Kitobiston

Description
Mening vatanimga xush kelibsiz)
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 months, 3 weeks ago
-kutaman yaqinlar ***🙂***

https://t.me/+Nf8FTTpCo1Y5MzMy -kutaman yaqinlar 🙂

Yaxshi niyatlar bilan yangi joyga koʻchyapman:)

Bu safar foydaliroq, yaxshiroq odam boʻlmoqchiman. Oʻzimga yana bir marta imkon berdim.

Bu gal akkauntim vzlom boʻlib ketmasin va egalik huquqimni yoʻqotmay🥲

4 months ago

“Kitob oʻqiyotgan qizni koʻrib qolsangiz, qoʻyib yubormang. Yarim kechasi oʻqigan romanidan taʼsirlanib yigʻlab oʻtirganini koʻrsangiz, issiq choy damlab bering va bagʻringizga bosib yupating. Shunda u doim sizning yoningizga qaytadi. Romanlarining qahramonlari haqiqiy ekanini toʻlib-toshib gapiradi... Kitob oʻqiyotgan qizni qoʻyib yubormang, aksincha, muhabbatiga sazovor boʻling. Tasavvuringizdagidan chandon yorqinroq hayotni sizga taqdim etajak bu qizning muhabbatiga albatta sazovor boʻling".

*©Robert Pattinson*

@books_everything

6 months ago
6 months ago
6 months, 1 week ago

Qodir hayot - ulkan yalmog'iz,
Sezib jonim mazalarini,
Yetti yamlab, qilding bir og'iz,
Umrimning sha'n lahzalarini.

Mahkamlading borlik eshigin,
Ochding yo'qlik darchalarini.
"Borsa-kelmas" sari uzatding,
Yillarimning parchalarini.

Aldoqlarga sen meni otding,
Sotding shayton hammollariga.
Mendan kechding -
Bir o'zim botdim,
Yuragimning zindonlariga.

Qodir hayot - makkora maston,
Yoqsang - olov, o'chirsang - kulman.
Kun ko'rmadim dunyoda oson -
Yuragimga men ham bir qulman.

Hali tirilishim beadad,
Hali qanday o'lishlarim bor...
Meni nima qilasan aldab,
Rostdan umring ming yilmi, chinor?

*©Usmon Azim*

@baxtliklanish_biligi

6 months, 2 weeks ago

#tarjima

– Menga uzun bir so’z ayt-chi, Olrij
–Unutmoq, afandim
– Bu so’z 7 harfdan iborat, Olrij
– Ammo davomiyligi bir umr, afandim.

Og’uz Atay “Tutunamayanlar”

@asqaraliyeva

6 months, 4 weeks ago

Seni sog‘insinlar,
Sen ko‘p sog‘inding,
Chora yo‘q baribir ikki holda ham.
Daryodek tosharding, ko‘l kabi tinding,
Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam.

Afsus, sog‘inchning ham bordir adog‘i,
Keyin unutilish, bari abasdir.
Sog‘ingan odamning ko‘nglida dog‘i,
Sog‘intirganga ham oson emasdir!

*©Abdulla Oripov*

@baxtliklanish_biligi

7 months ago

Sevgi - bu kimdir bilan qarishni xohlashingiz!
Mariya Remark

@javlonjovliyev

7 months ago

Tinch Don epopiyasining oxirgi 4-romanini oʻqishni boshladim. Oʻz yoʻli, gʻoyasi boʻlmagan xalqlar, millatlar, qon-qardoshlar orasiga nifoq solib qoʻyish shunchalar osonki, bu nifoq oʻti alangalanib ikkisinida birday yoqadi. Nifoqni solgan fitnagirlar esa olovida isinishadi.

Hech nima odamlarni fuqarolar urushi kabi xarob qilmasa kerak. Bu urush oʻz jigariga, qardoshiga qilich koʻtarishga, uning moliga koʻz olaytirishga oʻrgatadi. Urushlarning bari ham shu, lekin oʻzinikini talash, oʻzinikining qonini toʻkish fojia.

Har qanday holatlarda ham inson hissiy mavjudot. Uning ongida hissiy, ruhiy kurashlar bor. Shu kurashlarning ideal tasviri har qanday asarni suyukli qiladi. Muhabbat-nafrat, sadoqat-xiyonat, mardlik-nomardlik shular insonlarni harakatga keltiradi.
4 ta romanga Grigoriy va Aksinya oʻrtasidagi tushuniksiz muhabbat sizdirib yuborilgani asarga taʼm bergan.

Tugatsam, yana batafsil yozaman. Kitobni mutolaa ilovasidan oʻqishingiz mumkin.
https://mutolaa.com/1626

@baxtliklanish_biligi

7 months ago

Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab -  sabrning ko‘zi o‘ngida –
Men sening ismingni aytdim erkalab.

Nogohon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir -
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.

Tushindim - taqdiring ishin yuritgan 
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim: - Albatta, meni unitgan! -
Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!

Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...       
Baribir yig‘ladim.

*©Usmon Azim*

@baxtliklanish_biligi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago