Bookxana

Description
Kitoblarim bilan birga. Mendan mengacha.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

hace 1 semana, 1 día

QANDAY KITOB O'QISHGA IKKILANYAPSIZMI?

Unday bo'lsa — @bookxana kanalida: 2025-yilda yozilgan taqrizlar va kitob tavsiyalarni o'qing.

Yanvar oyidagi taqrizlar:
1. Gi de Mopassan - "Azizim"
2. Ali Ibrohim Akram - "Xolid ibn Valid"
3. J.R.Martin - "Taxtlar o'yini"
4. Erkin Vohidov - "So'z latofati"

Yanvar oyidagi kitob tavsiyalar:
1. M.Lermontov - Zamonamiz qahramoni

Fevral oyidagi taqrizlar:
1. Andre Morua - HIKOYALAR
2. Dostoyevskiy — "Ma'suma"
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — "Hadis va hayot: Muqaddima" 1-juz.

Fevral oyidagi kitob tavsiyalar:
1. X.L.Borxes - "Al-Muhtasimga yaqinlashuv"
2. Paulo Koelo - "Alkimyogar"

@bookxana

hace 1 semana, 2 días
Tanlovimiz g'olibidan sms keldi. Ba'zi sabablarga …

Tanlovimiz g'olibidan sms keldi. Ba'zi sabablarga ko'ra kitoblar endi yetib bordi.

hace 1 semana, 2 días

Pul bilan erishib bo'lmaydigan narsalar bor. Haqiqiy — sevgi, mehr-muhabbat, samimiylik, do'stlik. Masalan-da...

hace 1 semana, 2 días

Eng kuchli narsa nima? Bizlarni birlashtirib turadigan narsa nima? Kimdir sevgi, muhabbat, do'stlik deydi. Yana kimlar aql, bilim deyishi mumkin. Bularning bari bizni birlashtirib turishda xizmati bor. Sezilarli darajada kuchga ega vositalar hamdir. Eng samarali, kuchli, qudratli vosita nazarimda baribir bu — pul.

Shunchaki hayotni to'g'ri qabul qilish kerak. Qarzingni uzmasang — do'st emassan. Oyliklarni vaqtida berolmasang — tadbirkor emassan. Oilang ehtiyojlarini ta'minlay olmasang — oila boshi emassan, ota emassan, er emassan. Eringni topganlarini noto'g'ri ishlatsang — ayol emassan. Hozirga kelib diplomli, oylikli kelinlar qolganlaridan ustunroq. Jamiyatga foydang tegmasa inson emassan. Sevging, do'stliging, mehr-muhabbating, mas'uliyating pul keltirmasa, demak, u haqiqiymas.

@bookxana

hace 1 semana, 4 días
14-fevraldan esdalik. Sovg'a qilishdi. Dunyoda yaxshi …

14-fevraldan esdalik. Sovg'a qilishdi. Dunyoda yaxshi odamlar ko'pmi yoki yomon odamlar ko'pmi, nima deb o'ylaysiz?

hace 1 semana, 5 días

IQTIBOSLAR

Iqtiboslar o'qishni yomon ko'raman. Faqat iqtiboslarni o'qib yurishdan hech qanday naf yo'q deb o'ylayman. Iqtibos hayotingiz bilan chambarchas bog'liq bo'lmasa, o'sha iqtibosni yashamagan bo'lsangiz naf ololmasligingiz aniq. Ma'lum bir asarning umumiy bitta asosiy g'oyasi, yozuvchining yetkazmoqchi bo'lgan fikri bitta iqtibos sifatida aytilishi mumkin. Keyin uni chiroyli qilib aytib berish, yoki qayergadir yozib qo'yish mumkin. Qachonki, o'sha kitobni o'zingiz o'qimaguningizcha iqtibosning ma'nosiga yetolmaysiz.

O'zi odamga mingta iqtibos, ming xil ma'ni-ma'no hayotda umuman kerakmas. Har bir odamning bitta ikkitadan oshmaydigan o'z haqiqati, maqsadi bo'ladi. O'shalarni anglab olsa kifoya. Odamlarni ko'ziga aqlli bo'lib ko'rinish, shirindan shakar iqtiboslar topish uchun kitob o'qisangiz kitob sizni hech qachon aqlli qilib qo'yolmaydi deb o'ylayman. Kitobni bunaqa "xo'jako'rsin"ga o'qisangiz — bu ham bir davr bo'lsin va tezda bu davrdan o'tib olishingizni Xudoyim nasib qilsin. Kitoblar — o'zimizni anglash uchun o'qiladi. O'zini anglagan dunyoni anglaydi.

@bookxana

hace 2 semanas
Orzularingizni — sir saqlashni biladigan odamga …

Orzularingizni — sir saqlashni biladigan odamga ayting. Bo'lmasa aytmang, ko'z tegishi mumkin.

@bookxana

hace 2 semanas
[**​​**](https://telegra.ph/file/2bcabe13397fa22759f02.jpg)[**#taqriz**](?q=%23taqriz)[**#men\_tugatgan\_kitob**](?q=%23men_tugatgan_kitob)

​​#taqriz#men_tugatgan_kitob

Ba'zi asarlarni qo'rqmasdan spoyler qilishingiz mumkin. Masalan, kimgadir tavsiya qilsangiz. Bunaqa asarlarni sarguzasht qidirib emas, ma'naviy ozuqa uchun o'qiysiz. Qiziqarli voqealar rivoji bilan boyitilsa durdonaga aylanadi, nazarimda. Shunga o'xshash G.G.Markesning "Oshkora qotillik qissasi"ni o'qigandim.

Dostoyevskiy — "Ma'suma"

Inson ruhiyatining nozik torlarini chertib yuboruvchi o'tkir psixologik qissa. Qahramonning hayoti va hayollari aralashib ketadi. Asar bosh qahramoni qirq yoshli erkak. Garov evaziga qarz beruvchi odam, sudxo'r. Ayolining ayanchli o'limida o'zini ayblaydi. Va bir vaqtning o'zida, o'zini oqlashga harakat qiladi. Dostoyevskiy bularni bosh qahramonning monologlari, ichki o'ylari bilan ochib beradi. Qissada yolg'izlik, mehr-muhabbat kabi tuyg'ular haqida hikoya qilinadi. Qissaning boshidan oxiri nima bilan tugashini bilasiz. Lekin, o'sha ma'lum yakunga qay yo'sinda yetib borishi qiziq. Dostoyevskiy qiziq syujet bilan o'tkir psixologikani shunaqangi birlashtiradiki, inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga sho'ng'ib ketganingizni bilmay qolasiz. Sudxo'rning iqrori, monologi orqali Dostoyevskiyning o'tkir fikrlaridan bahramand bo'lasiz.

Dostoyevskiy qissaning hayotiyligini qoyillatganidan, sudxo'rning dardini his qilish mumkin. Qirq yoshli erkak o'n olti yoshli qizni uning nochor ahvolidan foydalanib nikohiga olar ekan, undan samimiy sevgi va itoat kutadi. Ayoli esa undan mehr muhabbat kutadi. Hayotning achchiq-chuchugini totib qo'ygan erkak yosh qalbning hislarini anglamaydi. Vaqtida muhabbatini, hislarini baxshida qilolmaganidan afsuslanadi. Uzundan-uzun monologlar, kuchli fikrlarni o'qisangizda zerikmaysiz. Detektiv va drama janrlari bilan birlashib ketgandek. Qissani o'qib, mehr-muhabbatimizni vaqtida baxshida etish kerakligini, keyin afsuslanishdan foyda yo'q ekanini anglash mumkin.

Dostoyevskiyning "Telba" romanini o'qishdan avval "Oydin tunlar" qissasini o'qishni tavsiya qilgandim. "Jinoyat va jazo"ni o'qishdan avval "Ma'suma"ni o'qish kerak degan xulosaga keldim. Dostoyevskiyni o'qiganim sari yana o'qigim kelib ketyapti. Boshida "Faqat "Telba"ni o'qib ko'ray yoqsa ham yoqmasa ham boshqa asarini o'qimayman", degandim. Bu ketishda hamma asarini o'qib qo'ysam kerak. Dostoyevskiyni o'qing, uning olamiga sayohat qiling. Quruq qo'l bilan qaytmaysiz, avvalgiday fikrlamaysiz. Agar, bu fikrlarimga qo'shilmasangiz mutlaqo haqsiz. Nachora, “Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi...”

@bookxana

hace 2 semanas
[​​](https://telegra.ph/file/078971af6fcb472293468.jpg)[**#men\_tugatgan\_kitob**](?q=%23men_tugatgan_kitob) **Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf …

​​#men_tugatgan_kitob Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — "Hadis va hayot: Muqaddima" 1-juz.

Shayximizning 39 juzdan iborat hadis ilmiga bag'ishlangan asarlari. Birinchi juz — ushbu to'plamning birinchi kitobi, "Muqaddima"si. "Hadis nima, u qanday o'rganiladi, bizgacha qanday yetib kelgan?" kabi, savollarga javob berilgan hamda katta asarni o'qishga o'quvchini tayyorlaydigan kitob. Qisqa aytganda, asarning muqaddimasi.

Birinchi juzni o'qib, keyingi juzlarni ham tartib bilan o'qish niyati paydo bo'ldi. Alloh qodir qilsin, o'qish kerak. Har bir o'zbekzabon musulmon o'qishi kerak bo'lgan kitob deb, o'ylayman. Bunday kitoblarga ortiqcha yozib bo'lmas ekan. Shunchaki musulmonman degan odam uchun o'qish majburiy bo'lgan kitob. Barchamizga o'qib, o'rganib, nasibador bo'lishimizni Xudoyim nasib qilsin!

@bookxana

hace 2 semanas, 1 día
[**#kitobdan\_parcha**](?q=%23kitobdan_parcha)

#kitobdan_parcha
Meni iskanjaga olib turgan dahshat ham shunda — hamma narsaga fahmim yetadi!

Dostoyevskiy - "Ma'suma"

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago