Nurqul Minbari

Description
TANQIDDAN QO‘RQQANLARGA QOCHISH ESHIKLARI OCHIQ!

Kanal ijodkorlarining maqsadi - insonlarda tanqidiy fikrlash salohiyatini oshirish.

Biz bilan bog‘lanish: @TuronchiNurqulBot
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago

hace 1 año, 6 meses

Kimlardir bizni ustimizdan antimonopol qo‘mitaga yozayotgan payt biz Vikipediya tahrirchilari sonini oshirish haqida bosh qotirayotgandik...

Telegram

Nurqul Minbari

***⚡******⚡******⚡***Antimonopol qo'mita O'zbekcha Vikipediyani monopoliyaga qarshi nazoratga olganmush ***🤣******🔫*** Antimonopol qo'mitaga bunaqa gapni yozish uchun kamida surunkali miya yetishmovchiligi kasali bilan og'rish kerak...

Kimlardir bizni ustimizdan [antimonopol qo‘mitaga yozayotgan payt](https://t.me/NurqulMinbari/2321) biz Vikipediya tahrirchilari sonini oshirish haqida bosh qotirayotgandik...
hace 1 año, 6 meses

Bugun yaxshi kun. Bugun mening vikitugʻilgan kunim. Bir yil avval shu kunda vikipediyada birinchi tahririmni qilganman. Lekin oʻsha foydalanuvchi nomimni ham, parolni ham eslolmayman. Esimda qolgani – bir maqolaning nuqta-vergulini toʻgʻirlab chiqqanim. Shundan…

hace 1 año, 6 meses

Bugun yaxshi kun.
Bugun mening vikitugʻilgan kunim. Bir yil avval shu kunda vikipediyada birinchi tahririmni qilganman. Lekin oʻsha foydalanuvchi nomimni ham, parolni ham eslolmayman. Esimda qolgani – bir maqolaning nuqta-vergulini toʻgʻirlab chiqqanim. Shundan beri juda koʻp narsalarni oʻrgandim, uchratdim. Vikipediya hayotimga katta ta’sir oʻtkazdi. Tanishlarim, doʻst-u birodarlarim, men havas qiladigan odamlar koʻpaydi.
Shu vikipediya sabab Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Aziz Kaganskiy, Mirzoulugʻbek Karimov, Nikolay Artemov, Atayevlar oilasi, Panpanchik, Umarxon III, Ahror va boshqalar bilan yaqin qadrdon boʻlib ketdim.
Vikipediya sabab bir qancha sindromlar, shaharlar, siyosiy shaxslar haqida bilib oldim.
Vikipediya sabab Ali va Nino haykalini koʻrish istagi paydo boʻldi.
Vikipediya sabab Eronga boʻlgan muhabbatim oshdi (Eronshunos boʻldim).
Vikipediya sabab ingliz vikipediyasida IP adresim blokka tushib, Onel degan foydalanuvchi meni “sevib qoldi”.
Vikipediya sabab emailinga xabar kelsa, yuragim orqaga tortadigan boʻlib qoldi (yaxshi ma’noda).
Xullas, shu bir yil davomida men yozgan va yozmagan yaxshi va yomon (yaxshilari juda koʻp) oʻzgarishlar boʻldi. Bularning koʻpi vikipediya sababli boʻldi, albatta.

hace 1 año, 6 meses
Biri chiqib tok bo‘lmasa muzlatkichni eshigini …

Biri chiqib tok bo‘lmasa muzlatkichni eshigini ochib qo‘ying deydi, boshqasi bizni changimiz zararlimas, deyish orqali daraxtlar kesilishini passiv oqlab beradi...

Vazirlik va idoralar shunaqa qovuntushirdi, qatiqto‘kdi o‘yinini davom ettiraversa men ham kanalimni qayta faollashtirvoraman, Mitraga qasam!

hace 1 año, 6 meses
O‘zbekistonda yashillikni, daraxtlarni yomon ko‘rishadi, ulardan …

O‘zbekistonda yashillikni, daraxtlarni yomon ko‘rishadi, ulardan nafratlanishadi.

Kecha Farg‘ona haqida xabarning og‘rig‘i ketmasdan, bugun endi Buxoro va Surxondaryoda daraxtlar qatliomini boshlashlari haqida xabarni o‘qidim.

O‘zbekistonning ikki juda ham issiq hududlari – Buxoro (2017 – 2022-yillar oralig‘ida yashilligi 37%ga kamaytirilgan) va Surxondaryoda yo‘l qurish uchun 70 ming daraxtning (!) bahridan o‘tishmoqchi.

O‘zbekistonda davlat rahbari (!) tomonidan daraxtlarni kesishga moratoriy va “Yashil makon” loyihalari (tagiga oldirib yuborilgan) e’lon qilinganiga qaramay, daraxtlarni kesish hamma hududlarimizda faol kechmoqda.

Yangi Ekologiya va turizm vazirligiga real kuch richaglari berilishi, deputatlar esa jimgina o‘tirmasliklari shart, bo‘lmasa, shusiz ham hayoti “asal” bo‘lmagan, elektr va gazga zor o‘zbekistonliklar kelajakda endi zahar, qum, sho‘r yutishga ham majbur bo‘ladilar.

? POSTERNI MAKSIMAL BO‘LISHING!

Quyidagi heshteglardan foydalanib, bong uring:

#DaraxtlarniAsraylik
#NafasOlolmayapman

@mirzo_zominiy

hace 1 año, 7 meses
Янги мақол: Тарихчи ачитиб гапирар, бизнес-тренер …

Янги мақол: Тарихчи ачитиб гапирар, бизнес-тренер кулдириб.
Карикатура: @habikatura
Мақол: @habikatura

hace 1 año, 7 meses

Кеча Twitter'да бир масала баҳсларга сабаб бўлди: иқтисодчи ва блогер Беҳзод Ҳошимов ҳақида Wikipedia'да мақола қилинди, сўнг бу мақола талабларга жавоб бермайди деб топилиб, ўчириб ташланди. Твиттерчилар бундан норози бўлди, негаки, уларнинг фикрича, Wiki'га киришга муносиб ўзбекистонликлар киритилмаяпти, киритилишига йўл қўйилмаяпти.

Аслида бу баҳс, менимча, жамиятимизда олимлар ва умуман зиёлилар тутган ўринни, уларга муносабатни кўрсатади. Бир бошидан тушунтирсам.

Wikipedia'да мақола жойланиши учун шахсга маълум талаблар қўйилади. Унинг жамиятда ёки ўз соҳасида тутган ўрни, аҳамияти бўйича аниқ критерийлар бор.

Муаммо шундаки, бу талаблар инглизча, русча ёки ўзбекча Wiki учун умумийдир. АҚШда ёки Россияда олим ва зиёлиларнинг нуфузи, жамиятдаги ўрни жуда юқори. Бизда эса ундай эмас.

Олимларимизни кенг омма танимайди, уларнинг тадқиқотлари жамоатчиликка етиб бормайди. Бунда олимларнинг ҳам айби бор: ижтимоий тармоқларда фаол эмас, аксарияти дарс бериш билан овора, катта тадқиқотлари йўқ ҳисоби (бунинг чуқур сабаблари бор аслида, бир киши айбдор эмас, аммо ҳозир мавзу бошқа). Медиада чиқишлар қиладиган, илмий-оммабоп китоб ва мақолалар ёзадиган, очиқ маърузалар уюштирадиган олимлар энди-энди чиқяпти, лекин уларам консерватор қатлам томонидан ҳужумга учраб, муносиб бўлган ҳурмат ва эътирофга сазовор бўлмаяпти. Бу ҳали жамоатчилик орасидаги вазият, давлатнинг муносабати яна кенг муҳокамага муносиб мавзу.

Бунинг натижасида олимлар, зиёлилар ҳақида ўзбек интернетида етарли манба йўқ (ўзи ўзбек интернетида янгилик сайтлари ва каналларидан бошқа тузукроқ, ахборотни тартибга келтирадиган ёки таҳлил қиладиган нормал ресурслар ҳалигача йўқ). Уларнинг ҳаёти ва фаолияти акс этган ресурслар, Wiki тилида айтсак, улар ҳақидаги иккиламчи манбалар йўқ, уларнинг китоблари бестселлер бўлмайди, фаолияти медиада яхши ёритилмайди. Wiki эса олим ва зиёлиларнинг нуфузини белгилашда шу каби манбалар, ресурслар бўлишини талаб қилади.

Юқоридагидан хулоса, айбни Wikipedia'дан эмас, олим ва зиёлиларга етарли аҳамият бермайдиган, уларнинг билимидан маданий трансформацияда фойдаланмайдиган жамият ва давлатдан қидириш керак. Олимларни ҳам мукаммал дея олмайман, улар ҳам шу жамият фарзандлари, жуда кўплари етарли даражада билимли ва фаол эмас, соҳаларига қўшаётган ҳиссалари ҳам оз. Лекин яхши, сифатли олим, мутахассислар ҳам бу аянчли вазият қурбони бўлмоқда.

Блогерлар, журналистлар, санъаткорлар, бошқа соҳа вакиллари ҳақида ҳам юқоридаги фикрларни айтиш мумкин.

PS: Qurultoy'ни бошлашдан кўзланган мақсадлардан бири ҳам шу эди аслида. Кенг оммага олим ва мутахассисларни таништириш, умумий гаплар гапирмай, уларнинг конкрет олиб борган тадқиқотлари, чоп этилган китобларини танитиш, қисқаси, улар ҳақида иккиламчи манбалар яратиш.

@AsanovEldar

hace 1 año, 8 meses

Jamoat transportiga chiqish va pul toʻlamasdan tushib ketish maza boʻlsa kerak...
Konstitutsiyada hamma teng deyilganmidi? ))

hace 1 año, 8 meses
Nurqul Minbari
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago