Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi| Rasmiy kanal

Description
Канал админи билан боғланиш учун: @Sarvinoz8991
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB
Facebook: https://www.facebook.com/SirdaryoviloyatiSes/?ref=pages_you_manage
Instagram: https://instagram.ftas1-2.fna.fbcdn.net/v/t51.28
Advertising
We recommend to visit

Group👉 @StickerssGroup
Feedback👉 @Feedbacksebot
Cute Stickers👉 @CuteStickery

Last updated 6 months, 2 weeks ago

Энг керакли видеоларни бизда топасиз💯

Каналимиз Эркаклар ва Аёларимиз учун жуда фойдали👷‍♂️👩‍🍳

Янгиликлар бўлса юборинг биз каналга чиқар
Reklama: https://t.me/ReklamaFC

Last updated 4 weeks, 1 day ago

Расмий «ЯНГИ ЖИЗЗАХ» каналига хуш келибсиз!
Admin:
REKLAMA VA MUROJAATLAR👇
@Yangi_Jizzax_admin
⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар, энг сўнгги тезкор хабарлар ва сара долзарб янгиликлар!

Last updated 3 months ago

3 days ago

Sog‘lom ovqatlantirishni ta’minlash maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

❇️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Sardoba tuman bo'limi mutaxasislari Qo'ytosh MFY hududida joylashgan 3-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari ishtirokida o'quv-seminari tashkil etildi.

➡️Mazkur seminarda DMTTlaridagi tibbiyot xodimlari va xo‘jalik ishlari mas'ullari ishtirok etishdi.

✳️Seminar ishtirokchilariga ovqatdan zaharlanishining oldini olish, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishlarini ta’minlash, sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, taomnomaga muvofiq mahsulotlar to‘liq yetkazilishi va sarflanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga doir masalalar muhokama qilindi.

🔰Bundan tashqari Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarda sog'lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan MTTning oshxona va omborxona qismlari,unda saqlanayotgan oziq- ovqat mahsulotlar saqlanish sharoitlatlari ko'zdan kechirildi.

➡️Qo'shimcha sifatida yodlangan tuz uning ahamiyati to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.

*➡️Bizni kuzatishda davom eting!*

🖥Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlim🔽🔽🔽

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram

[​](https://telegra.ph/file/318d5130b32b9f92e3130.jpg)**Sog‘lom ovqatlantirishni ta’minlash maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.**
3 days ago

Qo'lbola "Andijon muzqaymog'i"ning saqlanish va sotish sharoiti tufayli zaharlanish holati yuzaga kelish ehtimoli yuqori
*📌Yoz mavsumi kelgach, salqin ichimliklar, xususan muzqaymoqlarni iste'mol qilishga bo'lgan xohish yanada ortadi. Ayniqsa, yo'l-yo'lakay sotilayotgan shu kabi mahsulotlarni xarid qilish holatlari bugungi kunda ko'p uchramoqda.*

Aslida muzqaymoqni qay tarzda saqlash va sotish mumkin?
‼️Muzqaymoq sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega va uni sovuq (minus) haroratda saqlash talab etiladi. Shuningdek, muzqaymoq biroz erigach, uni qaytadan muzlatib iste'mol qilish mumkin emas. Negaki, bu jarayonda muzqaymoq erigach, uning tarkibi o'zgaradi va bakteriyalarni o'ziga jalb qilib olish xususiyati ortadi.

1️⃣Bugungi kunda ko'chada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlariga guvoh bo'lmoqdamiz. Birinchi galda qayd etish kerakki, shu kabi muzqaymoqlar solingan idishlar muzlatgich emas, shu sababli ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli tarzda saqlab bera olmaydi.

2️⃣Ikkinchidan, ushbu mahsulotlar noma'lum sharoitda tayyorlangan va muqim sotish savdo shoxobchasiga ega emas. Aynan ushbu mahsulot qachon, qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilganligi, uning tarkibi, saqlash muddati va sharoiti to'g'risida hech qanday ma'lumot mavjud emas.

3️⃣Uchinchidan, muzqaymoq solingan idishlarning bugungi kunda sanitariya-gigiyena jihatdan holati mutlaqo talabga javob bermaydi. Ular solingan plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas.

4️⃣To'rtinchidan, mahsulotni bu sharoitda, ko'cha-ko'yda sotish uchun tegishli ruxsatnomalar, serifikat ham yo'q. Mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus ust-bosh kiyim bilan ta'minlanmagan, shuningdek sotuvchilarning tibbiy ko'rik daftarlari ham mavjud emas. Talabga ko'ra maishiy xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy ko'rikdan o'tib turishi talab etiladi.

5️⃣Beshinchidan, muzqaymoq sotuvchisining o'zi sotayotgan mahsulot sifati va tarkibi to'g'risida mutlaqo xabardorligi yo'q. Sotuvchilar tibbiy ko'rikdan o'tib turmaganligi, mahsulotni sotish jarayonida sanitariya qoidalariga mutlaqo zid ravishda faoliyat olib borayotganligi tufayli iste'molchi ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotni iste'mol qilishi oqibatida zaharlanish ehtimoli yuqori. Undan tashqari yuqumli kasalliklarni tarqalishiga ham zamin yaratiladi.

📌Aynan Sanepidqo'mita Yangiyer shahar bo'limi sanitariya-gigiyena bo'linmasi mutaxassislari Donayev Botir va Mahmudov Olim tomonidan aholi salomatligi saqlash, zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

♻️Noma'lum sharoitda tayyorlangan muzqaymoqlarda stafilokokk va shu kabi bakteriyalar mavjud bo'lish ehtimoli bor. Qayd etish kerakki, ko'p hollarda stafilokokk ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari, tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol qilinganda zaharlanish (toksikoinfeksiya) kuzatiladi.

‼️Shu kabi muzqaymoqlarni xarid qilish jarayonida fuqarolarimiz mahsulot solingan idishning ichki sanitar holatini ko'rmaydilar va bexabar ravishda uni iste'mol qilishlari mumkin. Shu sababli, muzqaymoq mahsulotini xarid qilish jarayonida maxsus qadoq va yorliqlarga ega, muzlatgichlarda saqlanayotgan, barcha ma'lumotlari qadoqda ko'rsatilgan muzqaymoqlarni sotib olishlarini so'ragan bo'lar edik. Negaki, sut va sut mahsulotlari issiq haroratda tez o'zgaruvchanlik xususiyatini yanada oshiradi va noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifat ko'rsatkichlari, sanitariya talablariga mutlaqo javob bermaydigan mahsulotlar oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, zaharlanish holatini yuzaga keltirish ehtimoli mavjud ekanligini eslatib o'tamiz.

📰Sanepidqo'mita Yangiyer shahar bo'limi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:

🔽🔽🔽

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

[​](https://telegra.ph/file/12dba1429e92017688637.jpg)***⚡*****Qo'lbola** **"Andijon muzqaymog'i"ning saqlanish va sotish sharoiti tufayli zaharlanish holati yuzaga kelish ehtimoli yuqori**
3 days ago
1 week, 3 days ago
1 week, 3 days ago
1 week, 3 days ago
2 weeks, 5 days ago

⚡️TO‘YXONALARDA OMMAVIY OVQATDAN ZAHARLANISHLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA PROFILAKTIK SUHBATLAR O'TKAZILDI

Bugungi kunda aksariyat to‘y va boshqa marosimlarni bahor-yoz mavsumida o‘tkazish odatga aylangan. Bir-biridan hashamatli to‘yxonalar turli ma’rakalar uchun asqotishi tayin. Biroq, negadir hech birimiz to‘yxona dasturxonida tortiq qilinayotgan taomlarning sifati, uning qanday sharoitda tayyorlangani, xususan, taomlar to‘yxona oshxonasida tayyorlanganmi yoki uy sharoitidami, bu bilan qiziqib ham ko‘rmaymiz. Qachonki, sifati buzilgan taomni bilmay iste’mol qilib qo‘ygachgina shifokorga murojaat qilishga o‘rganganmiz.

🔰Bugun Sanepidqo'mita Yangiyer shahar boʼlimi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Hayitov Baxtiyor va sanitariya vrachi yordamchisi Mahmudov Olim tomonidan shahar hududida joylashgan "Navroʻz", "Alisher", "Toj" va "Mo'min ota" to'yxonalari ma'sul xodimlari bilan ommaviy ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar olib borildi.

📌Suhbatlar davomida umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan alohida sanitariya-gigiyenik talablar asosidagi eslatmalar tarqatildi.

📌Unga ko‘ra, bahor-yoz mavsumlarida respublikada mavjud epidemiologik barqarorlikni saqlash, aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi, oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘tkir zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha quyidagi sanitariya gigiyena talablar va qoidalarga rioya etilishi talab etiladi.

♻️Birinchidan, restoran, to‘yxona, umumiy ovqatlanish korxonalarida aholi iste’moli uchun taom tayyorlashda sanitariya-gigiyena va texnologik talablarga to‘liq amal qilgan holda mahsulotlar tayyorlashni ta’minlash;

♻️Ikkinchidan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni aholi iste’moli uchun ishlatmaslik tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda, umumiy ovqatlanish korxonalarida ovqatlanish zali, mahsulotlarga ishlov berish, ovqat tayyorlash sexlari, mavjud ish qurollar va idish tovoqlarni yuvish xonasi, omborxona, maishiy xizmat xonalari va hojatxona bo‘lishi talab etiladi.

📰Sanepidqo'mita Yangiyer shahar bo'limi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:

🔽🔽🔽

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Telegram

Sanepidqo'mita Yangiyer shahar bo'limi | Rasmiy kanal

Sanepidqo'mita Yangiyer shahar bo'limining telegramdagi rasmiy sahifasi ***☎️*** Murojaat uchun kontaklar: taplink.cc/yangiyer\_seo ***👨‍💻*** Kanal admini: t.me/Hojiakbar\_Safarov

***⚡️*****TO‘YXONALARDA OMMAVIY OVQATDAN ZAHARLANISHLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA PROFILAKTIK SUHBATLAR O'TKAZILDI**
2 weeks, 5 days ago
Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat …
2 weeks, 5 days ago
Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat …
2 months, 2 weeks ago

📚Республикада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида🖊Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 16.02.2024 йилдаги ПФ-36-сон

We recommend to visit

Group👉 @StickerssGroup
Feedback👉 @Feedbacksebot
Cute Stickers👉 @CuteStickery

Last updated 6 months, 2 weeks ago

Энг керакли видеоларни бизда топасиз💯

Каналимиз Эркаклар ва Аёларимиз учун жуда фойдали👷‍♂️👩‍🍳

Янгиликлар бўлса юборинг биз каналга чиқар
Reklama: https://t.me/ReklamaFC

Last updated 4 weeks, 1 day ago

Расмий «ЯНГИ ЖИЗЗАХ» каналига хуш келибсиз!
Admin:
REKLAMA VA MUROJAATLAR👇
@Yangi_Jizzax_admin
⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар, энг сўнгги тезкор хабарлар ва сара долзарб янгиликлар!

Last updated 3 months ago