Mubosharat

Description
Ushbu kanalda er-xotin orasidagi halol jinsiy aloqa haqida shariat doirasida so‘z yuritiladi.

Linkni ko'rsatmay nusxa olishsa, rozi emasmiz!

Reklama uchun: @Mubosharat_rek
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 1 day ago

1 day, 23 hours ago

Homiladorlik nimalarni o’rgatadi?

Homiladorlik — nafaqat yangi hayot bosqichi, balki o’zingizni va atrofdagilaringizni yaxshiroq tanib olish imkoniyati hamdir. Bu davrda:
1. Eringiz qanday insonligini bilib olasiz. U sizni qo’llab-quvvatlaydimi yoki hammasini faqat sizning zimangizga tashlab qo’yadimi?

2. Do’stlaringiz bormi yoki yo’qmi — bilib olasiz. Yaqinlaringiz bu davrda sizga qancha vaqt va e’tibor ajratadi? Ular siz bilan birga quvonib, sizga yordam beradimi yoki homiladorlik bilan sizni yolg’iz qoldiradimi?

3. Asablaringiz qanchalik mustahkamligini sinab ko’rasiz. Bu davrda ko’p sabr qilish va ichki xotirjamlikni saqlash juda muhim.

Homiladorlik — bu sinov bo’lishi mumkin, ammo bu sinov hayotingizda nimalar ustida ishlash kerakligini ko’rsatib beradi.

#Homila

@Mubosharat

2 days, 2 hours ago

Ayollarda jinsiy aloqadan keyin siydik chiqarishning ahamiyati

Jinsiy aloqadan keyin siydik chiqarish ayollarda siydik yo’llaridan bakteriyalarni chiqarib yuborishga yordam berishi mumkin. Bu, ayniqsa, siydik yo’li infeksiyalari (SYI) rivojlanish xavfini kamaytirishda foydali hisoblanadi.

SYI, jumladan, sistit, jinsiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki jinsiy aloqa davomida bakteriyalar siydik yo’llariga kirishi ehtimoli oshadi. Ammo SYI xavfi faqat jinsiy aloqa bilan bog’liq emas. Bunga quyidagilar ham ta’sir qiladi:
• Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik;
• Immunitetning pasayishi;
• Siydik yo’llarining anatomiya xususiyatlari;
• Gigiyenik vositalarning noto‘g‘ri ishlatilishi.

Profilaktika choralari sifatida jinsiy aloqadan keyin siydik chiqarish tavsiya etiladi, lekin bu infeksiyaning to‘liq oldini olish kafolati emas. Shuningdek, jinsiy faoliyatdan oldin va keyin gigiyenaga e’tibor qaratish, toza suv bilan yuvinish va zarurat bo‘lganda shifokorga murojaat qilish muhimdir.

#Salomatlik

@Mubosharat

2 days, 13 hours ago

Jinsiy aloqadan keyin nima qilish kerak?

Agar kinolarda jinsiy aloqadan so'ng juftliklar uyquga ketsa, hayotda biroz boshqacharoq bo'lgani yaxshi.

Biz bunga tibbiyot va psixologik nuqtai nazardan yondashamiz.

  1. Aloqadan so'ng oz vaqt bo'lsa-da er-xotin bir-birini quchoqlab yotishi ularda ma'naviy yaqinlikni kuchaytiradi. Chunki aloqadan so'ng erkak ham, ayol ham bir-biriga iliqlik hissini sezadi.

  2. Bir-biriga erkalanib bo'lgach ayol kishi yuvinishdan oldin albatta hojatga borishi lozim. Siydik pufagi bo'sh bo'lgan taqdirda ham har safar jinsiy aloqadan so'ng siydikni kuchanib bo'lsa ham chiqarish sistit va boshqa infeksion kaslaliklarni rivojlanishini oldini oladi.

  3. Ayol ham, erkak ham aloqadan so'ng yuvinishlari muhim.

  4. Agar homiladorlik rejalashtirilayotgan bo'lsa, u holda jinsiy aloqadan so'ng kamida 30 daqiqa davomida ayol oyog'ini boshdan yuqoriroq holatga keltirib yotishi lozim. Bu holat homilador bo'lish ehtimolini oshiradi.

  5. Jinsiy aloqani tugatish jarayonida ba'zi erkaklar kontrasepsiya vositasi sifatida tashqariga chiqarishga odatlanadilar. Bu vaziyat ayol va erkak organizmi uchun salbiy ta'sirga ega. Birinchidan, erkak aloqa sifatini to'liq his qila olmaydi, ikkinchidan vaqt o'tgan sayin jinsiy aloqani tugatishi bilan muammolarga duch keladi. Ayolda esa tugallanmagan holat yuz beradi. U jinsiy aloqadan lazzatlana olmaydi, mushaklari tajang holatda qolib ketadi. Hadeb shunday takrorlanishi davomiy jinsiy qoniqmaslik holatini keltiradi. Bu esa boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.

  6. Jinsiy aloqadan so'ng hech qanday vositalarni jinsiy a'zolarga surish mumkin emas.

  7. Aloqadan so'ng dam olish jinsiy quvvatni qayta tiklanishiga yordam beradi.

  8. Jinsiy aloqadan so'ng agar juftlikda bunga ehtiyoj va xohish bo'lsa, qayta jinsiy aloqaga kirishish mumkin.

  9. Jinsiy aloqa faqat fiziologik qo'shilish bo'lmay, ma'naviy yaqinlashish ham bo'lishi uchun, undan so'ng ayolga minnatdorchilik bildirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

  10. Jinsiy aloqadan so'ng tabassum qilish lazzatlanish davomida jo'sh urgan yaxshi kayfiyatni davomiyligini oshirib beradi.

Feysbukdan olindi.

#tavsiya #Erkaklar #Ayollar

@Mubosharat

1 week, 2 days ago

Ayollarga nima kerak?

Taak, aslida ayollarga juda koʻoʻp narsa kerak... Tek qoʻysangiz "Tojmahal" qurib bering ham deyaverishadi. Lekin har narsaning qalovi boʻlgani kabi ayollarning ham qalovi bor. Oʻshani topsangiz qolgan istaklarini hammasini bajarmasangiz ham sevilaverasiz. 😉

Nima ekan oʻsha qalov desangiz, bu eʼtibordir degan boʻlardim. Eʼtibor ayolni goʻzallashtiradi, sevintiradi, plyus sizga boʻlgan sevgisini ziyoda qiladi.

Eʼtibor berish qiyin emas, shunchaki qilayotgan ovqatini, hizmatini, uy ishlarini baholang, maqtang. Oh, oh... Bu ayollarga juda yoqadi... Ayolingizni kuzating nimani zavq bilan bajaryapti, oʻsha ishga siz ham qiziqyotganizni ayting, tamom... Qarabsizki, qarshingizda sizdan mamnun ayol turibdi😊.

Yana boshqa maqtaladigan ishlari ham bor bilasizlar-a? Eng asosiysi qolib ketmasin yana... 🙈

#tavsiya

@Mubosharat

1 week, 2 days ago

Jinsiy hayot va sog‘lom umr davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlik

Olimlar jinsiy hayot va umumiy sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, jinsiy faoliyatning organizmga qator ijobiy ta’sirlarini aniqlashgan. Jinsiy yaqinlik nafaqat munosabatlarni mustahkamlaydi, balki ruhiy va jismoniy salomatlikka ham foydali ekani isbotlangan.

Ilmiy faktlar

  1. Stressni kamaytiradi:
    Jinsiy aloqa davomida organizmda endorfin va oksitotsin gormoni ishlab chiqariladi, bu esa stressni kamaytirib, kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam jinsiy yaqinlik ruhiy tushkunlik va bezovtalikning oldini oladi.

  2. Yurak-qon tomir tizimi uchun foydali:
    Jinsiy faollik yurak uchun foydali bo‘lgan o‘ziga xos jismoniy mashqdir. Muntazam jinsiy hayot yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin. 2016-yilgi Journal of Health and Social Behavior jurnalida chop etilgan tadqiqotda, haftasiga kamida bir marta jinsiy aloqa qilgan kishilarda yurak kasalliklari xavfi ancha pastligi aniqlangan.

  3. Immunitetni kuchaytiradi:
    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haftasiga bir yoki ikki marta jinsiy aloqa qilish immun tizimini kuchaytiruvchi antitanachalar miqdorini oshiradi. Bu esa organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini yaxshilaydi.

  4. Umr davomiyligini oshiradi:
    2017-yilda Psychology & Aging jurnalida chop etilgan tadqiqotda, muntazam jinsiy hayot kechiradigan kishilar umrining davomiyligi yuqoriroq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan. Bu jinsiy aloqa orqali stress kamayishi, gormonal muvozanat yaxshilanishi va qon aylanishining kuchayishi bilan bog‘liq.

Xulosa

Jinsiy hayot nafaqat yaqinlikni his qilish uchun, balki umumiy sog‘liqni saqlash va umr davomiyligini oshirish uchun ham muhim. Ammo bu birgina jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas: sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik, sifatli uyqu va psixologik muvozanat ham salomatlik uchun zarurdir. Shaxsiy holatlarni hisobga olib, maslahatlarga ehtiyoj sezilganida, seksolog yoki psixologga murojaat qilish tavsiya etiladi.

#Salomatlik #foyda

@Mubosharat

1 week, 3 days ago

Bizga koʻpincha "ayolimni jinsiy aloqaga xohishi yoʻq, nima qilishim kerak?" kabi savollar kelib tushadi. Avvalambor xohish yoʻqligining sabablari bilan tanishib chiqsak:

•birinchi kechada qizlikni olish uchun xuddi zoʻrlashdek harakat qilish;
•davomiy rad javobi. Yaʼni ayolda xohish kuchaygan vaqtda er ragʻbat qilmasligi;
•aloqaga kirishishdan avval ayolni hissiyotlarni uygʻotmaslik, yani tayyorlamaslik;

Ayni shu xatolar ayolda xohish susayishiga olib keladi.

Savol: endi nima qilish kerak?

Yechim har ikkala tarafda:
•Er ayolga hissiyotini qitiqlovchi soʻzlarni kun davomida aytib yurishi;
•ayol bu safargi aloqa men uchun ham aniq zavqli boʻladi deb ruhan oʻzini tayyorlashi;
•joylarni yangilash, hech boʻlmaganda spalniy yoki qoʻshilish joyini xonaning boshqa tarafiga koʻchirish — bu ayol psixikasiga ijobiy ta'sir oʻtkazadi;
•har safar aloqadan keyin kamida yarim soat dam olish.

Agar sizlarga bu mavzu qiziq boʻlsa 🔥 qoldiring va biz yana sizlar uchun foydali boʻlgan shu kabi maʼlumotlarni berib boramiz. 😊

#ayollar #erkaklar

@Mubosharat

2 weeks, 2 days ago
2 weeks, 2 days ago

Sog‘lom jinsiy munosabatlar – baxtli oilaviy hayot garovi

Jinsiy munosabatlar ko‘plab jihatlarga ta’sir ko‘rsatadi: kayfiyat, o‘z-o‘zini baholash, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlar va jismoniy sog‘liq shular jumlasidandir.

Afsuski, ba’zan erkaklar ham, ayollar ham yaqinlik masalasiga psixologik nuqtayi nazardan chuqur e’tibor bermay, yuzaki yondashadilar. Natijada bu tushunmovchilik, oilaviy muammolarga, ajralish yoki depressiyaga olib kelishi mumkin.

#tarjima

@Mubosharat

2 weeks, 4 days ago

Jinsiy aloqada harakatsiz yotgan ayoldan ko'ra asabbuzar narsa yo'q. Albatta, ba'zida erkaklar to'liq nazorat qilishni yaxshi ko'radilar. Ammo bu siz u yerda o'lik kabi yotishingiz mumkin degani emas. Harakat qilmaydigan ayol erkakni noqulay holga soladi — go'yo unga hech narsa yoqmayotgandek.

#tarjima #ayollar

@Mubosharat

3 weeks, 2 days ago

Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 1 day ago