Fozil Muslim

Description
Fozil Muslim shaxsiy blogi
Qoʻllab quvvatlash uchun:
tirikchilik.uz/fozilmuslim
Bogʻlanish:
@fozil_muslim
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 Monate, 1 Woche her

Ҳаж қилишни орзу қилмаган мўмин бўлмаса керак, а? Унинг ажри, фазилатларини билган борки, орзу қилади. Орзу қилишга арзийди...
Бир суратга кўзим тушди. Биз учун орзу бўлган, Муқаддас санаганимиз Каъба олдида селфи. Ажойиб. Борипти биз орзу қилган жойларга. Аллоҳ ажрини берсин, деймиз. Аммо яна бир жиҳатни ўйлаб қолдим.
"Ҳажжи Мабрур(мақбул бўлган ҳаж)нинг мукофоти фақат жаннат", деган ҳадисни эшитганмиз. Ҳажжи мабрур бўлиши учун бир қанча шартлар бор. Улардан бири ҳеч бир жонга озор етказмаслик. Замзам сувини талашиб тўполон қилаётган, бошқаларга озор бераётган одам "Ҳажжи Мабрур" қиляпман, дея олармикин?
Ҳажга ҳамманинг ҳам қурби етавермайди. Ана шу қурби етганларнинг ҳам кўпчилигида фақат бир мартагина бориш имкони бор. Ана шу бир марталик имкон юзага чиқиб турганда кўнгилга селфи, бўлар-бўлмас гаплар сиғишига ҳайрон қоламан. Ҳажни адо қилиб бўлибоқ "Бўлди, энди кетамиз", деб шошадиганларни, боришга бориб олиб, сотиш учун турли буюмлар, ҳатто, Замзам сувини идишларга солиб оладиганларни ҳам эшитганмиз. Савдогарлар, ишонаверинг, ўша Маккадаги буюмлар бизнинг бозорларда ҳам бор. Ҳатто, арзонроқ. Ҳаждан мақсад аввало, Аллоҳнинг розилиги, кейин ваъда қилинган улуғ ажрларга эришиш эмасми? Кўнгил Аллоҳнинг розилигидан бошқа ғамни қабул қилмай қўйиши керак бўлган ўрин бу...
Айтдик, Ҳаж агар Аллоҳ етқазса, умримизда бир бор бўладиган амал. Масжидун Набавийядаги 2 ракаат намознинг фазилати бошқа масжиддаги минг ракаат намоз билан тенг ёки афзал, дейилган ҳадисларда. Боргандан кейин селфи тушиш эмас, дунё тижорати билан шуғулланиш эмас, Замзам учун навбатда туриб қирпичоқ бўлиш эмас, Аллоҳнинг марҳаматини ҳис қилиш керак. Масжидга кириб олиб, намоздан чарчаб кетиш, шунда ҳам чиқмай ўтириш керак. Ўтган ҳар лаҳза ибодат бўлиб турганда, керак бўлса, ухласа ҳам ўша Масжидун Набавийяда ухлаш керак.
Аллоҳ ҳар биримизга Ҳажжи Мабрурни адо этишни насиб этсин!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEM1D63Y6iaMjy-Fuw

7 Monate, 3 Wochen her

Voy, ramazon oʻtib ketibdi. Bir pasda...

7 Monate, 4 Wochen her

"Ramazonning hurmati" degan narsa bor. Roʻza tutolmagan kishi ham hurmat yuzasidan roʻzadorlar tark qilgan ishlarni ochiqcha qilib yurmasligi yaxshi. Toʻgʻri, roʻza tutmagan odam tiyilishi farz emas, lekin iymonning belgilaridan biri islom shiorlarini hurmat qilish ekanini esdan chiqarmaslik kerak.
Endi solishtiring.
"Ramazonni hurmati yoʻqmi?", desa shartta yeyishdan, ichishdan, chekishdan va hokazo, tiyilgan odamlar va huddi shu tanbehga "Nima, men yeyishimga qarab taqvoing zaiflashib qoladimi? Oʻzing uchun tutyapsanmi boshqalar bilan ishing boʻlmasin", kabi javob qaytargan odamlar.
"Hech boʻlmasa ramazonning hurmati baʼzi ishlarni qilmay turilsa boʻlardi", deyilsa maʼqullaydigan odamlar va "Ramazonda mumkinmas boshqa oyda mumkinmi?", "Boshqa oyda qilib bu oyda qilmaslik ikkiyuzlamachilikku", kabi bahonalar bilan javob beradigan odamlar.
Hurmat qilishniyam har xil tushunadigan boʻlib ketdik. Baʼzi odamlar faqat qonunni buzmasam boldi, deydigan boʻb qoldi. Insoniy, iymoniy qadriyatlar umuman keyingi oʻrinlarda...
Insofni, iymonni har birimizga bersin. Koʻp-koʻp. Darvoqe, farosatni ham. Hammamizga kerak.

@fozilmuslim

8 Monate her

Ba'zan xayolimizga bir fikr kelib qoladi:
"Shuncha yildan beri duo qilyapman, hech qabul boʻlmayapti".
Vaqt degan tushuncha bor bizning dunyoimizda. Alloh huzurida esa, vaqt degan narsaning oʻzi yoʻq. Yaʼni, duoimizmi Alloh qabul qilsa ham, u amalga oshguncha oʻtadigan vaqt bizning nazarimizda koʻp vaqt, Alloh nazdida esa, hech qancha vaqt emas. Tushunyapsizmi?
Muso alayhissalom Firʼavnning zulmidan ezilgan Bani Isroilning iltimosiga koʻra Firʼavnni badduo qildilar. Alloh "Duoingiz qabul boʻldi, endi siz solih amal qiluvchilardan boʻling", dedi. Eʼtibor bering, "Qabul qilinadi", emas, "Qabul qilindi", dedi.
Oradan qirq yil oʻtibgina Firʼavn va uning qoʻshini dengizda halok boʻldi. Qirq yil...
Kishi duo qilarkan, hech qanaqasiga duosi qabul boʻlmay qolmaydi. Yoʻq boʻlib ketmaydi duo. Allohdan biror nima soʻrasak, Alloh yo beradi, yo oʻshancha miqdorda yomonlikdan asraydi. Yoki qiyomatga olib qoʻyadi.
Qaysi birida duoimiz qabul boʻlmayapti?
Albatta qabul boʻladigan duoni yana ramazon oyida qilayotgan boʻlsangiz, kattaroq narsa soʻrang. Ehtiyot boʻlib soʻrang.
Balki uzoq umrdan koʻra, gunohlarimizning kechirilishi foydaliroqdir bizga? Uzoq umr davom etgan gunohlar bilan Alloh huzuriga borish...
Balki, mol-dunyo, ishlarimizning rivojidan koʻra qalb xotirjamligini soʻrashimiz kerakdir? Koʻryapmizku, "Muncha pulim boʻlsa yaxshi boʻlardi", deyapmiz. Ishlarimizga rivoj soʻrayapmiz. Shuncha pulimiz boʻlyapti, ishlarimiz rivoj topyapti, lekin yaxshi boʻlmayapti.
Soʻrang. Katta-katta soʻrang. Jannatlarni soʻrab oling. Zero, rahmati cheksiz Zotdan soʻrayapsiz!
Alloh barchamizning duolarimizni qabul qilsin.

@fozilmuslim

8 Monate, 2 Wochen her

Bundan oldingi postga deyarli 2 yil boʻpti. Shu oxirgi 2 yil ichida hayotimda, jamiyatda juda koʻp voqealar, oʻzgarishlar sodir boʻldi. Koʻplab trendlar paydo boʻlib, almashib, yoʻq boʻlib ham ulgurdi.
Yoʻq, munosabatlarim, fikrlarim yigʻilib qolmadi. Koʻpi unutildi ham, hatto. Qisqa qilib birgina gap aytaman, haqiqiy maʼnoda kirish soʻzi boʻlsin:
Assalomu alaykum. Ramazon muborak hammamizga!

Ozgina motivatsiya uchun shuni shu yerda qoldiray:
https://tirikchilik.uz/fozilmuslim
Majburiy emas, shunchaki xabarsiz qolmang dedim :)

@fozilmuslim

8 Monate, 2 Wochen her

Hayotga qaytamizmi?

2 Jahre, 1 Monat her

Tavakkul

—Qizim, yo'q demagin. Yigit juda ham aqlli, esli-hushli ekan. Kelishgangina, topish-tutishi ham yaxshi.
     —Oyi, aytdimku, bo'lmaydi, deb. Men uchun xayrliga o'xshamayapdi. 3kecha istixora namozini o'qib Allohdan so'radim, biror belgi ko'rganim yo'q.
     —Eeh, qizim-ey. Qanaqa belgi? Nimalar deyapsan o'zi? Sen bir uchrashib ko'r avval. Mayli, yoqmasa, yo'q deb yuboramiz.
     —Alloh men uchun xayrli qilmagan kishi bilan uchrashishimdan nima foyda, oyi? Yo'q deb yuboring, iltimos, bizni ham o'zlarini ham behuda qiynashmasin.
     Dilafruz bekorga bunday ishonch bilan gapirmasdi. Agar xayrli bo'lsa, Alloh belgi beradi, deb qattiq ishonardi. Bunday voqealar oldin ham ko'p bo'lgan: yangi uyga ko'chayotganlarida, hozirgi ishiga  joylashganida... umuman, u har bir ish oldidan Alloh bilan "maslahatlashish"ni kanda qilmasdi. Shu paytgacha noto'g'ri yo'lga tushib qolgani yo'q, bundan keyin ham adashmasligiga qattiq ixlos qilgandi.
                         *
     —Qizim, kecha kelganlar sal oddiyroq oila ekan, o'g'illari oddiy usta, hunarmand. Birdaniga yo'q deb yuborish noqulay bo'ldi. Nima deysan?
     —3kundan keyin aytaman javobimni, oyi.
     —O'zimga sal yoqmayroq turibdida shu...
      Dilafruz indamadi. Shu kech odati bo'yicha ixlos bilan istixora namozini o'qib, astoydil duo qilib so'radi. O'rniga yotib, uxlab qolgunicha salovatlar aytib yotdi....
                                *
     —Oyi, anavi hunarmand borku... o'shanga rozilik berib yuboravering...
     —Nimalar deyapsan? Qanday joylardan kelmadiya, sovchilar?! Oddiy hunarmandga beramizmi?
     —Oyi, men Allohga tavakkul qilib qo'yganman, U Zot O'ziga ishonganlarni tashlab qo'ymaydi!
                           *
     To'y o'tdi. Kuyov bola rizqini halollab topadigan oddiy usta yigit edi. To'ylaridan keyin ishlari yurib keta boshladi, qisqa vaqtda to'y xarajatlari uchun olgan qarzlaridan ham qutulib, ancha ro'zg'orini butlab oldi. Onasi Dilafruzni o'zgacha ardoqlar, "Kenja kelinim, qutlug'qadam kelinim", deya boshiga ko'tarardi. Vaqt o'tib, birin-ketin farzandlari ham dunyoga keldi. Dilafruz o'zini juda ham baxtli his qilardi. Namozlarida, duolarida, shukr qilishni kanda qilmasdi:
"Allohim, O'zingga shukr, adashtirmading!"

Fozil Muslim

2 Jahre, 1 Monat her

Ҳўп, ҳозир...
Учгача санайман ва... Унутаман, бас!
Бир... Дук-дук.. Икки... Гумбурақарс!
Шошма!
Учдан олдин айтволай сўнгги сўзимни.
Йўқ, сенгга айтилган қайсидир бир сўз
Сўнггиси бўлишин истамайман. Хўп.
Қайта санайман, қара:
Бир... Дук-дук.. Икки... Гумбурақарс!
Осонми ахир, ўйла ўзинг ҳам,
Кўзларинг кўзимнинг олдида турса.
Ақл ўйлама, десаю, Юрак
Унутма уни, дея буюрса.

Кел, келишамиз. Унутдим, дейлик.
Йўлимдан чиқсанг, ортга қарайман.
Боримниям билмайсан... Аммо учгача
Умримнинг сўнггига қадар санайман...

2 Jahre, 1 Monat her

Мўмин киши ҳаётининг ҳар қандай кунларида, ҳатто, мусибатли кунларида ҳам ютуқда бўлади— агар шукр қилса, ҳамд айтса.
Бошимга бир мусибат келди.
Тарк қилган амалларим, сўзлаган ёлғонларим, қилган гуноҳларим учун Аллоҳ дунёнинг ўзида жазо бериб, мусибат юборди. Алҳамдулиллаҳ.
Аллоҳ бир бандани яхши кўрса, қилган гуноҳларининг жазосини дунёда бериб, охират учун поклаб қўяди. Карийм Аллоҳ бир бандани икки марта— ҳам дунёда, ҳам охиратда жазолашдан пок Зот.
Ёки, Ундан узоқлашиб кетганман. Мусибат сабаб, Аллоҳга ёлворишим, дуо қилишим, хайрли амалларни кўпайтиришим учун мусибат юбориб қўйди. Алҳамдулиллаҳ.
Аллоҳ бир банданинг умидсизликка тушмай дуо қилиб, ҳожатларини Ўзидан сўрашини яхши кўради. Алҳамдулиллаҳ.
Ёки, имтиҳон. Бу ҳам Ўзига қайтишим учун. Оламлар Тарбиячиси бўлган Робб мени тарбия қилиш учун имтиҳонлар, синовлар юборди. Бу билан даражамни кўтармоқчи. Иймонимнинг мустаҳкамланишини ирод қилган. Алҳамдулиллаҳ.
Алҳамдулиллаҳ, ҳар қандай ҳолат учун.
"Қўрқманглар, маҳзун ҳам бўлманглар, ўзингизга ваъда қилинган жаннат Хушхабарини қабул қилинглар!" (Фуссилат, 30)

Жума муборак,

@fozilmuslim

2 Jahre, 1 Monat her

АЁЛЛАРНИНГ БЎЯНИШИ

@Savollar_kanal 11849-савол

Ассалому алайкум! Турмушга чиқмаган қиз кўчага чиқанида сездирмасдан этибор тортмайдиган қилиб бўянса гуноҳ бўладими?

ЖАВОБ:

– Ва алайкум ассалом! Гуноҳ бўлади. Эътиборни тортмасликнинг иложи йўқ. Валлоҳу аълам!

«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати

Манба

➡️ Каналга уланиш

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago