SberkassaUz

Description
Bank, moliya, soliq va boshqa iqtisodiy yangiliklar birinchi bizda!

Hamkorlik masalalari @VenkonPR

Murojaat uchun: @Sberkassabot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 years, 5 months ago

TOSHKENT SHAHAR KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HUDUDIY KENGASHI YIGʻILISHIDA BANK TIZIMIDAGI KORRUPSIYA HOLATLARI TAHLIL QILINDIToshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining joriy yil 14-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishida bank tizimida uchrayotgan korrupsion holatlar, shuningdek, sohada korrupsiyaning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, birgina Toshkent shahrida 2021-yilda banklar va ularning filiallarida faoliyat yuritgan 12 nafar shaxsga nisbatan 10 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago

*⚡️Kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordamlar koʻrsatiladi*“Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–150-son, 09.06.2022-y.) qabul qilindi

? Farmonga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

☑️Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:

▫️kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;

▫️2025-yil 1-yanvargacha olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni
va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

➡️ Jamgʻarma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beriladi.

☑️ Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamgʻarmaga takroran murojaat qilishga haqli boʻladi.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago

OʻZINI OʻZI BAND QILGANLAR HAQIDA...1. Oʻzini oʻzi band qilganlar soliq toʻlamaydi.

  1. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

  2. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin (roʻyxat bu yerda).

  3. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega boʻla olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

  4. Soliq organlarida roʻyxatdan oʻtish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

☑️Oʻzini oʻzi bank qilgan shaxslarga quyidagi yoʻnalishlar uchun kredit va subsidiyalar beriladi:

▪️tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;

▪️tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 12 million soʻmgacha;

▪️Oʻzini oʻzi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin;

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago

Yosh oilalarga ipoteka krediti olish uchun nima qilish lozim?Bizga savol keldi: Biz yosh oilamiz. Ipoteka krediti asosida yosh oilalarga berilayotgan uy-joylardan olmoqchimiz. Biz buning uchun nima qilishimiz kerak?

Savolga javoban, avvalo kimlar yosh oila deb atalishini bilib olishimiz kerak. Yosh oila deb — er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) larga aytiladi. Ipoteka krediti boʻyicha uy-joy olish uchun qoʻyiladigan birinchi talab shu.

? Yosh oila boʻlib ipoteka krediti olishning asosiy sharti nima?
Buning uchun talabgor Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tavsiyanomasiga ega boʻlishi kerak.

? Tavsiyanoma olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Tavsiyanomaga ega boʻlish uchun talabgor doimiy roʻyxatdan oʻtish joyi boʻyicha Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashiga murojaat qilishi kerak.

? Bu kredit necha yilga beriladi?
20 yilga beriladi.

? Foizlari qanaqa buni?
2020-yildan boshlab qurilayotgan uylar uchun birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi (17 foiz) darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada belgilanadi.

? Kreditni toʻlashga yoshlar ishlari agentligi xam yordam beradimi?
Ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (17 foiz)ga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago

15 foizli avtokreditga ishongan sodda xalqim...2020-yilning oktyabr oyidan 2021-yilning aprel oyiga qadar Sh.C. oʻzining 4 nafar sheriklari bilan “LID CAR” nomli MCHJ tashkil etib, “3 yil muddatga 15%lik kredit” asosida 90 kun ichida avtomashina olib berishi haqida yolgʻon axborotlarni telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “AVTO CREDIT “LID CAR” OFFICIAL” nomli kanal orqali tarqatib, fuqarolarni aldab, ularning pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib kelgan.

Mazkur uyushgan guruh dastlab faoliyatini Toshkent shahrida, soʻng Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida olib borib, 100 nafarga yaqin fuqarolarning jami 1,6 mlrd. soʻm pullarini noqonuniy ravishda qoʻlga kiritishgan.

Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati yuzasidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Biroq, uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisi, 1990-y.t. Sh.C. tergovdan boʻyin tovlab, javobgarlikdan qutilish maqsadida yashiringanligi sababli xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Joriy yil 8-iyun kuni IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2021-yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda boʻlgan Sh.S. Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida xonadonlarda yashirinib yashab kelayotganligi aniqlanib, qoʻlga olindi va tergov organiga topshirildi.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

[​](https://telegra.ph/file/f33fd4c0c5e9ea90a04a1.jpg)**15 foizli avtokreditga ishongan sodda xalqim...**2020-yilning oktyabr oyidan 2021-yilning aprel oyiga qadar Sh.C. oʻzining 4 nafar sheriklari bilan “LID CAR” …
2 years, 5 months ago
**Qashqadaryo viloyatida 19 kishining 740 mln …

Qashqadaryo viloyatida 19 kishining 740 mln soʻm kreditini uxlatgan taʼminotchi qoʻlga tushdiBosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.M.” xususiy korxonasini norasmiy boshqarib kelgan R.L. 2020-2021-yillarda juda koʻp miqdorda savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzib, 1 mlrd soʻmlik qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan boʻyin tovlaganligi, shuningdek 19 nafar fuqaroga ajratilgan 740 mln soʻm kredit evaziga taʼminotchi sifatida ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib bermasdan, oʻz ehtiyojlari uchun “Metan kompressor” uskunasini xarid qilganligi va Chiroqchi tumani Yangiobod koʻchasida 2 qavatli “Maishiy xizmat koʻrsatish binosi”ni qurib, oʻzining nomiga rasmiylashtirib, jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago

Agar bir martalik moddiy yordam pulini olmagan boʻlsangiz…“Siz pensionermisiz?
Siz nogironlik pensiyasi yoki nafaqasini olasizmi?
Oilangiz boquvchisini yoʻqotganmi?
Oilangizda nogiron farzand tarbiyalanadimi? Kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga kiritilib moddiy yordam olganmisiz?
Kam taʼminlangan oila sifatida bolangizga nafaqa puli olasizmi?” degan savollarga “HA” deb javob bera oladigan har bir fuqaroning 2022-yil 258-sonli Qarorga asasan bir martalik moddiy yordam pulini olishga haqqi bor.

Qarorga koʻra, toʻlovlar ikki xafta muddatda yaʼni 8-iyungacha toʻlanishi belgilangan edi. Shu muddatda turli sabablarga koʻra ololmagan fuqarolarga moddiy yordam pullari 1-sentyabrga qadar toʻlab beriladi.

Bunda: toʻlanmagan mablagʻlar Xalq banki tomonidan 8-iyun kuni Moliya Vazirligi va Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli hisobraqamiga qaytarildi.

❗️Endi qolgan yordam pullari qayta moliyalashtirib berilgandan soʻng, 10-iyundan boshlab mahallalar boʻyicha tasdiqlangan grafikka asosan amalga oshiriladi.

```
Xalq Banki matbuot kotibi Gulnoza Baxshillayevna

```
Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago
**ASOSIY STAVKA YILLIK 16 FOIZ ETIB …

ASOSIY STAVKA YILLIK 16 FOIZ ETIB BELGILANDI⚡️Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining oraliq yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

?Unda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

?Tafsilotlar bilan batafsil yaqin vaqtlarda eʼlon qilinadigan rasmiy press-relizda tanishishingiz mumkin.

?Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi tayanch yigʻilishi 2022-yil 21-iyul sanasiga belgilangan.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago

*⚡️Yoshlarga xorijiy tillarni oʻrganishi uchun 7 mln 200 ming soʻmgacha subsidiya beriladiHukumat qarori (312-son, 07.06.2022-y.) bilan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.☑️*Nizomga koʻra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari koʻrsatiladi:

▪️moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha) beriladi;

▪️yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli oʻquv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi) qoplab beriladi;

▪️tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;

▪️Respublikadagi professional taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan, shuningdek, Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi;

▪️Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi;

▪️nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi.

☑️Nizomga koʻra, yoshlarga quyidagi miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi:

▪️0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratilgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha;

▪️tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha;

▪️yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha 6 oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha;

▪️yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi 6 oygacha muddatli oʻquv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha;

▪️yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish uchun ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha hamda ushbu olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha;

▪️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha;

▪️ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

2 years, 5 months ago
**UzAutoMotorsda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar narxi*****☑️***Avtokreditlar roʻyxati

UzAutoMotorsda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar narxi☑️Avtokreditlar roʻyxati
? mana bu ? yerda.

☑️Boshlangʻich toʻlovsiz beriladigan avtokreditlar roʻyxati esa
? ushbu havolada ?koʻrsatilgan.

Telegram|Live|Lotin|Валюта курси|Вакансия|

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago