaytun yog‘i bilan nonxurush qilib eyilsa, erlik quvvatini oshiradi.

Shahvatni jonlantirishda kiyik, o‘rdak, bedana, chumchuq, qo‘tos, arxar (tog‘ echkisi) go‘shtlarini iste’mol qilish yaxshi samara beradi.

Manba: Tib.islom.uz#Salomatlik

@Mubosharat

2 months ago

Oila rahbarining sifatlaridan biri mast qiluvchi ichimliklar ichmaslikdir. Chunki rahbar hamisha hushyor bo'lishi kerak.

Mast qilivchi ichimliklar ichmaslik uchun eng sodda aqliy misol: erkak mast bo'lganida na o'zining, na ayolining nomusini himoya qila oladi. "Yirtaman!" deb baqirishi mumkin, lekin oyog'ida zo'rg'a turgan kishi hech narsa qila olmaydi. Rahbar bunday bo'lmaydi-da!

Erkak hamisha hushyorlik bilan ayolining oldida hurmat, e'tibor qozonsa, ayoli ham unga itoat qiladi. Butilkaga "qul" bo'lgan erkakka ayol itoat qilmaydi. Bunday oilada er rahbar bo'lmaydi. Erkak rahbar bo'lmagan oilada esa halovat, saodat bo'lmaydi!

#Erkaklar

@Mubosharat

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 2 weeks ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 days, 22 hours ago