° ИЛҲОМ ТАЛВАСАСИ °

Description
Ижодий канал🖋
Муаллиф: @ohuqiz87
Ҳаётимда икки бора ҳато қилдим,
Учунчи бор ҳато қилишга ҳаққим йўқ!

https://t.me/zilolabonu_xoliqova
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago
° ИЛҲОМ ТАЛВАСАСИ °
1 month, 1 week ago

ТАБИАТ ВА ИНСОН
(манзара)
Дуэт

Иброҳим:
Во ажабо, шом юзи ҳазин,
Назаримда дунё торайди.
Эрта ёмғир ёғиши тайин,
Осмон юзи ғамдан қорайди.

Энди менга барибир фарқсиз,
Куз қучоғин хазон тўлдирсин.
Тун чўкмасин яшай уйқусиз,
Бедор йиллар мени ўлдирсин.

Зилолабону:
Во ажабо, ёвдек қаро тун,
Қиличини қайрайди чақмоқ.
Кўрсатурми ўзича кучин,
Шамолнингда сочлари пахмоқ.

Ой юзини яширди нечун?
Ботиб қолди булут ортига.
Ай-яй-яй деб кулгандек очун,
Минди кетди тақдир отига.

Иброҳим:
Ой юзини яширди нечун?
Нечун бу тун кўринмай қолди?
Кеча ойсиз қолгани учун,
Чақмоқ чақиб дод-фарёд солди.

Тонгга қадар тинмайди ёмғир,
Ҳар томчисин санамоқ бўлдим.
Тириклик воҳ нақадар оғир,
Булутларга ишонмай қолдим.

Зилолабону:
Булутнида босмоқда ажин,
Рўдапо бу дунёга боқиб.
Оҳ, ҳаётда не рўё, не чин?
Савол бўзлар, анҳорда оқиб.

Ё заминга тегдими лаънат,
Яшолмайди дадил, беташвиш.
Ҳаёт такрор қилмоқда миннат,
Ботиб кетди бошимга болиш.

Иброҳим:
Жонга тегди ўртаниб нолиш,
Ҳар тун сендан кутаман мужда.
Мумкинмикан шунчалар совиш,
Ишқсизликдан чарчадим жуда.

Кўргандекман қайдадир сени,
Бир кун аввал балки йил аввал.
Ёмғир ёғиб тинмаган куни,
Тақдиримиз тугал бўлди ҳал.

Зилолабону:
Кўргандекман сийратинг гўё,
Улуғвор у тоғлар бағрида.
Сен оҳуга бўлдинг махлиё,
Мен бекиндим майса бағрига.

Кипригимда изларинг чанги,
Бир боқдингу кетдинг йироқлаб.
Бошланганда икки дил жанги,
Ҳисларимни ўтдим қучоқлаб.

https://t.me/zilolabonu_xoliqova

1 month, 1 week ago

Har kun ko‘chada ish o‘qish deb yuradiganlarga qoyil qolamaney.🧘 Man hech eplolmayman shuni.
Toliqib ketmaysizlarmiya man ko‘chaga chiqdimmi bitta kasallikni ilashtirib kelaman yoki nimadandir hafsalam pir bo‘ladi. bir oy og‘ir ish qilib charchab qolgan odamdek kuchim qolmaydi. Qaytanga jim jit qorong‘i xonada fanar yorug‘ida kitob o‘qish yoki turli g‘oyalarni ishlab o‘tirish, ishlarimni internetda bitirib kunim kech bo‘lib ketganini sezmay ham qolaman. ishla deyishsa o‘takam mehnatdan qochganim uchun emas, odamlar orasida bo‘lishimu shovqinli hayotnio‘ylab mazam qochib kayfiyatim tushib ketadi.
Ja odam ovimasman sho‘h shaddodman. Ammo o‘zimga yoqmagan holatlarda stressga berilib hafsalam tez pir bo‘lib odamlardan zerikib qolaman.
Uyda oylab yotsam ham yaxshimas. Tabiat qo‘ynida yoki sayohatlarda yurishdan boshqasi zavq bermaydi. Hechkim halaqit qilishini istamayman. Yilda bir ko‘nglim tusagan inson bilan tushlik yoki kechki ivqatga borishim mumkin ammo hechkimdan suhbatdosh sifatida ko‘nglim tgo‘lmagan. Bir kunlik tanishligini, hamma zerikkanda ermakka do‘stligini o‘ylaymanu yana zavqim so‘nadi.

Qaysi olamga, qaysi davraga mansubligimni bilolmay o‘tib ketsam kerak.
😃ammo birovg‘a og‘irligim zararim yo‘qku deb o‘zimni ovutaman.
Bolalikdan do‘stlarim judayam ko‘pbo‘lishini istardim faqat umrimda ikki uchta o‘g‘ilbola do‘stim bo‘lganini aytmasa hayotimda umuman do‘stlikni qadrlagan inson bo‘lmadi.
Qaytanga qalbim tosh qotib qolgandek bo‘ldi.
Talpinganlarim uzoqlashdi.
Shunday qilib uyda o‘tirib o‘zimni yomonliklardan himoyalasam kerak deb o‘ylayman.

Balki psihologlarimiz yo‘l ko‘rsatar.
Avvalgidek shaddodlik o‘rnini bosiqlik, eʼtiborsizlik, yolg‘izlikka moyillik egallʼyapti. Qayerdadir nimadadir xato ketdimi deb o‘ylanib qoldim.

Ammo qalbam haliyam sho‘g‘ beg‘araz, bolalarcha jinniliklarga ega qitmirqizaloqman. atrofimni har xil odamlardan tozalab tashlayapman. Va yengil tortyapman.
Minglab obunachilar ham atrof gavjumligiga ham doim zararimga ishladi
Befoyda ishlardan chekiniahni o‘rganyapman.

kim suhbatlashsa " Dono" bo‘lib ketyapsanmi? Deya so‘rashyapti.
Bu holat sizda qanday.
Mendagi holat tabiiymi yoki travmalar xosilasimi?
Bu yaxshimi yoki yomon.

https://t.me/zilolabonu_xoliqova

4 months ago

Марказимиз директори Лутфия Мирзаеванинг фаолиятлари ва тадбирлардаги суратлар слайди томоша қилинг. тадбирда техник ходимни хатоси туфайли экранда кўрсатилмади.

4 months ago

Взгляните на мой дизайн Canva!

7 months ago

Nafaqamni ohirgi chaqalariga. Mahallamizdagi kichik konstavar ichida kitoblar ham bor ekan ovoldim. Ko‘zni chirt yumib.
Endi esa oy boshigacha bir tiyinsiz faqat yotvolib kitob o‘qimiz.
Haya ertadan Bahmalda sanatoryaga ketar ekanman.
Bir maza qilib kitob o‘qirkanman.. Shu lotin tilida bo‘lgani qiynayapti.
Dukondagi barcha kitoblar menda borligi uchun atigi shularni. Ololdim holos.
#alhamdulillah
Xozirda Marko Poloning ajoyib va og‘aroyib sargo‘zashtlari kitobini o‘qiyapman. Issiqda dangasalik qilib haligacha tugata olmadim.
Bir oydan oshib ketdi.

Ikki varoq o‘qisam uyqi bosadigan bo‘libdi. Avvalari bosh ko‘tarmay kitob o‘qirdim. ?

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago